Kam uxlaysizmi?
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz kam uxlash nimalarga olib kelishi mumkinligini? Mutaxassislarning qayd etishicha, o‘rtacha uyqu miqdori chaqaloqlarda 17 soat, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 9 –12 soat bo‘lishi kerak. O‘smirlar uchun 8 –10 soat uxlash tavsiya qilinadi. Uyqusizlik – bu yuzaki yoki chuqur uyquning tez-tez buzilish holatidir.