Keyingi to‘rt yildagi faoliyatimizni tahlil qilib, shunga ishonch hosil qildikki, saylovchilar bilan o‘tkazilgan 100 dan ortiq sayyor qabullar paytida eng ko‘p murojaatlar yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va uy-joy masalalari tashkil qildi. Shu davr mobaynida 500 dan ortiq saylovchilar muammolari bilan tanishib, 100 ga yaqin deputatlik so‘rovlari chiqardik. Aytish kerakki, saylov okrugidagi aholi murojaatlarining 98 foizi ijobiy hal bo‘ldi.
Kuni kecha doimiy komissiya yig‘ilishida Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobotini eshitdik. Unda ko‘tarilgan muammolarni deputatlar bilan joylarga chiqib o‘rgandik. Ilk manzilimiz Uchtepa tumanidagi obodonlashtirish boshqarmasi idorasi va korxonasidagi mavjud texnikalarni saqlash joyi bo‘ldi. Afsuski, tumanning obodonlashtirish idorasi xodimlari uchun berilgan bino talab darajasida emas. Shu sababdan mavjud texnikalarni saqlash holati ham achinarli ahvolda.
–Uchtepa tumani hokimligiga bino so‘rab ko‘p bora murojaat qildik. Uch yildan buyon yangi bino berilishi aytiladi. Mazkur joyda o‘ttizga yaqin texnika, supuruvchi, suv-sepuvchi, yuk tashuvchi, traktorimiz bor. Ish yaxshi tashkil qilingan ammo, sharoit yaxshi emas. Joy muammosini hal qilishda amaliy yordam kerak, – deydi Toshkent shahar Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi boshqaruvchisi o‘rinbosari Ravshan Fozilov.
R.Fozilovning aytishicha, poytaxtimizning Sergeli, Yangihayot va Yunusobod tumanlarida Obodonlashtirish idorasi namunali holatda. Ammo, aksariyat tumanlarda obodonlashtirish idorasining o‘z joyi ham yo‘q. Jumladan, Yakkasaroy tumanida Obodonlashtirish idorasi o‘ziga ajratilgan joy yo‘qligi sabab mahalla idorasidan vaqtinchalik qo‘nim topgan. Bu milliard-milliard so‘mlik zaruriy texnikalar ko‘chada, qarovsiz qoldirilyapti, deganidir.
Ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda ekologik vaziyatni yaxshilash, chang, qum bo‘ronlarining atrof muhitga zararli ta’sirlarini oldini olish maqsadida «Yashil makon» umummilliy loyihasi asosida bo‘sh hududlarga daraxt ko‘chatlari ekilyapti. Biroq o‘rganishlar davomida ko‘p joylarda sug‘orish tizimi umuman mavjud bo‘lmagan joylarga ham nihollar ekilgan.
Oqibatda nihollar nobud bo‘lyapti. Shu asosda, Nazarbek ko‘prigi (mosti) yonida tashkil etilgan yashil hududga yoz faslida suv kelmasligi, aholi xonadonlari bir-muncha uzoqligini inobatga olib, daraxtlarni qurib qolishini oldini olish maqsadida sug‘orish tizimini tashkil qilish masalasida mutasaddilar bilan muloqotda bo‘ldik.
Bu yil hisobidan yana ko‘chat ekish mavsumi boshlandi. Bu jarayonda har bir hududdagi mas’ul tashkilotlar Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ish olib borishsa, yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz holatlar yuz bermaydi. Sababi boshqarma qo‘lida sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan va endilikda sug‘orish yo‘lga qo‘yish reja qilinayotgan yerlarning xaritasi bo‘lib, shu joylarga daraxt ekilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Taxminlarga ko‘ra, joriy yilning yozi kutilganidan issiq bo‘ladi.
Navbatdagi o‘rganish manzilimiz boshqarmaning daydi itlarni saqlash maqsadida tashkil etilgan maskani bo‘ldi. Qarovsiz qoldirilgan itlarni tutib, olib kelish avtotransport vositasi, saqlashga mo‘ljallangan qafaslarni ko‘zdan kechirganimizda itlar uchun qo‘shimcha qafaslar va oziq-ovqatlar zaxirasini tashkil etishga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rdik. Bu borada ko‘ngilli tadbirkorlarni jalb etishni rejalashtirdik. Doimiy komissiya a’zolari bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha nazoratni olib borishga kelishib oldik.
Shu o‘rinda aksariyat deputatlarimiz o‘z vazifalariga sustkashlik bilan qarashayotganini ham ta’kidlash joiz. Eng muhimi, xalq ishonch bildirgan vakil saylovchi oldidagi mas’uliyatini doimo his qilishi shart. Shundagina yuqoridagidek muammolar kamroq uchraydi.