O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari poytaxtda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi ta’lim va turizm obyektlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, Yangi Toshkent shahrining ilk inshootlari qurilishini boshlab berdi.
Davlatimiz rahbari Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi so‘zining avvalida poytaxt jamoatchiligi bilan ko‘rishib turganidan mamnunligini ta’kidlab, bugungi kundagi dolzarb masalalarga to‘xtaldi. Dunyodagi, jumladan, hamkor davlatlardagi vaziyatning iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirini kamaytirish eng muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
– Har qanday bino tashqi ta’sirlarga bardosh berishi uchun uning poydevori mustahkam bo‘lishi shart. Mamlakatimiz poydevori, bu – mahalla. Mahallaning iqtisodiy zamini mustahkam bo‘lsa, odamlar daromadi ko‘payib, yaxshi yashashga uyi, bolasini o‘qitishga sharoiti bo‘lsa, ertangi kuni uchun xotirjam bo‘lsa, shunda barqarorlik, taraqqiyot bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu nuqtayi nazardan, mutasaddilar faoliyatidagi sustkashliklar, tumanlarda ishga solinmayotgan imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, Toshkent shahrida loyiha qilish istagidagi investor va tadbirkorlar ko‘p. Lekin buning uchun yer kam. Foydalanilmayotgan joylarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, 979 ta yer uchastkasini auksionga chiqarish, qishloq xo‘jaligidan sanoat va aholi punkti toifasiga o‘tgan 175 gektarlik yerni berish orqali ularga sharoit yaratish mumkin.
Yangihayot tumanida 764 gektar yerda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etilmoqda. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlar u yerda 2,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif bildirgan. Bu hududda yanada ko‘proq loyihalarni joylashtirib, o‘n minglab ish o‘rni ochish imkoniyati bor.
Iqtisodiy faol aholidan 80 mingi ishga muhtoj. Shu bilan birga, poytaxtdagi korxona va tashkilotlarda 98 ming bo‘sh ish o‘rni mavjud.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash ishlarini ham yangi yondashuv asosida qayta ko‘rib chiqish zarur.
Toshkent shahri aholisi turmushini yanada yaxshilash uchun bu kabi qilinadigan ishlar juda ko‘p. Shu bois sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Davlatimiz rahbari Toshkent shahri hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Umurzoqov nomzodini poytaxt hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Sh.Umurzoqov 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ko‘p yillar prokuratura tizimida ishlagan. 2018-2023-yillarda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lgan. U o‘tgan yil martdan buyon Toshkent shahri hokimi vazifasini bajarib kelmoqda. Mahalliy kengash deputatlari ham bir yil davomida uning ishiga baho berish uchun yetarli imkoniyatga ega bo‘ldi.
Xalq deputatlari, jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, nomzod haqida fikrlarini bildirdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Prezident Toshkentda natija qilish uchun imkoniyat ham, resurs ham, sharoit ham yetarli ekani, buning uchun shahar va tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks vakillari uyg‘onib, katta marralar olib, qattiq ishlashi kerakligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda shaharni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish imkoniyatlari Yunusobod tumani misolida tahlil qilindi.
So‘nggi yetti yilda tumanga 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritilib, korxona, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari 3,5 mingtaga, ish o‘rinlari 20 mingtaga ko‘paydi. 6 ming xonadonli yangi uy-joylar qurildi, 8 mingta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil qilindi, 3 ta oliygoh ochildi.
Yunusobod hududi bo‘yicha Toshkent shahrida birinchi, aholi soni bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi. Tumanda 64 ta mahalla bo‘lib, 376 ming aholi istiqomat qiladi.
Hudud soliq tushumlari hajmi bo‘yicha yetakchi. Lekin aholi jon boshiga hisoblaganda yuqori emas. Tumanning poytaxt sanoatidagi ulushi eng oxirgi o‘rinda.
Shulardan kelib chiqib, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.
Xususan, Yunusobod tumanidagi 9 ta bank filiali yirik mijozlari bilan 64 ta mahalla o‘rtasida “ko‘prik” bo‘ladi. Ulardagi oilalar daromadi ko‘paysa, bank mijozi bo‘lgan tadbirkorning mahsulotiga talab oshadi. Bundan tadbirkor ham, bank ham foyda ko‘radi.
Endi banklarga odamlar daromadini ko‘paytirish, tuman iqtisodiyotini barqaror o‘stirish bo‘yicha yangi mas’uliyat belgilanadi. Ish o‘rni yaratgan mijozlarga kredit foizi tushirib boriladi. Hokim yordamchilari esa ishsizlarni tadbirkorlar talabi asosida o‘qitadi.
Mutasaddilarga bu borada “Yunusobod tajribasi”ni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yunusobod poytaxtning eng qulay qismida joylashgani uchun “o‘sish nuqtasi” biznes ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib berayapti. Yangi investitsiyalar oqimiga sharoit yaratish maqsadida eskirgan qiyofadagi yoki davlat idoralari joylashgan binolar o‘rnida zamonaviy savdo, xizmat va ovqatlanish loyihalarini amalga oshirish mumkin. Natijada 7 mingta yuqori daromadli ish o‘rni ochiladi.
Yer o‘ta cheklangan sharoitda bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarur. Xususan, dehqon bozorlarini qavat-qavat usulda kengaytirish uchun sharoit bor. Shuningdek, kichik sanoat zonasidagi bino-inshootlarni 3-4 qavat qilib, qayta qurish hisobiga qo‘shimcha 200 ming kvadrat metr hosil bo‘ladi.
Ijtimoiy sohada xususiy sheriklik loyihalarini ko‘paytirish orqali ham mingta ish o‘rni yaratsa bo‘ladi. Masalan, 7-sonli shahar shifoxonasi uchun yangi bino qurilsa, bo‘shaydigan yerda koreyalik investorlar 420 o‘rinli ko‘p tarmoqli klinika qurish tashabbusini bildirgan.
Umuman, o‘rganishlar asosida Yunusobodda 600 million dollar investitsiya, 35 mingta yuqori daromadli ish o‘rni imkoniyatlari aniqlangan.
Hukumatga barcha tumanlarni shu tarzda o‘rganib, Toshkent shahrida 250 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, 2 milliard dollar sarmoya jalb etish choralarini ko‘rish topshirildi.
Sanoat, infratuzilma, tadbirkorlik va kommunal sohalarda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Mahallalardagi obodlik masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mahalla raislari va nuroniylar milliy qadriyatlarimizni tiklab, ko‘cha bo‘ylari va hovlilarda gul-u rayhonlar ekish, daraxt o‘stirish, ishkomlar qilish, ozodalik ishlariga bosh-qosh bo‘lishi zarurligi aytildi.
Davlatimiz rahbari bu boradagi faollikni rag‘batlantirish maqsadida tanlov o‘tkazib, yil yakuni bilan eng namunali mahallaga elektromobil sovg‘a qilish taklifini bildirdi. Bu taklif olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Yig‘ilish so‘ngida Prezident xalq deputatlari, mahalla raislari, ziyolilar va yoshlar bilan muloqot qildi.
Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida bo‘ldi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Bu boradagi muhim masalalardan biri – o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish.
Davlatimiz rahbari yangi muassasalar barpo etish bilan birga, mavjud maktablarning o‘ziga qo‘shimcha qavat yoki yonidan bino qurish maqsadga muvofiqligini aytgan edi.
Mazkur 5-maktab ilgari 960 o‘rinli edi. Lekin o‘quvchilar soni 2 mingdan oshardi. Shu bois o‘tgan yili rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha binolar qurildi. Natijada 1 ming 700 ta qo‘shimcha o‘rin paydo bo‘ldi.
Maktabda 65 ta o‘quv, 12 ta chet tili va 5 ta kompyuter xonasida zamonaviy sharoitlar yaratildi. O‘quvchilarni aniq fanlar, muhandislik va texnologiyalarga qiziqtiruvchi STEM-laboratoriya va sport zali zarur anjomlar bilan ta’minlandi, kovorking va rekreatsiya hududi tashkil etildi. Maktab kutubxonasida 5 ming 800 dan ortiq ilmiy va badiiy adabiyotlar bor.
Bugun maktabda 2 ming 600 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. O‘tgan yili 165 nafar bitiruvchidan 163 nafari oliy ta’limga o‘qishga kirgan.
Yurtimizda o‘g‘il-qizlarni yoshligidanoq kasbga yo‘naltirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 5-maktabda ham yuqori sinf o‘quvchilari tikuvchilik, pazandachilik, yog‘och va metallga ishlov berish ko‘nikmalarini o‘rganayapti.
Prezident ushbu to‘garaklardagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Toshkent shahri direktorlar kengashi a’zolari bilan suhbatda o‘qituvchilar mehnati va hurmati haqida so‘z bordi.
– Shunday vaqtlar bo‘ldiki, pedagoglikka e’tibor susayib ketdi. Hozir bu sharafli kasbning nufuzini tiklash, ularni moddiy rag‘batlantirishga harakat qilayapmiz. Yangi Toshkent shahri qurilishini ham Pedagogika universiteti binosiga poydevor qo‘yishdan boshlamoqchimiz. Chunki yangi O‘zbekistonning birinchi zamini – o‘qituvchilar. Shuning uchun ular doim o‘z ustida ishlashi, bilim va uslublarini rivojlantirib borishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Maktabning yangi imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, ta’lim sifatini Prezident maktablariga yaqinlashtirgan tarzda oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabini ko‘zdan kechirdi.
Maktab o‘tgan yili respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan. 250 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Joriy o‘quv yilida 1-sinfga 145 nafar o‘g‘il-qiz qabul qilingan.
Bu yerda yoshlar 12 yo‘nalish bo‘yicha maktabdan tashqari ta’lim oladi. O‘quvchilar ijodiy imtihonlar asosida saralab olinadi.
Ellikka yaqin o‘quv va kompyuter xonalari, tadbirlar zalida shinam sharoitlar yaratilgan. Kutubxonada 5 ming 500 dan ortiq o‘quv adabiyoti va notalar jamlangan.
Prezidentimiz san’at ma’naviy boy avlodni tarbiyalashga xizmat qilishini, bunga mehrni bolalikdan boshlab shakllantirish zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda umumiy ta’lim tizimi bilan musiqa ta’limi dasturlarini uyg‘unlashtirish muhimligi aytildi. San’at maktablari bilan oliygohlar, teatrlar va boshqa madaniyat muassasalarining hamkorligi tizimini kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.
Mamlakatimizda barcha maktablar cholg‘u asboblari bilan ta’minlanib, yoshlarning qiziqish va iste’dodi rivojlantirilmoqda. Bu an’anaviy san’at yo‘nalishlari bilan birga maqom, baxshichilik va mumtoz musiqa qadriyatlarimizni davom ettirishga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari Shayxontohur tumanidagi Gulbozor mahallasida ham bo‘ldi.
Har bir mahallaning o‘ziga xos an’analari va imkoniyatlari bor. Ular “o‘sish nuqtasi”ga aylantirilib, ish o‘rinlari ochish va aholi daromadlarini oshirish manbai sifatida rivojlantirilmoqda.
Gulbozor Toshkentning tarixiy qismida, Chorsu bozori yonida joylashgan. Bu yerga yilning barcha mavsumida xorijiy turistlar ko‘p keladi. Shu bois hudud turizm xizmatlariga ixtisoslashtirildi. Ko‘cha va uylarda poytaxtning qadimgi ko‘rinishini saqlab qolgan holda qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.
Xususan, barcha kommunikatsiya tarmoqlari yer ostidan o‘tkazildi. Ko‘cha boshida tarixiy darvoza qayta tiklandi. O‘ymakor ustunli katta ayvon, unga yaqin joyda hovuz barpo etildi. Milliy kashtachilik va hunarmandchilik ustaxonalari, novvoyxona, milliy oshxonalar, zargarlik do‘konlari tashkil qilindi. “Non tarixi” va “Qadimgi Toshkentga sayohat” nomli ko‘rgazmalar ochildi. Uch yulduzli mehmonxona ham bunyod etilmoqda.
Bu ko‘cha Shayxontohur tumanida tashkil etilayotgan “turizm halqasi”ning bir qismi bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda sayyohlar qadimiylik va milliylik muhitini his etadi.
Mahalla ahli davlatimiz rahbariga hududdagi o‘zgarishlar, odamlar hayoti haqida so‘zlab berdi. Bu yerda 2 ming 670 nafar aholi yashaydi. Savdo, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish rivojlangani natijasida mahalla ishsizlikdan holi hududga aylangan. “Xavfsiz hudud” tizimi joriy etilgan. Bu loyiha amalga oshirilganidan so‘ng barcha xonadonning daromad topish imkoniyati ancha oshgani qayd etildi.
Prezidentimiz milliy kiyimlar va amaliy san’at mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi, ularni tayyorlayotgan hunarmand xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
Davlatimiz rahbari mahalladagi sumalak saylida ishtirok etdi. Onaxonlar tinch-osoyishta yurtga bayramlar yarashishini, buning uchun Yaratganga behisob shukur qilishlarini aytishdi. Shavkat Mirziyoyev ularni muborak Ramazon kunlari bilan tabriklab, ezgu tilaklar izhor etdi. Xalqimizga tinchlik va farovonlik tilab duolar qilindi.
Mutasaddilarga “turizm halqasi”ni davom ettirib, sohada bandlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
– Zamonaviy majmualar hamma joyda bor. Biz xorijiy sayyohlarni buyuk tariximiz bilan ko‘proq jalb etishimiz mumkin. Shuning uchun bu yer kecha-yu kunduz faoliyat yuritadigan turistik markazga aylanishi kerak. Bunday etnografik maskanlarni ko‘paytirish, milliy qadriyatlarimizni namoyish etish, turli festivallar o‘tkazish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Joriy yil 12-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, turizm maskanlarini ko‘paytirish, hududlarni o‘zaro bog‘lovchi turizm xizmatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Buning ijrosini Gulbozor misolida ham ko‘rish mumkin.
Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar, gul-chechaklar ekilib, mahallaga fayz qo‘shilmoqda.
Bundan bir yil avval, 18-mart kuni Yangi Toshkent shahrining qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan edi.
Bunyodkorlik ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash va direksiya tuzilib, loyihalashtirish olib borildi.
Muqaddas Ramazon oyida bu yerda ilk inshootlar qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, bu tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.
– Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toshi qo‘yamiz. Yangi shahar qurilishi ilm-fan, ma’naviyat maskanlaridan boshlanayotgani bejiz emas. Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi, – dedi davlat rahbari.
Ma’rifatli jamiyatning asosiy poydevori maktab bo‘lsa, muallim uning ustunidir. Shu bois bu yerda birinchilar qatorida Toshkent davlat pedagogika universitetining yangi kampusi barpo etiladi. U 20 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 5 ming o‘rinli yotoqxona, 300 o‘rinli bog‘cha, 616 o‘rinli maktab, 588 o‘rinli akademik litsey, zamonaviy sport kompleksi, madaniyat saroyi, amfiteatr va boshqa obyektlarni o‘z ichiga oladi. Yuqori reytingli xorijiy oliygohlar tajribasi asosida “bog‘cha – maktab – universitet” yaxlitligidagi innovatsion pedagogik klaster tashkil etiladi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti yurtimizdagi eng nufuzli oliygoh bo‘lib, unda muhandislik, boshqaruv, axborot texnologiyalari, agrotexnologiyalar, gumanitar va tabiiy fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Shaharda mazkur universitet uchun ham zamonaviy kampus quriladi. Xususan, bu yerda 10 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 1 ming 150 o‘rinli oshxona, kutubxona va ixcham muzey, sport majmuasi, olimpiya suzish havzasi barpo etiladi. Shuningdek, talabalar uchun 2 ming o‘rinli yotoqxona, professor-o‘qituvchilarga 286 o‘rinli turar joy qurib beriladi.
Navbatdagi loyiha – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi uchun yangi majmua. Bu yerda kutubxona fondida saqlanayotgan 10 milliondan ortiq adabiyotlarni munosib saqlash va bir paytning o‘zida 1 ming 420 nafar kitobxonga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Uning umumiy maydoni 30 ming metr kvadratni tashkil qiladi.
Teatr san’ati xalq ma’naviyati, yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois Yangi Toshkentda xalqaro talablar asosida Milliy teatrning muhtasham binosi barpo etiladi. Unda san’atkorlar uchun ham, tomoshabinlar uchun ham har jihatdan qulay sharoitlar yaratiladi. Kelgusida u yurtimizdagi barcha teatrlar uchun o‘ziga xos ijodiy laboratoriya vazifasini bajaradi.
Shaharda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, ijod maktabi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini jamlagan o‘ziga xos ma’naviyat majmuasi ham qad rostlaydi.
Davlatimiz rahbari bu majmualarning imkoniyatlari va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
– Bugun poydevori qo‘yilayotgan maskanlar ko‘p yillar xalqimiz ma’naviyatini boyitish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi. Yangi Toshkent shahrining nafaqat yurtimiz, balki mintaqamizda ham chinakam ilm-ma’rifat va madaniyat markaziga aylanishiga katta hissa qo‘shadi, deb ishonaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz ramziy tugmani bosib, binolar qurilishini boshlab berdi.