57-I, 62, 67-moddalar qurboni.
1905 yilning 25 dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan Xayrinisoning otasi el hurmat qilgan mahalla oqsoqoli Majidxon Jalilov ilmli, ma'rifatli inson edi. U Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg kabi qator shaharlariga safar qilib, jadid g‘oyalari bilan tanishgani bois, oila a'zolari, xususan, qizlarining ham yevropada ta'lim olishiga to‘sqinlik qilmadi, aksincha ularning orzu-istaklarini qo‘llab-quvvatladi.