26 iyun kuni Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan Yangi O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga start berildi. Joriy yilning 27 oktyabri esa ushbu siyosiy tadbir o‘tkaziladigan kuni sifatida belgilandi.
Shu munosabat bilan Toshkentda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ijroiya qo‘mita a’zolari, Markaziy va hududiy kengash xodimlari, deputatlar va OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda saylovlarda partiyaning ishtiroki, unga tayyorgarlik ko‘rish va tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi, Saylov shtabini tuzish va samarali faoliyat olib borishini tashkillashtirish, shuningdek, partiya Markaziy kengashining navbatdagi Plenumini chaqirish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.
Partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov yig‘ilishni ochar ekan, bo‘lajak siyosiy imtihonning ahamiyati, unga partiyaning tayyorgarligi va asosiy maqsadlarimiz nimalardan iborat ekani haqida gapirdi.
Ta’kidlash lozim, ayni vaqtda insoniyat xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib, turli kuchlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar kuchaygan, qurolli mojarolar, nizo va to‘qnashuvlar, shafqatsiz raqobat muhiti yuzaga kelgan bir sharoitda yashamoqda. Xalqaro hamjamiyat ushbu murakkab va o‘zaro bog‘liq muammolarni faqatgina inson qadri, huquq va erkinliklarini samarali ta’minlash, himoyalash hamda ushbu maqsadda dunyo davlatlari, parlamentlari, biznes hamjamiyati, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro samarali hamkorligi, hamjihatligiga tayangan holdagina hal etish mumkinligini e’tirof etmoqda.
Bugun mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy muhit partiyamizning yanada faol bo‘lishi, Yangi O‘zbekiston islohotlari davrida o‘z o‘rni va faoliyatini kuchaytirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Xalqimizga “Milliy tiklanish” bosh g‘oyasi – Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot g‘oyasini kengroq tushuntirish orqali vakillik organlaridagi o‘rnini yanada mustahkamlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Ma’lumki, “Milliy tiklanish” partiyasi Yangi O‘zbekiston islohotlarida ehtiyoj sifatida yuzaga kelgan konstitusion islohotlar tashabbskori hisoblanadi. Shu ma’noda, bu galgi saylovlar mustaqil O‘zbekiston tarixida hali yuz bermagan siyosiy voqeligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, 2024 yilgi saylovlar juda katta o‘zgarishlarga yuz tutgan va haqiqiy ma’noda Xalq Qomusiga aylangan yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida o‘tadi.
Bugun bemalol va sharaf bilan aytish mumkinki, yangi Konstitutsiyada milliy an’ana va urf-odatlarimiz, davlatchilik tariximiz, umuman, xalqimizning asriy orzulari bo‘lgan qadriyatlarimiz bilan sug‘orilgan maqsadlarimiz yaqqol o‘z aksini topdi. “Milliy tiklanish” uchun ustuvor bo‘lgan masalalar – yosh avlodni tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ta’limni rivojlantirish, pedagoglar maqomini oshirish, milliy madaniy merosimini asrash bilan bog‘liq masalalar konstitusion norma sifatida belgilandi.
Ta’kidlash lozim, xalqimiz uchun 33 yillik mustaqil rivojlanish davrida milliy birlik hamda milliy qadriyatlarning ahamiyatini shu saylovlargacha chuqur anglagan davr bo‘lmagan.
So‘nggi yillarda ko‘plab davlatlarda bo‘lib o‘tgan saylovlarni kuzatib shunday xulosaga kelish mumkinki, qadriyatlarni qadrlagan partiyalar saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanyapti va bu bejiz emas. Butun dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlarida mamlakatlar davlatchilik an’analarini milliy qadriyatlariga tayangan holda davom ettirishga harakat qilmoqdalar. Demak, insoniyat qadriyatlarga tanayangan taraqqiyotgini har qanday muammolar yechimi ekanini anglab yetdi. Bu bilan har bir xalq, el va elatning o‘ziga xos qadriyati: tili, dini, adabiyoti, madaniyati, san’ati, an’ana-yu, urf-odatlari ularning o‘ziga xosligini ta’minlashi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bugun xalqimizning tarixiy-madaniy merosini avaylab asrash, an’analarini saqlash va rivojlantirish bilan birga iqtisodiy soha uchun ham aynan milliy qadriyatlar orqali kurashib, o‘z g‘oya va maqsadlarini izchil targ‘ib qilyapti. Chunik partiya qadriyatlarga tayangan taraqqiyot O‘zbekistonni dunyoda qudratli davlatga va xalqimiz farovonligini oshirishiga ishonadi.
Yana bir muhim masala saylov tizimdagi o‘zgarish bilan bog‘liq.
Ma’lumki, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bir necha yildirki, O‘zbekistonda proporsional saylov tizimini joriy qilish tashabbusini ko‘tarib keladi. Xalqimiz xohish-irodasi asosida qabul qilingan Bosh Qomusimizga milliy saylov tizimi bilan bog‘liq ana shundan o‘zgartish kiritildi. Unga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Quyi palata deputatlarining 50 foizi, ya’ni 75 nafari odatdagidek mojaritar saylov tizimiga muvofiq bir mandatli saylov okruglaridan saylansalar, qolgan 50 foizi proporsional saylov tizimi asosida yagona saylov okrugida partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar ro‘yxati bo‘yicha saylanadigan bo‘ldi.
Albatta, bunday o‘zgarishlar saylov jarayonining milliy saylov qonunchiligini umume’tirof etgan holda xalqaro saylov mezoni va standartlariga muvofiq, ochiqlik, oshkoralik, erkinlik va adolat prinsiplariga mos ravishda o‘tkazilishini ta’minlaydi. Eng asosiysi, partiyalarni yanada kuchaytiradi, orbo‘-e’tiborini oshiradi. Partiya bilan deputatlar o‘rtasidagi aloqlarni yanada mustahkamlaydi. Bir jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilish imkonini beradi.
Partiyaning bosh maqsadi milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlash, tarbiya va ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqimizning boy tarixi, madaniy va ma’naviy merosini asrab-avaylash hamda ko‘paytirish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotning barqaror rivojlanishishiga erishish, shuningdek, milliy o‘zligimizni, ona tilimiz, dinimiz, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizni saqlash hamda rivojlantirishdan iborat.
Shu maqsadda, partiyaning 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi loyihasida barkamol avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ma’naviy yuksalish va madaniyat sohasi, oila, ayollar, yoshlarga munosib sharoitlar yaratish, milliy iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, adolatli milliy davlat barpo etish, xavfsizlik va aholi muhofazasini kuchaytirish, xalqaro maydonda milliy manfaatlarimizni ta’minlash bilan bog‘liq ustuvor maqsad va vazifalar belgilangan.
– Pirovard maqsad: bo‘lajak saylovda eng yuqori natijaga erishish va saylovchilar ishonchini qozonishdir. Buning uchun esa nomzodlarimizda tajriba ham, salohiyat ham yetarli. Zero, yagona maqsadimiz xalqimizni rozi qilishga hissa qo‘shish, uning farovonligi, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidani maqsadlarimizni amalga oshirishdir, – dedi Alisher Qodirov.
Yig‘ilishda Ijroiya qo‘mita a’zolarining “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining joriy yil 27 oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovlarda ishtiroki to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Saylov bo‘yicha partiyaning vakolatli vakili ham tayinlandi. Bir ovozdan partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Mamatxonov nomzodi qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, partiyasining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan belgilangan vazifalar tasdiqlandi va shundan kelib chiqib joriy yilning 14 avgustida Toshkentda partiya Markaziy kengashi Plenumini o‘tkazishga qaror qilindi.
Yig‘ilishda Ijroiya qo‘mita a’zolari ham so‘zga chiqib, bo‘lajak saylov va unda partiyaning ishtiroki haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Hamidjon OMANOV, partiyaning Andijon viloyati Kengashi raisi:
– Yangi O‘zbekiston islohotlari xalqimizning siyosiy tafakkuri, qarashlarini ham butkul o‘zgartirdi. Bugungi saylovchi qabul qilinayotgan qonun va qarorlar, davlat dasturlariga o‘z takliflarini berishni, tashabbuslarni ilgari surishni, hokimlar, hatto vazirlar oldiga ham ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bog‘liq talablarni qo‘yishni o‘rgandi.
Tan olaylik, saylovchi partiyalar, deputatlar faoliyatiga ham shubhasiz, xolis baho bera boshladilar, kerak bo‘lsa tanqid qilyapti, takliflar beryapti. Saylovchining partiyalar saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini qay darajada bajardi, deputatlar bergan va’dalari ustidan chiqa oldimi, kabi savollarga javoblari bor. Ya’ni bo‘lajak saylovlarda qaysi partiyaga, qaysi nomzodga ovoz berish borasida xulosalari yetarli. Shu jihatdan, navbatdagi saylovlar avvalgilariga nisbatan kuchli raqobat muhitida o‘tadi.
Ilhom RAJABOV, partiyaning Navoiy viloyati Kengashi raisi:
– Joriy yilning 27 oktyabr kuni g‘alvir suvdan ko‘tariladi. Ya’ni Sizu bizning besh yillik faoliyatimizga baho beriladi.
Men ishonaman, partiyamiz bo‘lajak saylovlarda yuqori natijalarga erishadi. Buning uchun esa bor imkoniyatlar ishga solinishi kerak. Chunki 2020-2024 yillarda mo‘ljallangan Saylovoldi dasturimizda belgilangan vazifalar deyarli bajarildi. Bugun deputatlar ham, partiyalar ham, xalq vakillariga yaratilgan imkoniyatlar, talab va takliflardan kelib chiqib, saylovchilar manfaatiga xizmat qiladigan taklif hamda tashabbuslari bilan Yangi O‘zbekiston islohotlarida faol ishtirok etmoqda. Bu ishtirok, shubhasiz, 27 oktyabrda o‘z natijasini ko‘rsatadi.