«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifining ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
Ma’lumki, Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bundan tashqari, tashrif davomida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 28 ta hujjat imzolandi.
Fraksiya rahbari Alisher Qodirov shular haqida gapirib, partiyaning Saylovoldi dasturida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani, Davlat rahbari tomonidan ham aynan mintaqamiz davlatlari bilan qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
– Buning amaliy natijasi sifatida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolangani nafaqat ikki davlat manfaatiga, balki butun Markaziy Osiyo taraqqiyotiga birdek xizmat qiladi, – dedi Alisher Qodirov.
Ta’kidlanganidek, mehr-oqibatli bo‘lish, tinch-totuv yashash – xalqlarimizning azaliy orzusidir. Bugun ushbu orzu-intilishlar real hayotga ko‘chmoqda. Mamlakatlarimiz yetakchilarining irodasi va sa’y-harakati bilan xalqlarimiz yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi.
Shundan keyin deputatlar «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildilar.
Ma’lumki, ushbu qonun loyihasi bilan «Umra» xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida lisenziya turini joriy etish hamda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani lisenziyalovchi organ sifatida belgilash taklif etilmoqda. Bu bilan «Umra» ziyorati huquqiy jihatdan tartibga solinadi va ziyoratchilarning haq-huquqlari ta’minlanadi. Chunki mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash maqsadida «Umra» va «Haj» ziyoratini erkin amalga oshirishga keng imkoniyat yaratilgan bo‘lsa-da, keyingi paytlarda bu borada ko‘plab qonun buzilish holatlari qayd etilyapti.
Jumladan, bugungi kunda 70 ga yaqin turoperator lisenziya asosida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, 200 dan ortiq firma noqonuniy shug‘ullanayotgani aniqlandi. Natijada ziyoratchilarni mehmonxonalarga joylashtirish, ovqatlanish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, transport va viza bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lib, fuqarolarimizning jiddiy noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu mamlakatimiz imijiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmayapti.
Endilikda lisenziya asosida faoliyat ko‘rsatmagan yoki bu borada qalbaki hujjatlardan foydalangan yuridik shaxslar BHMning 200 barobari (68 000 000 so‘m) miqdorida jarima to‘laydi.
Majlisda «Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tadqiqot markazi (ICCROM) Ustavini (Rim, 2013 yil 29 noyabr) ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.
Xalqaro tadqiqot markazini ta’sis etish taklifi 1956 yilda Dehlida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasida bildirilgan edi. Oradan uch yil o‘tgach, Italiyada rasman tashkil etildi va Rim shahri markaz bosh qarorgohi etib belgilandi.
Markaz hukumatlararo tashkilot bo‘lib, madaniy boyliklarni saqlash va tiklashni o‘rganish bo‘yicha ta’lim berish, axborot tarqatish, tadqiqot va hamkorlik qilish, konservatsiya va restavratsiya sohasidagi faoliyatni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, madaniy merosga bo‘lgan tahdidlarga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratadi, sohada kadrlar tayyorlashni rag‘batlantiradi. Hozirgi vaqtda markazga 136 ta davlat a’zo.
Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Tursunali Qo‘ziyev qonun loyihasi haqida ma’lumot berarkan, mamlakatimizda markaz Ustavini ratifikatsiya qilishga katta ehtiyoj borligini ta’kidladi. Buning natijasida endi YUNESKO bilan hamkorlikdagi ishlar xalqaro markaz doirasida amalga oshiriladi. Bu nafaqat mamlakatimiz imijiga, balki jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mashhur yodgorliklarimizning xalqaro darajadagi targ‘ibot-tashviqotiga ham katta yordam beradi.
Yana bir muhim jihat: O‘zbekistonda katta tajribaga ega bo‘lgan ta’mirchi usta va mutaxassislarimiz ushbu markaz orqali xorijiy davlatlardagi tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash ishlariga jalb etiladi. Bu ham shubhasiz, mamlakatimiz salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Fraksiya a’zolarining ta’kidlashlaricha, madaniy meros ob’yektlarini asrash partiyamiz uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ammo achchiq haqiqat shundaki, betakror obidalarimizni ko‘z qorachig‘idek asrashga bo‘lgan munosabat hamon talab darajasida shakllangani yo‘q. Xalqaro darajadagi bunday hujjatlar esa jamiyatimizda bu boradagi ishlar madaniyat darajasida aylanishiga xizmat qiladi. Qolaversa, bunday hujjatlar nafaqat bizga imkon beradi, balki zimmamizga majburiyatlar ham yuklaydi.
Deputatlar shundan kelib chiqib, qonun loyihasini birvarakayiga uch o‘qishda ma’qulladilar.
Yig‘ilishda «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda ko‘mirni iste’molchilarga yetkazishda talon-toroj qilishning oldini olishga qaratilgan choralarga qaramay, o‘g‘irliklar kamaymayapti. Misol uchun, 2022 yilda 68 marta talon-toroj qilish holati aniqlangan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 115 tadan oshdi. Bu o‘z navbatida iste’molchilarni kuz-qish mavsumida ko‘mir bilan ta’minlashga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qayd etilishicha, bunga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ta’sirli choralar belgilanmagani sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, oz miqdorda talon-toroj qilganlik uchun 340 ming so‘mdan 1,7 mln so‘mgacha, takroran sodir etilganda esa 3,4 mln so‘mgacha jarima belgilash nazarda tutilgan. Shu bois, ushbu qonun loyihasi bilan ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish taklif qilinyapti. Ya’ni, endilikda bunday holatlar uchun 6,8 mln so‘mdan 17 mln so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘ladi.