Partiyaning “Yoshlar qanoti” hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolarining Geologiya fanlari universiteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda avvalo partiya faoliyati, maqsad va vazifalari, yoshlarning ushbu tuzilmalari, shuningdek, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Taʼkidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga Yoshlar masalasida alohida bob kiritilgani bu mamlakatimizda kelajagimiz egalariga bo‘lgan eʼtibor har qachongidan yuqori bo‘layotganidan dalolat beradi. Joriy yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlangani ham fikrimiz tasdig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi 4740-sonli qarori asosida tashkil qilingan ushbu oliygoh tarkibida 2 ta fakultet, 7 ta kafedra mavjud bo‘lib, bugungi kunda 1000 dan ortiq talab tahsil olmoqda. Universitetda asosan geologiya sohasiga mutaxassislar tayyorlanadi.
Tadbir yakunida universitetning 20 ga yaqin talaba-yoshlari partiya a'zoligiga qabul qilinda va ularga a'zolik guvohnomalari topshirildi.