Globallashuv insoniyat uchun beqiyos imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bunga milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortayotgani ham misol bo‘lishi mumkin. Oqibatda odamlar xudbinlik, mehnatga layoqatsizlik, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyatiga moslashyaptilar. Jismoniy va aqliy mehnat qilishdan uzoqlashib, pul topishning yengil yo‘llarini odatga aylantirishyapti.
Donolarimiz «Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi» deganlar. Bu borada bog‘cha, maktab, oliy ta’lim, mahalla yoshlar yetakchilari o‘rtasida uzviy hamkorlik zanjiri yaratilmagani yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq muammolar ko‘payishiga sabab bo‘layapti. Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘quvchilarning davomatini yaxshilash bo‘yicha alohida ko‘rsatma va tavsiyalar berilganini bir esga olaylik. Bundan ko‘rinadiki, maktab o‘quvchilarining darslarda ishtirok etishi yuzasidan davomatini yaxshilash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerak.
Bundan tashqari, yoshlarni harbiy xizmatga saralab olish tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ham jamoatchilik nazoratini o‘rnatish kerak. Chunki yurtimiz sarhadlarini qo‘riqlashdek vazifaga mas’uliyatli, sadoqatli, ma’nan va jismonan sog‘lom nomzodlar ko‘rsatilishi kerakligi e’tiborga olinishi lozim. Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga ham panja ortidan qaramaslik kerak.
Ta’kidlash joizki, ayni kunlarda «Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy» tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilgan va ular bilan turli targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etayotganimiz ijobiy samara bermoqda. Eng muhimi, bu boradagi islohot va tashabbuslarni shijoat bilan davom ettirish, milliy tarbiya tizimining mustahkam asoslarini birgalikda yaratish va jamiyatga tatbiq etishimiz lozim.
Zotan, Millat yetakchisi ta’kidlaganidek: «Biz yaratayotgan Yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan».