Bundan bir necha yillar avval yoshlarimiz uchun xorijda o‘qish yoki ishlash ushalmas orzu bo‘lib tuyulardi. Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar tufayli chet elda ta’lim olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan yigit-qizlarimiz safi yildan-yilga kengaymoqda.
Ayniqsa, dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, “Google”, “Tesla”, “WallMart” kabi multinasional korporatsiyalarda, yirik moliya, bank va boshqa sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning ko‘payotgani kishini xursand qiladi.
Albatta, ushbu yutuqlarning zamirida katta mehnat va til bilish ko‘nikmalari yotibdi. Xalqimizda til bilgan el biladi, deb bejizga aytishmagan. Shu sababli mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2023-2024 – o‘quv yilida umumta’lim maktablariga xorijiy tillarni o‘qitish uchun chet eldan 500 nafardan ortiq pedagog-mutaxassis jalb qilindi. Joriy yildan boshlab Toshkent shahri va hududlarda tanlab olingan 500 dan ortiq ta’lim muassasalarida ikkita xorijiy tilni o‘qitish boshlandi.
Ahamiyatli tomoni, xalqaro til sertifikatini olish uchun imtihondan yuqori ball to‘plagan yoshlarga davlat tomonidan xarajatlar to‘liq qoplab berilyapti. Birgina 2023-yilning o‘zida 12 ming 400 nafarga yaqin yoshlarga 21,7 milliard so‘mga yaqin mablag‘ to‘lab berildi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yigirmadan ortiq xorijiy tillarni onlayn tarzda bepul va kreativ o‘rgatish uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi ishga tushirildi.
Bular hali hammasi emas. “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham xorijiy tillarni o‘qitish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki chet tillarini bilish xorijda mehnat faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan, ya’ni mehnat migrantlari uchun juda zarur.
Bugungi globallashgan dunyoda mehnat migratsiyasi tabiiy jarayon hisoblanadi. Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, hozirda dunyoda 170 milliondan ortiq mehnat migrantlari bor. Xorijiy tillarni bilmagani tufayli migrantlarning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istonda faoliyat olib bormoqda. Tilni yetarli darajada bilmaslik va yetarli kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmaslik natijasida ko‘p fuqarolarimiz ushbu davlatlarda malaka talab etilmaydigan ishlarda mehnat qilyapti.
So‘nggi yillarda yurtimizda migrantlarga bo‘lgan munosabat ham, e’tibor ham tubdan o‘zgardi. Xorijda ishlamoqchi bo‘lgan shaxslarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, fuqarolarning chet elda bo‘lish davrida huquqlarini himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash bo‘yicha muayyan ishlar qilinmoqda. Maqsad bitta: biz o‘zimizga xayrixoh bo‘lgan, migrantlar huquqlari ta’minlangan, yuqori maosh beradigan mamlakatlarga ishchilarni emas, sifatli va iqtidorli kadrlarni tayyorlash.
Joriy yilda olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Kanada, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlar O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb etishga katta qiziqish bildirmoqda. Ushbu yangi yo‘nalishlarda bir guruh o‘zbekistonliklar o‘z mehnat faoliyatini boshlashdi. Xususan, 500 nafardan ziyod fuqarolarimiz Germaniyada ish bilan ta’minlandi.
Til bilish bu – boylik. Til bilgan inson dunyoni biladi, hech qachon kam bo‘lmaydi. Ulug‘ mutafakkir Abu Nasr Forobiy shunchalik ko‘p tilni bilganidan tarixiy manbalarda va xalq orasida, “Forobiy yetmishdan ortiq tilni biladi”, degan haqli e’tirofni olgan. Boisi o‘z ona tili bilan birga chet tillarini bilish o‘zga xalqlar tarixi, madaniyati, turmush tarzini o‘rganishga imkon yaratgan.
Binobarin, har bir til o‘ziga xos jihati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Xuddi bizning tilda bo‘lgani kabi boshqa tillar ham o‘zida xalqning o‘tmishini aks ettiradi. To‘g‘ri, kundalik hayot va ishni boshqarishda yangi tilni o‘rganish qiyin bo‘lishi mumkin, ammo to‘g‘ri yondashuv, fidoyilik bilan bunga erishsa bo‘ladi.
Umuman olganda, chet tili o‘rganishni ommalashtirish bugungi ta’lim tizimidagi ustuvor maqsadlardan biriga aylandi. Zero, xorijiy tilni bilish hayotda o‘z o‘rnini topishda asosiy shartga aylanib ulgurdi. Ona tilingizdan tashqari kamida bitta xorijiy tilni bilmas ekansiz, jahon bo‘ylab yuqori daromadli ish o‘rniga ega bo‘lish, tajriba almashish, bilimlarni oshirish mushkul.