Keyingi vaqtlarda islomiy moliya, islom banki kabi atamalar ommaviy axborot vositalari, ilmiy, siyosiy doira lar va umuman, kundalik leksikonimizda tez-tez qo‘llanila boshladi. Tahlillarga qaraganda, ushbu yangi institutning an’anaviy moliya tizimidagi o‘rni va ulushi dunyo miqyosida ham tobora oshib bormoqda.
Xo‘sh, islomiy moliya tizimining mohiyati, falsafasi va hikmati nimada? U murosasiz raqobatchi sifatida an’anaviy tizimni siqib chiqaradimi yoki ikki model bir-birini to‘ldirgan holda zamondoshlarimizga tanlov imkoniyatini taqdim etadimi? O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori, akademik Nurislom TO‘XLIYeVga ana shunday savollar bilan murojaat qildik.
– Nurislom aka, iqtisodchi olim sifatida bizga islomiy bank-moliya tizimining ishlash prinsiplari va o‘zak xususiyatlari haqida gapirib bersangiz.
–Afsuski, haligacha bizda islomiy bank-moliya modeli haqida bilim va ko‘nikmalar to‘liq shakllangani yo‘q. Bu mavzuda atigi bir nechta kitob chop etilgan va sanoqli dissertatsiya himoya qilingan xolos. Bu borada qonunchilik bazamiz ham zaifligicha qolyapti. Eng yomoni, tizimning mazmun-mohiyati teran anglab yetilmagani sabab, uni zamonaviy bank-moliya modeliga qarama-qarshi qo‘yish hollari uchrayotir. Aslida har ikki tizimning maqsadi mushtarak. Iste’mol ehtiyojining to‘yingani yoki bozorda maqbul tovar va xizmatlar mavjud emasligi sabab jamiyatning ayrim a’zolarida ortiqcha pul paydo bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa boshqalarda istifoda etilmay turgan mablag‘larni olib ishlatishga ehtiyoj tug‘iladi. Shu tariqa vaqtincha ishlatilmayotgan puldan qanday usul va shaklda foydalanish masalasi kun tartibiga chiqadi.
So‘nggi vaqtlarda jahon bank-moliya tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida islom bank-moliya modelining ta’siri oshib boryapti. Jahon iqtisodiy inqirozi arafasida islom bank-moliya tizimining yalpi hajmi 758 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 3,37 trillion dollarga yetdi.
Islom bank-moliya modeli islom iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib, moliya muassasalari va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Tizimning o‘ziga xos jihati shundaki, u shariat ahkomlariga asoslanadi. Shariat esa musulmonlarning o‘zaro robitalarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ustuvorlik beradi. Mazkur model tijoriy faoliyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilikni tomonlar o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlashni ham nazarda tutadi.
Islom bank-moliya modelining zamonaviy tarixiga nazar solsak, u o‘tgan asrning 50-60 yillarida Osiyo va Afrikadagi qator mamlakatlarning mustaqillikka erishishi, ulkan neft va gaz zaxiralarining topilishi hamda tabiiy boyliklarning eksport qilinishi natijasida vujudga keldi. To‘plangan jamg‘armalarni zamonaviy bank-moliya mexanizmi orqali tasarruf etish musulmon jamiyati ahkomlariga mos kelmasdi. Chunki shariatda iqtisodiyotning hayot-mamot masa-lasi bo‘lmish mulk mavzusida qat’iy qoida o‘rnatilgan: yer va osmon Allohga, yaylovlar, manbalar, suv, olov va tuz barchaga tegishli; Alloh oldida barcha barobar.
Inqirozlarga bardoshlilik, iqtisodiy xatar va qaltisliklarning tomonlar o‘rtasida ulushga muvofiq holda taqsimlanishi, real aktivlarga asoslanish islom moliyasining jozibadorligini oshiradi.
Bu model Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarda ham ommalashayotgani, rivojlangan davlatlarda sukukdan (qimmatbaho qog‘ozlar) keng foydalanilayotgani ana shu jihat bilan izohlanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada 20 ta bank-moliya muassasasida islom darchalari aholiga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda. Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda ham islom moliya tizimini joriy qilish bo‘yicha harakatlar olib borilmoqda. Malayziya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAAni islom moliyasi rivojlangan mamlakatlar sirasiga kiritish mumkin. Eron va Sudanda ham bu jarayon ancha ilgari boshlangan edi.
Tig‘iz jarayonlar jahon bozorining uzviy bo‘lagi sanalgan mamlakatimizga ham kirib kelmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda islom moliya tizimini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti kelgani, bu ishga ITB va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlarini jalb etish zarurligini ta’kidlagan edi.
– Islomda sudxo‘rlik man etilgan. Ammo tan olib aytish kerakki, foiz, ribo, sudxo‘rlik atamalari yangi davrda Gʻarbdan kirib kelgan ajnabiy tushunchalar emas. Ya’ni asrlar mobaynida bu amaliyot musulmon jamiyatlarda yashab kelgan. Sizningcha, an’anaviy moliya tizimi bilan islomiy moliya modeli o‘rtasidagi asosiy farq nimalarda ko‘rinadi?
– Albatta, ikki moliyaviy tizim o‘rtasida bir qator farqli jihatlar mavjud. Ular, eng avvalo, pulga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. An’anaviy banklar pulni sotish, ya’ni mijozga foiz evaziga ma’lum muddatga berish mumkin bo‘lgan moliyaviy vosita deb hisoblaydi. Bu o‘rinda muvaqqat berilgan qarz mablag‘ini yo‘qotish xavfi minimal, chunki qarz ham, uning foizi ham loyihaning qanday natija bilan tugashidan qat’i nazar garov vositasida kafolatlanadi. Islom shariati esa foiz asosida moliyalashtirishni ijtimoiy adolatga zid deb biladi. Chunki oldi-berdi munosabati ishtirokchilaridan biri zarar ko‘rishi ham, katta foyda olishi ham mumkin. Har ikki holatda ham tarozi tomonlardan birining manfaatiga qarshi ishlaydi. Binobarin, islomiy banklar pulga moliyaviy mahsulot sifatida qaramaydi, loyihada ham o‘zini tijoriy hamkordek tutadi. Mantiq qonuniyati shu: agar xatar va yo‘qotish o‘zaro adolat bilan taqsimlab olinsa, u holda har ikki tomon ehtiyotkorlik bilan ish tutadi, yetti o‘lchab bir kesadi.
An’anaviy banklar foyda orqali idora etilsa, islomiy bank tizimi ruxsat va taqiq mezonlari orqali boshqariladi. Islom bank-moliya tizimida o‘ndan ortiq asosiy taqiqlar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, tavakkalchilik qilmay, xavf-xatarni zimmaga olmay, real iqtisodiy foyda yaratmay yoki shunga rag‘bat bermay daromad olish harom hisoblanadi. Bu qoida zamonaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda ham qo‘l keladi. Nazarimda, tadbirkor tavakkalchilik va mulkiy javobgarlik asosida, qonun doirasida tashabbus bilan faoliyat yurituvchi shaxsdir. Ya’ni chinakam ishbilarmon har qanday yo‘llar bilan emas, balki aynan yaratuvchanlik, tashabbuskorlik orqali daromad topadi. Shu bois ham yollanib ishlash, bankka mablag‘ qo‘yish, mulkni ijaraga berish, qimor, lotereya yoki meros orqali mo‘may daromadga ega bo‘lish tadbirkorlik sanalmaydi.
Islomda ribo, g‘arar, maysir va g‘abn mexanizmlari orqali nohalol tadbirkorlikning yo‘li to‘siladi. Boya islom bank-moliya modeli inqirozga bardoshli ekani haqida gapirgan edim. Bu nuqtai nazar global iqtisodiy bo‘hron va koronavirus pandemiyasi tufayli kelib chiqqan inqiroz sharoitida, ayniqsa, yaqqol isbotini topdi. An’anaviy bank tizimida qarz va hosila oldi-sotdisiga ruxsat beriladi. Ya’ni moliyaviy bozor qatnashchisi qarzga olingan yoki unga tegishli bo‘lmagan aktivlar bilan bemalol savdo qila biladi. Bu hol moliyaviy chayqovchilikni keltirib chiqarishi, bozorda “pufaklar”ni yuzaga keltirishi mumkin. “Ko‘za kunda emas, kunida sinadi” deganlaridek, real iqtisodiyot bilan bog‘lanmagan “pufaklar” ham fursati kelib, albatta, yoriladi.
Islom moliyasida puldan asosan ayriboshlash vositasi, qiymat o‘lchovi sifatida foydalaniladi. Qarz savdosi, mulki bo‘lmagan yoki tasarruf etilmagan narsa-buyum savdosi man etiladi, real tijoratdan yiroq bitimlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu esa iqtisodiy sub’yektlar faoliyatini xavf-xatardan saqlaydi.
Islom banklari mijozlarga murobaha, salam, istisna’, ijara (moliyaviy lizing) kabi oldi-sotdi bitimlariga asoslangan qarzli moliyalashtirish va qisman mushoraka va muzorabaga asoslangan ulushli (sherikchilikka asoslangan) moliyalashtirish orqali xizmat ko‘rsatadi. Ta’kidlash joizki, sherikchilikka asoslangan ulushli moliyalashtirishning hissasi islom banklarida ham yuqori emas. Bunga asosiy sabab – sherikchilikda uchraydigan ishonchsizlik, manfaatlar to‘qnashuvi, shaffoflik yo‘qligi va “yeng ichida”gi ishlardir. Ma’lumotlarga ko‘ra, an’anaviy bank krediti kabi qarzli moliyalashtirish, ayniqsa, murobaha va ijaraning hissasi islom banklari portfelida 80-85 foiz, ba’zida undan ham ko‘proqni tashkil etadi.
An’anaviy banklarda barcha xatar va tavakkalchiliklar qarz oluvchi, ya’ni tadbirkorning gardanida bo‘ladi. Loyiha qanday natija bilan tugashi, foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, tadbirkor olgan kreditini foizi bilan qaytarishi shart. Qarzli moliyalashtirish ustuvor bo‘lgan islom moliya tizimida ham javobgarlik asosan tadbirkorga yuklanadi. Ammo sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish darajasi oshib borishi bilan iqtisodiy tavakkalchiliklar tadbirkor bilan birga moliya muassasasiga ham o‘tadi. Pirovardida, xatarlar muvozanatli va adolatli taqsimlanadi, inqiroz davrida ishbilarmonlarning kasodga uchrash ehtimoli kamayadi.
“Apple”, “Amazon”, “Tesla”, “Microsoft”, “Google” kabi dunyoning eng nufuzli va yirik korporatsiyalari sherikchilikka asoslangan aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritishi bejiz emas. Mazkur shirkatlarning aksiyalari kotirovka qilinadigan fond bozorlari negizini tashkil etishi inobatga olinsa, hissadorlik tamoyili ko‘p jihatdan maqbul va matlub ekani oydinlashadi. Demak, shaffof va samarali korporativ boshqaruvga ega aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, tadbirkorlar va bank-moliya tizimini sherikchilik asosida ishlashga ko‘niktirish, umuman, xalqimizning iqtisodiy madaniyatini yuksaltirish kerak.
– O‘zbekiston – dunyoviy davlat. Shu o‘rinda dunyoviylik dahriylik emasligini ta’kidlash zarur. Dunyoviy davlatda islomiy bank bilan an’anaviy bank yonma-yon, teng iqtisodiy sharoitda sog‘lom raqobat qilish imkoniga ega bo‘lishi lozim. Bu esa, birinchi navbatda, qonunchilik bazasini shakllantirishni talab etadi. Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev Oliy Majlis Senatining joriy yil 18 apreldagi yalpi majlisida islom moliyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgani, ushbu hujjat yil oxirigacha parlamentga kiritilishini ma’lum qilgan edi. Ayting-chi, O‘zbekiston kapital bozorida islomiy iqtisod munosabatlari qonunan mustahkamlanishi uchun yana nimalar qilish kerak?
– Alohida qayd etish joizki, bu borada yangi tizimning huquqiy asoslarini shakllantirish yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yildi. Xususan, “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlar, “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi fondlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish choralari to‘g‘risida”gi, “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilindi.
To‘g‘ri ta’kidladingiz, dunyoviy davlatda har ikki bank modeli yonma-yon, raqobatchi sifatida faoliyat yuritishi kerak. Lekin mamlakatimiz kapital bozorida islomiy iqtisod munosabatlari hali alohida qonun yoki boshqa maxsus ma’muriy-huquqiy hujjat bilan mustahkamlanmagan. Mamlakatimizda joriy yil 27 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Umid qilamizki, yangi tarkibdagi parla-mentimiz paysalga solmay, “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonunni tayyorlab qabul qiladi. Bozor munosabatlarining asosi kapital ekan, kapital bozori munosabatlarini diversifikatsiya qilish davr talabidir. 2023 yil 11 sentyabr kuni Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham kamida 3 ta tijorat bankida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, islom moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish vazifasi belgilanganini eslatib o‘tish lozim.
– Yangilikni joriy etish hech qachon oson bo‘lmagan. Bu jarayonda o‘ziga xos ziddiyatlar kuzatilishi tabiiy hol. Xo‘sh, hozirgi sharoitda alohida islomiy banklar ochish mamlakatda shakllangan bank-moliya tizimi ishiga halal bermaydimi? Ikki xil moliyaviy tizim baqamti qo‘llanishi uchun qay usul-uslubni tavsiya qilgan bo‘lardingiz?
– Takror bo‘lsa-da, ta’kidlaymanki, an’anaviy va islom bank modellari bir-biriga butunlay zid tizimlar emas. Men ularni muxolif emas, muqobil tizimlar deb atagan bo‘lar edim. Sog‘lom raqobat bo‘lishi va ular baqamti faoliyat olib borishi kerak. Buni jahon tajribasida ham ko‘rmoqdamiz. Yana bir muhim nuqta. Hozirgacha kurrai-arzning biror davlatida islom moliya tizimi to‘laligicha joriy qilinib, an’anaviy tizimdan butkul voz kechilgani yo‘q. Hatto aholisining ko‘pchilik qismini musulmonlar tashkil etadigan Eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni, BAA, Malayziya, Sudan kabi davlatlarda ham har ikki tizim baravar ishlamoqda.
Men ham dual usulni saqlab qolish tarafdoriman. Musulmon aholida islom bank-moliya tizimidan foydalanish talabi bormi, marhamat, bu ehtiyoj, albatta, qondirilishi lozim. Umumiy bank aylanmasida bu tizimning ulushi bir foiz bo‘ladimi, 5-10 foiz bo‘ladimi, raqobatchi sifatida faoliyat yuritib, o‘zining iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini namoyon qilsin. Davlat esa buning uchun kerakli shart-sharoit yaratib berishi lozim. Zero, iste’molchilarga tanlov imkoniyatini tuhfa qilish iqtisodiyotning oltin tamoyillaridan biri sanaladi.
Ikkinchi tomondan, aholi, korxonalarning vaqtincha foydalanilmayotgan mablag‘larini an’anaviy banklar orqali ishlab chiqarishga yo‘naltirish, infratuzilma ob’yektlari, bog‘cha, maktab, shifoxonalar qurishga sarflash, undan keladigan daromadning bir qismini nochor oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xarjlash kerak. Bu kabi choralar orqali an’anaviy banklar yanada ijtimoiylashib, islom banki tamoyillariga yaqinlashishi mumkin.
– E’tiboringizni Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” qissasida qalamga olingan epizodga qaratmoqchiman. Qissada chor Rusiyasi davrida O‘rta Osiyo da tijorat banklari faol ishga kirishib, qozilarning vasiqasi o‘rniga veksellar muomalaga kiritilgani haqida so‘z boradi. Muallifning izohiga ko‘ra, veksellar ikki xil – muhlati belgilangan hamda muhlatsiz (xalq tili bilan ayt ganda, oq veksel) bo‘lgan ekan. Muhlati ko‘rsatilgan vekselni olgan shaxs belgilangan kunga qadar qarzini to‘lashga majbur, aks holda mol-mulki musodara etilib, kimoshdida sotilgan. Muhlatsiz vekselda esa qarzni qaytarib olish vaqti qarz beruvchining inon-ixtiyorida qoldirilgan, ya’ni “topar oyi”da to‘lashi mumkin. Amalda esa bu “kambag‘alni urmay, so‘kmay, to‘nini yirtish” usuli bo‘lgan. Ana shu moliyaviy hiylaga uchgan omi odamlar bir kunda bor-budidan mosuvo bo‘lgani “Sudxo‘rning o‘limi”da ta’sirli tasvirlangan.
Nurislom aka, nima deb o‘ylaysiz, faqat imom domlalarimizning mav’izalariyu, ijtimoiy tarmoqdagi reklamalar orqali islomiy moliya haqida tasavvurga ega bo‘lgan yurtdoshlarimiz yana “oq veksel” qopqoniga tushib qolmasmikan? O‘zi shundoq ham internetdagi shovvoz va uchar toifa bitkoin, elektron birja, obligatsiya kabi tumtaroq atamalar bilan chalg‘itib, kunda-kunora sodda odamlarni chuv tushirmoqda...
– Boya xalqimizning iqtisodiy madaniyati, savodxonligini oshirish kerakligi haqida bejiz gapirmadim. Taassufki, ko‘plab odamlar moliyaviy bilimsizlik, laqmalik, ishonuvchanlik, ba’zida esa ochko‘zlik sabab “moliyaviy piramida”lar, turfa nom-u, niqobdagi firibgarlar to‘riga ilinib, jiddiy ziyon- zahmat ko‘rmoqda. Aksar hollarda atayin murakkab tuzilgan shartnoma va bitimlardagi mavhum, tushunarsiz ma’lumotlar, talablar ham odamlarni chalg‘itadi. Islom dini bir tomonning boshqa tomonga har qanday ko‘rinishda zarar yetkazishini man etadi.
Qanday modeldan foydalanishdan qat’i nazar, tomonlar o‘rtasidagi bitimlarda mavhumlik, noaniqlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. Har bir inson unga taklif qilinayotgan hujjat bilan puxta tanishishi, kerak bo‘lsa, soha mutaxassislaridan yordam so‘rashi lozim. Shartnoma bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarda asosiy hujjat hisoblanadi. U puxta ishlangan, ikki tomonni ham qoniqtiradigan darajada bo‘lishi shart.
Hujjatning har bir bandi bilan huquqshunos ishtirokida tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir. Banklar ko‘pincha o‘z manfaatini ilgari surgan holda “trafaret” – bir andazadagi shartnomani taqdim qiladi. Tadbirkorlikning tabiati, imkoniyatlari esa har xil. Yuzaki shartnoma bajarilmay qolib ketishga mahkum. Boz ustiga, u tadbirkorga moliyaviy zarar keltirishi mumkin. Atoqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev aytganidek, oramizda hatto o‘zining pasportini ham oxirigacha o‘qishga erinadigan zamondoshlarimiz talaygina. “Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi” degan ko‘hna naqlga ko‘ra, odam aldanib qolmaslik uchun zukko, hushyor bo‘lmog‘i shart.
Islom bank-moliya tizimi g‘ararni taqiqlash mexanizmi orqali mijozlar bilan munosabatlarda mavhumlik, noaniqlik, hiyla-nayrang kabi harakatlarning oldini oladi. Gʻararning taqiqlanishi islom moliyasini spekulyativ derivativlar (hosilaviy qimmatli qog‘ozlar) tufayli paydo bo‘ladigan jiddiy tizimli xatarlardan himoya qiladi. Umuman, islom bank-moliya tizimi iqtisodiy “pufak” va inqirozlarni yuzaga keltiruvchi haddan ziyod moliyaviy chayqovchilik amaliyotlarini xushlamaydi. Shuningdek, boyliklarning adolatsiz ravishda taqsimlanishi, jamiyat a’zolari o‘rtasida salbiy munosabatlar ildiz otishiga olib boruvchi qimor o‘yinlarini ham man etadi.
– Fikrlaringizdan shu narsa anglashilmoqdaki, islomiy moliya shunchaki oldi-berdi munosabati emas, balki iqtisodiy tarbiya vositasi ham hisoblanadi. Sheriklik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, hamkorning yaxshi va yomon kunlarida yelkadosh bo‘lish tizimning axloqiy asosini tashkil etarkan. Yurtdoshlarimizning moliyaviy savodxonligi, ruhiy-axloqiy muhitimiz holatini yaxshi bilgan ziyoli, olim sifatida islomiy moliya tizimi yaqin yillarda rivojlanib ketishiga ishonasizmi?
– Yangi tizimni ko‘z ochib yumguncha, birdaniga joriy etish amrimahol. Buning uchun fursat, mehnat talab etiladi. Davlatning bunga xayrixohligi yetarli emas. Soha uchun malakali kadrlar korpusini shakllantirish, asosiysi, islom bank tizimining afzalligi, ishonchliligi va adolatliligini butun bo‘y-basti bilan ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Islom ta’limotida hamisha kapitalizmga xos individualizm, xudpisandlik-dan farqli o‘laroq, ma’naviy va ijtimoiy yo‘nalish ustun ahamiyat kasb etgan. Islom bank-moliya modeli ham insonning moddiy ehtiyojlari barobarida ruhiy, ma’naviy va ijtimoiy talablarini hisobga oladi. Shu bilan birga, bu model erkin bozor qonuniyatlarini butunlay inkor etmagan holda, yulg‘ichlik, chayqovchilik va adolatsizliklarga qarshi muayyan ma’naviy-axloqiy cheklov-chegara o‘rnatadi, taqiqlar qo‘yadi. Bu jihatdan u o‘z falsafasi, qadriyatlariga ega bo‘lgan tizimdir. Xalqimiz islom moliyasining biz sanagan talablarini teran anglab yetsa, unga musulmon turmush tarzining bir bo‘lagi deb qarasa, yangi yo‘nalishga shunchaki urf vajidan emas, balki ma’naviy ehtiyoj sifatida ergashsa, tizim yurtimizda rivojlanib ketishi shubhasiz.
– Nurislom aka, mulohazalaringizni eshitib, shunday xulosaga keldim: islom moliyasi iqtisodiyotimizning bir bo‘lagi sifatida shakllanishi va rivojlanishi uchun huquqiy va iqtisodiy omillarning o‘zi kamlik qiladi. Birinchi navbatda, halol rizq talabida bo‘lish, omonatdorlik, haromdan hazar qilish, bir so‘z bilan aytganda, diyonatli inson bo‘lib yashash har bir vatandoshimizning hayotiy maslagiga, a’moliga aylanishi kerak. Buning uchun jamiyatning ziyoli qatlami niyatda, so‘z va amalda birdamlik ko‘rsatishi zarur.
Samimiy suhbat uchun tashakkur bildiramiz!