Yalpida zilzila va byudjet, fraksiyada esa yana bog‘cha va tarbiya masalasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizga doir bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi shular jumlasidandir. Mazkur qonun hukumatning maqomi, tarkibi, uni shakllantirish tartibi, vakolatlari hamda faoliyatiga doir bir qator yangiliklarni nazarda tutadi.