Deputatlik bu mas’uliyat va fidoyilik degani
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqlaridan birida deputat hamisha xalq dardi bilan yashashi, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun fidoyilik ko‘rsatib, boshqalarga namuna ko‘rsatishi, agar deputatning qalbi, vijdoni uyg‘oq bo‘lsa, vazirlar ham, hukumat ham, parlament ham uyg‘oq bo‘lishini ta’kidlagan edilar. Shu ma’noda, bugun Yangi O‘zbekiston deputatlari oldiga har qachongidan ham katta mas’uliyat yuklatilib, talab kuchaytirilmoqda.