O‘zbekiston Prezidenti va Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifini Davlat kengashi Bosh vaziri Li Tsyan bilan uchrashuvdan boshladi. Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistondagi xususiylashtirishdagi ishtiroki, parvozlar sonini ko‘paytirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.