“YASHIL” ENЕRGЕTIKA: taraqqiyot yo‘li mash’ali
Energetika barqarorligi – bugungi zamon talablari asosida jadal taraqqiyotga erishishni maqsad qilgan har qanday davlat uchun muhim mezon hisoblanadi. Binobarin, usiz yirik iqtisodiy loyihalar u yoqda tursin, bog‘liqligi nisbatan kamdek ko‘ringan sifatli ta’lim yoki tibbiyot, qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlik, qo‘yingki, minimal maqsadlarga ham erishish qiyin.