Zamonaviylik nima?
Qiziq savol: zamonaviylashish, ammo o‘z navbatida, g‘arblashmaslik mumkinmi? Zamonaviylashish deganda aynan g‘arb standartlariga moslashish nazarda tutiladimi? Bu savolga turlicha javob qaytarish mumkin. Misol uchun, dunyodagi eng katta kazino – Makao Xitoyda joylashgan. Uni qurishda Venesiyadagi Avliyo Mark maydoni arxitekturasidan namuna sifatida foydalanilgan. Avliyo Mark maydoni esa o‘z davrida arab madaniyati elementlaridan foydalanilgan holda bunyod etilgan. Xo‘sh, savol tug‘iladi: kazinoni qanday nomlash kerak – xitoycha, yevropacha, arabcha?