Ta’limni rivojlantirmay, taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday davlat iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini oshirishni oliy maqsad deb biladi. Darhaqiqat, iqtisodiy o‘sish yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, jamiyatni har tomonlama rivojlantirishning muhim shartidir. Buning uchun juda ko‘p faktorlar inobatga olinishi lozim va ularning eng asosiysi ta’lim va, shubhasiz aholining bilim darajasidir.