Partiyaning yana bir tashabbusi amalga oshishiga bir qadam qoldi
Ma’lumki, islomiy moliya foyda va zararni bo‘lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni ko‘zda tutadi. Ya’ni, u sheriklik asosidagi moliyalash tizimi bo‘lib, daxlsizlik, shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, tavakkalchiliklar, foyda va daromadlarni adolatli taqsimlash, iqtisodiy farovonlik va ijtimoiy adolatning muvofiqlik tamoyillariga asoslanadi. Axloqiy me’yorlarga – eng avvalo, halollikka rioya qilish mazkur tizimning fundamental asosidir.