Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizga doir bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi shular jumlasidandir. Mazkur qonun hukumatning maqomi, tarkibi, uni shakllantirish tartibi, vakolatlari hamda faoliyatiga doir bir qator yangiliklarni nazarda tutadi.
Masalan, qonunga ko‘ra, endi har yarim yilda Bosh vazirning o‘z o‘rinbosarlari va vazirlar bilan birgalikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot taqdim etishi belgilanmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqib, Hukumatning iqtisodiyot, byudjet, moliya, soliq, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Ta’kidlanganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasi ishini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy mexanizmlarni joriy etish, Hukumat a’zolarining biriktirilgan sohalarda aniq natijalarga erishishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshiradi.
Majlisda «Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.
So‘nggi vaqtlarda dunyoning ko‘plab hududlarida sodir bo‘layotgan zilzilalar O‘zbekistonda ham seysmik xavfsizlikni ta’minlash, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan bir qator manzilli chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni taqozo etyapti. Xususan, bu jarayonda ishtirok etayotgan tashkilotlar mas’uliyatini oshirish barobarida shaharsozlik normalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ya’ni, ruxsatsiz qurilish qilish, bosh rejani hamda ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzganlik hamda o‘zboshimchalik bilan ko‘p kvartirali uylarning yerto‘la va birinchi qavatini buzish yoki rekonstruksiya qilganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritilmoqda. Xususan, mazkur harakatlarning og‘ir yoki yengilligiga qarab ma’muriy jazo tayinlangandan so‘ng sodir etilsa, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi, agar qonunbuzarlik odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa yoki boshqa og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilmoqda.
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday qilmishlar uchun ma’muriy jarimalar pastligi sabab huquqbuzarliklar yildan yilga oshib boryapti. Ayniqsa, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavati yoki yerto‘lasini «nejiloy» qilib, do‘kon, kafe, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga aylantirish odatga aylanib qoldi. Shu o‘rinda Turkiyada sodir bo‘lgan oxirgi zilzilada qulagan uylarning 30 foiziga aynan pastki qavatlarda kiritilgan o‘zgartirishlar sabab bo‘lganini aytish joiz.
Shundan kelib chiqib, qonun loyihasida huquqbuzarlik va qonunbuzarlik to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi uchun har bir huquqbuzarlik alohida qism sifatida qayd etilmoqda. Qonun loyihasida inspeksiya yoki sudlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyani oldini olish maqsadida ma’muriy jarimalar miqdorini yagona qilib belgilash, ya’ni amaldagi ma’lum bir summadan ma’lum summagacha degan normadan voz kechish ham nazarda tutilmoqda.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi shaharsozlik faoliyati sohasida ko‘payib borayotgan noqonuniy qurilishlarning oldini olish, tasdiqlangan bosh rejalarga rioya etilishini ta’minlash, qurilish sifatini oshirish hamda sodir etilgan huquqbuzarliklarni kamaytirib, jazo ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 2021 yilda 833 ta holatda ruxsatsiz qurilish qilganlik aniqlangan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 1870 taga (110 foizga) oshgan. Bosh rejalarga rioya etmasdan qurilish qilganlik esa 2021 yilda 17 ta, 2022 yilda 24 taga ko‘paygan. Ko‘p kvartirali uylarni o‘zboshimchalik bilan yerto‘la va birinchi qavatini tayanch qismini buzish yoki rekonstruksiya qilganlik holatlari bo‘yicha 2021 yilda 13 249 ta, 2022 yilda 11 778 ta va 2023 yilda esa 13 095 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Majlisda deputatlar tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga «Tashabbusli byudjet asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish va ularning natijadorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida» Qonunchilik palatasining Parlament so‘rovini yuborish haqidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, bugun fuqarolar byudjet mablag‘lari shakllanishidan uning sarflanishigacha bo‘lgan jarayonlarni nafaqat kuzatib borish, balki unda ishtirok etish imkoniyatiga ham egalar. Jumladan, «Ochiq byudjet» va «Tashabbusli byudjet» kabi loyihalarning hayotga tatbiq etilgani, ochiqlik va shaffoflik sari jiddiy qadam bo‘ldi.
Shu o‘rinda Prezidentimizning «Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan mablag‘larni tashabbusli byudjet jarayonini moliyalashtirishga yo‘naltirish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilib, ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga ishlatilishi qat’iyan taqiqlandi. Fuqarolarga o‘z loyihalarini turli ma’muriy aralashuvlarsiz onlayn platforma orqali shakllantirish hamda g‘olib bo‘lgan loyihalarni «maxsus» Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kafolatlangan tarzda moliyalashtirish imkoniyatining berilgani esa ularning mazkur jarayonga bo‘lgan ishonchini yanada oshirdi. Lekin shunga qaramay, deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuvlarida saylovchilar tomonidan «Tashabbusli byudjet» asosida loyihalarni tanlab olish hamda ularni moliyalashtirish jarayonlari yuzasidan e’tirozlar ham bildirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, majlisda deputatlar fuqarolar takliflari asosida shakllangan «Tashabbusli byudjet» loyihasini yanada takomillashtirish, shakllantirish, tanlash va tanlov g‘oliblarini aniqlashda inson omilini mumkin qadar qisqartirish borasidagi choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish haqida Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziriga Parlament so‘rovi yuborishga qaror qildilar.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining bir kun oldingi yig‘ilishida ham ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizga oid bir qator masalalar muhokama qilingan edi. Dastlab deputatlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi va ushbu tashrifning mohiyatiga to‘xtalishgandi.
Ta’kidlash lozim, Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik aloqalarini rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi sanaladi. Chunki yon qo‘shnilar bilan yaxshi bo‘lmay turib, dunyoning boshqa davlatlari bilan munosabatlarni kengaytirish mumkin emas. Aynan ana shu tamoyil asosida O‘zbekistonning ochiq, konstruktiv va pragmatik siyosati natijasida mintaqamizda o‘zaro do‘stona muhit shakllandi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlari Turkiy davlatlar kengashi a’zolari hisoblanadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston rahbarining Turkiyaga navbatdagi tashrifi turk dunyosi davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan tarixiy ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi 1,5 barobarga, qo‘shma korxonalar soni esa 2, O‘zbekiston iqtisodiyotiga turk investisiyalari hajmi 2,5 barobarga oshdi. Ikki davlatning yirik shaharlari o‘rtasida haftasiga 90 ta parvoz amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa davrda Turkiyalik sayyohlar oqimi ham 3 barobarga ko‘paydi. Bundan tashqari yaqin kelajakda ikki tomonlama savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Ekspertlar bu galgi tashrif doirasida 10 milliard dollarlik yangi investisiya loyihalari portfeli shakllantirilganini ana shu yo‘ldagi salmoqli natija deb baholamoqdalar.
Ma’lumki, tashrif davomida Anqara shahrida Prezidentlar raisligida O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirkorlar bilan bunday formatdagi muloqot ilk bor o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston-Turkiya sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi va shubhasiz, ushbu sanoat zonasi o‘zaro amaliy hamkorlikning lokomotiviga aylanishi ta’kidlandi.
Shundan keyin deputatlar kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalari muhokamasiga o‘tdilar.
Qayd etish joizki, o‘tgan fraksiya yig‘ilishlaridan birida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilinib, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shinga ushbu masalalarga xolis baho berish uchun Parlament so‘rovi yuborishga qaror qilingan edi.
Deputatlar navbatdagi yig‘ilishda Parlament so‘roviga kelgan javobni ham ko‘rib chiqdilar.
Unda ta’kidlanishicha, bugun davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 42 313 nafar rahbar va pedagog faoliyat yuritmoqda. Shundan, 8 327 nafari (19,7 foiz) oliy, 3 304 nafari (7,8 foiz) tugallanmagan oliy va 30 682 nafari (72,5 foiz) o‘rta maxsus ma’lumotlilardir.
To‘g‘ri, keyingi yillarda tizimni malakali pedagoglar bilan ta’minlash maqsadida oliy ta’limda qabul kvotalari 2,5 baravarga oshirildi, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim bakalavriant 3 yil etib belgilandi. Nomutaxassislarni kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash maqsadida 4 oylik va 6 oylik qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi. Umuman, bugungi kunda respublikamizda jami 71 ta davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida soha uchun kadrlar tayyorlanmoqda.
Shuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish instituti hamda Toshkent shahridagi Puchon universitetida davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun pulli shaklda 144 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari tashkil etilgan. O‘tgan yilning o‘zidagina 13 000 nafar (23 foiz) tarbiyachilar qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga jalb etildilar. 2024 yil yakunlari bo‘yicha esa bu ko‘rsatkichni 54 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Shu maqsadda, davlat xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun 36 soatga mo‘ljallangan bepul masofaviy shakldagi qisqa muddatli malaka oshirish kursini o‘tkazish reja-jadvali ishlab chiqildi. Ta’kidlanishicha, shu kunga qadar davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 6,5 ming nafardan ortiq pedagoglari o‘qitildi. Shu bilan birga, «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi orqali ta’lim-tarbiya jarayoni yagona ta’lim dasturlari asosida olib boriladi. Ushbu dasturni ishlab chiqishda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Finlyandiya, Shvesiya, Janubiy Koreya va Estoniyaning tajribasi inobatga olinganini aytish joiz.
– Maktabgacha ta’lim tizimidagi ishlar har doim partiyamiz uchun ustuvor bo‘lib kelgan, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov Parlament so‘roviga yo‘llangan javob xatiga munosabat bildirib. – Bog‘chalarda oliy ma’lumotli kadrlarni ko‘paytirish haqida qanchalik ko‘p gapirmaylik, baribir bu masalani hal qilish qiyin kechmoqda. To‘g‘ri, bu agentlik ixtiyoridagi masala emas. Chunki ish haqi kamligidan soha jozibador emas. Yosh bolalar bilan ishlash esa juda ham qiyin va mas’uliyatli ishdir.
Yig‘ilishda Maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq yana bir masala – ko‘pgina bog‘chalarda bolalarga rus tilida talim-tarbiya berilayotgani masalasi ko‘tarildi. Ixtisoslashgan bog‘chalarni tushunish mumkin, ammo shaharlardagi aksariyat o‘zbek bog‘chalarida ham mashg‘ulotlar boshqa tillarda olib borilmoqda.
To‘g‘ri, bu ota-onalar talabi bo‘lishi mumkin. Lekin tarbiya metodikasida bolani ilk ta’limda o‘z ona tilisida o‘qitish degan tushuncha bor. Ota-onalar xohlasa ham, xohlamasa ham bog‘chalarda bolalarni boshqa tilda o‘qitish bu bola huquqlarining buzilishi hisoblanadi.
Bog‘chalarda o‘zbek bolasi o‘zbek tilida, qadriyatlarimiz asosida ta’lim-tarbiya olsin, boshqa millat vakillari ham o‘z tilida, o‘z qadriyatlari asosida tarbiyalansin. Zero, hech bir davlatda bog‘cha bolalariga boshqa tillarda ta’lim-tarbiya berilmaydi. Masalan, Rossiya ko‘p millatli davlat bo‘lsada, bog‘cha mashg‘ulotlarini faqat rus tilida olib borish shartligi belgilab qo‘yilgan. Millat kelajagi, xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu og‘riqli masalani hech qachon e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham «Milliy tiklanish» qadriyatlar himoyachisi sifatida ushbu masalani kun tartibiga qo‘yaveradi.