Ma’lumki, islomiy moliya foyda va zararni bo‘lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni ko‘zda tutadi. Ya’ni, u sheriklik asosidagi moliyalash tizimi bo‘lib, daxlsizlik, shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, tavakkalchiliklar, foyda va daromadlarni adolatli taqsimlash, iqtisodiy farovonlik va ijtimoiy adolatning muvofiqlik tamoyillariga asoslanadi. Axloqiy me’yorlarga – eng avvalo, halollikka rioya qilish mazkur tizimning fundamental asosidir.
So‘nggi yillarda dunyoda Islomiy moliya tizimiga bo‘lgan qiziqish keskin kuchayayotgani ham shundan. Hatto ushbu tizim musulmon bo‘lmagan mamlakatlarda ham rivojlanayotgani e’tiborga molik. Misol uchun Buyuk Britaniyaning 20 dan ortiq banklarida mijozlarga islom moliyasi mahsulotlari va xizmatlari taklif qilinyapti. Umuman, bugunga kelib, 300 dan ziyod islom banki va moliya muassasalarining aktivlari 2,5 trillion AQSH dollaridan oshib, yiliga 15-20 foizga o‘smoqda.
Ana shulardan kelib chiqib, O‘zbekistonda ham musulmon davlatlardagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan tashkilotlar mablag‘ini milliy iqtisodiyotimizga, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga jalb etish to‘g‘risidagi tashabbus ko‘pchilikni quvontirayotgan edi. Ana shularni hisobga olib, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida ham an’anaviy moliya tizimiga muqobil ravishda bank va tadbirkorning sherikchiligiga asoslangan yangi kreditlash mexanizmini joriy etish ustuvor vazifalardan biri sifatida ilgari surilgan edi.
Shuni alohida qayd etish joizki, mamlakatimiz aholisining 90 foizidan ortig‘i Islomga e’tiqod qiladi va foiz bilan bog‘liq qarashlari tufayli 15-20 foizga yaqin aholi an’anaviy kreditlash tizimidan foydalanmayapti. Muqobil kreditlash tizimi orqali esa mazkur qatlam ham to‘liq qamrab olinishi mumkin. Yangicha yondashuvlar shuningdek, ana shu qatlam vakillarining omonatlarini iqtisodiyotga jalb etish, ulardan esa oqilona foydalanish uchun ham katta imkoniyat yaratadi. Ya’ni, bu orqali “zaxiradagi” ichki investisiyalarni iqtisodiyotimizning o‘sishiga jalb qilish, xufyona iqtisodiyot salmog‘ini kamaytirish, eng muhimi, tadbirkorlikni rivojlantirish mumkin bo‘ladi.
Kuni kecha platformauzb telegram kanalida kamida uchta bankda islomiy moliyalashtirish tartibi joriy qilinishi reja qilinayotgani e’lon qilindi.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayevning aytishicha, Islomiy banking to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi va u joriy yilda parlamentga kiritiladi. Yaqin vaqt ichida esa mikromoliya tashkilotlarida islomiy moliyaviy xizmatlar to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar ham qabul qilinishi kutilmoqda.
Alohida ta’kidlash joizki, Davlatimiz rahbarining g‘oya va tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida kamida uchta tijorat bankida islomiy moliyalashtirish mezonlari va tartiblarini joriy etish hamda islomiy moliyalashtirishning qonunchilik bazasini shakllantirish vazifasi qat’iy belgilab qo‘yilgan edi.
Prezidentimizning 2022 yilning avgusti va o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarida ham shu masala (islomiy moliya — tahr.) ko‘tarilgan, o‘shandan beri bu borada turli vazirliklardan iborat ishchi guruh ish olib borayotgan edi.
Ko‘rinib turibdiki, nihoyat ana shu tashabbus amaliyotga joriy etilmoqda. To‘g‘ri, bu yangi va murakkab vazifa bo‘lib, ko‘plab qonun hujjatlariga, jumladan, garov to‘g‘risidagi, sudlar to‘g‘risidagi, banklar to‘g‘risidagi va Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni talab qiladi.
Ammo qayd etish joizki, har qanday qiyinchiliklar bo‘lmasin, islomiy moliyalashtirish tartibining joriy etilishi milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishga ulkan hissa bo‘lib qo‘shiladi.