“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2024 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi ko‘rib chiqildi.
Dastur muhokamasida partiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, asosiy e’tibor ijtimoiy yo‘nalishlar – maktabgacha va maktab ta’limi sohasida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratildi.
Vazirlar Mahkamasi hisobotida qayd etilishicha, yarim yillik davrida 2 684 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilgan va qamrov 74,6 foizga yetkazilgan. 37 ta nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali qo‘shimcha 8500 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratilgan.
Hisobot davrida sifatli ta’lim berayotgan umumta’lim maktablari pedagoglarini munosib rag‘batlantirish va ularni kasbiy sertifikatlash yo‘nalishida ham muhim hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 210 mingdan ortiq pedagog va rahbarlar malakasi oshirilgan bo‘lsa, 110 nafar pedagog xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborildi.
Til bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega o‘qituvchilar soni 27 992 nafarni tashkil etib, 56,5 foizga yetkazildi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 32 foiz edi.
Mamlakatimizdagi mavjud 9 920 ta umumta’lim maktabi qayta xatlovdan o‘tkazilib, 6 099 ta maktab markazlashgan tarzda ichimlik suvi bilan ta’minlangani, 2 521 tasi muqobil suv manbaiga ega ekani, 1 300 tasida esa suv ta’minoti mavjud emasligi aniqlandi. Shuningdek, 1 024 ta maktab markazlashgan oqova suv tizimiga ulangan bo‘lsa, qolgan maktablarning haligacha handaqlardan foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Yig‘ilishda deputatlar asosan raqamlardan iborat bunday ma’lumotlarni eshitib, dasturda bajarilishi belgilangan ba’zi topshiriqlar ijrosi ta’minlanmaganiga e’tiroz bildirdilar. Shuningdek, vazirlik va idora rahbarlaridan ayrim ma’lumotlarga aniqliq kiritishni so‘radilar.
Jumladan, fraksiya a’zosi Nodir Tilavoldiyev ta’lim-tarbiya masalalari partiyaning ustuvor vazifalaridan ekanini qayd etib, pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish masalasini ko‘tardi. Zero, Davlat dasturida bu bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi-pedagog kadrlarni psixologik metodika va testlar orqali saralash mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni joriy etish yuzasidan takliflar kiritish belgilangan edi.
Bekmirza Eshmurzayev esa maktablarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasini ko‘tardi. Chunki yuqorida qayd etilganidek, 1 300 ta maktab hamon toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan.
Deputat Farhod Zayniyev ham hududlarda bog‘cha va maktablar qurish, ta’mirlash ishlari talab darajasida olib borilmayotganini ta’kidlab, bir oydan so‘ng maktab boshlanishini, lekin shunga qaramay, ko‘plab maktablarda belgilangan muddatlar o‘tgan bo‘lsa-da, ta’mirlash ishlari davom etayotganiga e’tiroz bildirdi.
Fraksiya rahbari Alisher Qodirov esa partiya bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasidagi aloqalar samarali bo‘lmayotganini, deputatlik so‘rovlariga ham javoblar qoniqarli emasligini ta’kidladi. Vazirlik tomonidan partiya va deputatlarning ta’limni rivojlantirishga qaratilgan takliflariga munosabat ham bildirilmayapti. Fraksiya a’zolari esa joylarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini tinimsiz o‘rganish bilan ovvora.
Maktablarda tarbiya bo‘yicha qanday metodikada ishlar olib borilyapti. Metodikalar kimlar tomonidan ishlab chiqilgan va ular milliy qadriyatlarimizga qay darajada mos, kabi savollarga vazirlik tomonidan hamon aniq javoblar yo‘q.
– Bu chaqiriq ham tugayapti. Lekin Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova biron marta parlamentga, deputatlar oldiga kelib hisobot bergani yo‘q. Davlat rahbarining bir gapi bor: depututlarga munosabat, xalqqa munosabat. Chunki u xalqning vakili, – dedi Alisher Qodirov.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev fraksiya rahbari tomonidan bildirilgan e’tirozlar o‘rinli ekanini qayd etib, deputatlar tomonidan berilgan savollarining ayrimlariga to‘liq javob berishga harakat qildi. Ba’zilariga esa qo‘shimcha ravishda yozma ma’lumot taqdim etishga va’da berdi.
Deputatlar saylov qonunchiligiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ham muhokama qildilar.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida saylov qonunchiligi takomillashtirildi. Shu bilan birga, fuqaroning teng saylov huquqi kafolatlari, ya’ni «Bir saylovchi — bir ovoz» tamoyilini ta’minlash maqsadida fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganlik uchun javobgarlik belgilash zarurati paydo bo‘ldi.
Chunki Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining 2023 yil 9 iyuldagi muddatidan ilgari o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasining yakuniy hisobotida ushbu turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunchilikda aniq javobgarlik chorasi mavjud emasligi qayd etilgan edi.
Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etishi uchun O‘zbekiston Davlat byujeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar yuzasidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibiga rioya qilmaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ana shunday kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Loyihaning qabul qilinishi fuqarolarning teng saylov huquqi kafolatlarini kuchaytirish orqali saylovlar va referendum o‘tkazishda qonuniylikni ta’minlash, siyosiy partiyalarning Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha moliyaviy hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.