To‘rtinchi hokimiyat: mas’uliyat va mas’uliyatsizlik chegarasi
Bugunga kelib, global axborot siyosati ijtimoiy taraqqiyotning ajralmas qismiga aylandi. Ya’ni, axborot vositalarisiz jamiyat rivoji, mamlakatlar taraqqiyoti va mafkurasini tasavvur qilib bo‘lmay qoldi. Ushbu makonda kechayotgan turli inqilobiy yangilik va o‘zgarishlar natijasida odamlar dunyoqarashi ham o‘zgarib bormoqda.