Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘lib, sohadagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bu agentlik o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Shunga muvofiq, tuproq, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibini tahlil qiladi, zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishiga qarshi kurashib, fitosanitar toza mahsulotlar yetishtirilishini ta’minlaydi.