2023 yilgi Davlat dasturi qanday ijro etildi?
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030" strategiyasining 2023 yilda bajarilishi yuzasidan hukumatning hisobotini eshitdi. Ma’lum qilinishicha, Davlat dasturida 2023 yil davomida bajarilishi lozim bo‘lgan jami 443 ta topshiriqdan 357 tasi to‘liq bajarildi.