Nega qonun loyihalari rad etildi?
Foto va video vositalar orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan paytdan e’tiboran 48 soat ichida qoidabuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jarima solish vakolatiga ega shaxsga yuborish taklif etilgan. Lekin ushbu normada yana eskicha qoida saqlab qolinib, bunda faqat transport vositasining mulkdorini javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, xolos.