Ma’lumki, yaqinda O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. Maqola shu haqda bo‘lib, unda “Milliy tiklanish” partiyasining dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib davlat dasturi mazmun-mohiyati va ahamiyatiga haqida gap boradi.
Muallif ta’kidlaganidek, ayni paytda partiya, fraksiya a’zolari va uning elektorati dastur bandlarini chuqur o‘rganmoqdalar. Shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Ma’lumki, partiya maktabgacha tarbiya va ta’limga alohida e’tibor qaratib keladi. Shu jihatdan farmonda bu borada belgilangan vazifalarni qo‘llab-quvvatlaydi va joylarda ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etadi.
Kadrlar salohiyati haqida to‘xtalganda, partiya har bir hududda pedagogika institutlari tashkil etilishi, pedagog kadrlar tayyorlash faqat kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshirilishining yo‘lga qo‘yilishi ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqadi, deb hisoblaydi. Biz uchun yana bir e’tiborli jihat. Partiya o‘z dasturiy maqsadlarida bolalarning o‘z ona tillarida saboq chiqarishiga, ota-bobolari tarixini mukammal bilishiga, qadriyatlari, an’analari va urf-odatlari ruhida tarbiya topishiga ko‘maklashishni o‘zining ustuvor vazifasi, deb hisoblaydi.
Shu ma’noda, 2025 yil boshidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha tegishli sertifikatga ega va shu fanlardan dars beruvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorda qo‘shimcha ustama to‘lanishini ayni muddao sifatida qabul qiladi.
Partiya har qanday soha kabi ta’lim jarayoni doimiy nazoratda bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Parlament nazorati shakllaridan unumli foydalanish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish ta’lim islohatlarini mantiqiyligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda ta’lim tizimida ham keng ko‘lamli islohatlar olib borilmoqda. Ta’kidlash joizki, islohatlar samarasi va natijasi ham alal oqibat ta’lim islohatlari natijasiga bog‘liq va biz bu borada sobit turishimiz shart va zarur.