Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kecha bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir dolzarb masalalar qatori yoshlar hamda Yoshlar ishlari agentligi faoliyatiga doir masala ham muhokama qilindi.
Majlisda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari, partiya yetakchisi Alisher Qodirov so‘zga chiqib, O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil qiladigan sanoqli davlat ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, Davlat rahbarining biron-bir uchrashuv yoki yig‘ilishlari yo‘qki, yoshlar masalasi muhokama etilmasa.
Yoshlar ishlari agentligi oldiga ham bu borada jiddiy vazifalar qo‘yilgan va tan olishimiz kerakki, bugun ularni bekamu ko‘st amalga oshirish oson bo‘lmayapti. Qayd etish joizki, Agentlikning yoshlarni ta’lim-tarbiya olishga undovchi, ilmga, kitobxonlikka jalb etuvchi ko‘plab loyihalari o‘z samarasini beryapti.
– Lekin amalga oshirilgan ishlar mohiyatini xalqimizga yetkazish uchun Agentlikning ovozi barcha joylarga ham yetmasligi mumkin. Parlament esa ana shu ishlarni keng jamoatchilikka yetkazishi, shu bilan birga, yoshlar masalasida qanday muammolar bor va ularni yechishda qonunchilikdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishda keng maydon hisoblanadi, – dedi Alisher Qodirov.
Bir kun avval esa ayni shu masala “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining bosh mavzusiga aylangan edi.
Unda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning “Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek, ular bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitish masalasi ko‘rib chiqilgandi.
Fraksiya a’zosi Umida Rahmonovaning fikricha, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham yoshlarning huquq va manfaatlari alohida moddalar bilan muhrlab qo‘yilgan.
Yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlardagi muammolarni hal etishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish maqsadida esa yaxlit infratuzilma yaratilgan. Jumladan, Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tashkil etilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida esa Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya ishlayapti. Shuningdek, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, muammolarga yechim topish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etilib, unga keng vakolatlar berilgan.
Davlat rahbari tashabbusi bilan yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish va ular bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari ishlab chiqilib, har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilgan.
Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham yoshlar muammolarini hal qilish va ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir vazifalar belgilangan.
– Shundan kelib chiqib, yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ular bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi direktorining axborotini eshitish taklifi ilgari surildi, – dedi Umida Rahmonova.
Fraksiya yig‘ilishida yana bir muhim masala muhokama qilindi. Bu Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy yo‘nalishi bo‘lgan tarbiya masalasidir.
Ma’lumki, ilmiy kuzatish va tadqiqotlar inson jami hayoti davomida oladigan ma’lumotlarning 70 foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishini ko‘rsatmoqda. Bu davrda bola dunyoni anglay boshlaydi. Ona tilini, qadriyatlarni o‘zlashtiradi, ota-onasi, oilasi, mahallasi, ya’ni Vataniga mehri uyg‘onadi. Albatta, bunda oilaning o‘rni muhim. Ammo bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hissasi ham alohida.
Shu bois, so‘nggi yillarda uzluksiz ta’limning poydevori sifatida maktabgacha ta’lim tizimiga ustivorlik berilyapti. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘iniga jalb etish, tizimda nodavlat sektor ulushini oshirish orqali sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilganidan keyin bog‘chalar soni ortib, yurtimizdagi 3 million nafarga yaqin 3-7 yoshli bolalarning 74 foizidan ortig‘i qamrab olindi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu ko‘rsatkichni 2026 yilgacha 80 foizga, 2030 yilgacha esa 100 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Ma’lumotlarga qaraganda, bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jami 33 942 ta bog‘chaning 27 162 tasi nodavlat ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Ularning 24 mingdan ortig‘i oilaviy shaklda, 1400 ga yaqin davlat-xususiy sheriklik asosida ishlayapti. Biroq aholi murojaatlari, joylarda deputatlar tomonidan olib borilayotgan parlament nazorati tadbirlari, saylov okruglaridagi uchrashuvlarda mazkur ta’lim tashkilotlariga metodik yordam berish, sohaga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish hamda malakali pedagog kadrlarni jalb etishda bir qator kamchiliklar kuzatilmoqda.
Eng katta kamchilik esa sohada faoliyat yuritayotgan 42 313 nafar rahbar va pedagoglarning atigi 19,7 foizi oliy, 7,8 foizi tugallanmagan oliy va qolgan 72,5 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar ekanligidadir. Ayniqsa, oilaviy bog‘chalarda malakali pedagog kadrlar yetishmayapti. Bu muammolar ta’lim-tarbiya sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmayapti.
Ma’lumki, bog‘cha maktabgacha ta’lim emas, tarbiya maskanidir. Bog‘chada bolalarni saqlab turish emas, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan tizimli tarbiya berish kerak. Ana shunday talablar qo‘yilayotgan bir paytda tizimda oliy ma’lumotli tarbiyachilar bor-yo‘g‘i 25-30 foizni tashkil qilyapti, xolos. Bu sohada 75 bolaga bitta oliy ma’lumotli tarbiyachi to‘g‘ri kelyapti, deganidir. Deputatlarning fikricha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bunday kadrlarni tayyorlashga yetarlicha e’tibor qaratmayapti.
Fraksiya a’zolari yuqoridagilardan kelib chiqib, Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariga sohadagi real vaziyatni o‘rganish uchun Parlament so‘rovi yuborishga qaror qildilar.