Davr, Jamiyat, Gazeta
Har bir gazeta bamisoli tirik jon, tirik organizm – tug‘iladi, voyaga yetadi, yashaydi, shu bilan bir vaqtda uning ravnaq topishi, gullab-yashnashi va qanchalar uzoq umr kechirishi juda-juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Buning sababi chuqur. Gazetaning hayoti jamiyat hayoti bilan chambarchas bog‘liqlikda kechadi. Jamiyatning biror-bir sohasi, biror-bir voqea-hodisasi gazetaning diqqat-e’tiboridan chetda qolmaydi. Yaxshisi ham, yomoni ham. Achchig‘i ham, chuchugi ham.