Yangi qonun bilan ularga mulk huquqi berilmoqda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5 aprel kuni mamlakatimizda mehmon bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlari Xiva shahrida muzokara o‘tkazib, mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, har tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik bilan birga gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantirish, yoshlar ishtirokida madaniyat, ta’lim va sport sohalarida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Tashrif doirasida Prezidentlar qadimgi Xivaning Ichan-qal’a majmuasi tarixiy obidalarini ham ziyorat qildilar.
Ma’lumki, “Ochiq osmon ostidagi muzey” sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahardir. Bu yerda 120 dan ortiq me’moriy obidalar bor. 1997 yilda 2500 yilligi nishonlangan Xiva 1990 yilda YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2020 yilda shahar Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilingan bo‘lsa, 2024 yilda Islom dunyosining turizm poytaxti deb tanlandi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining 8 aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ushbu tashrif davomida ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, O‘zbekistonning turkiy dunyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va xotirjamlikni asrash, birgalikda rivojlanish g‘oyalarini ilgari surishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.
– Bu jarayonda mintaqaning ikki yirik davlati – O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik hal qiluvchi ahamiyaga ega, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.
Shundan so‘ng kun tartibiga kirtilgan qonun loyihalari muhokama qilindi. Jumladan, «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilinib, ma’qullandi.
Ta’kidlanganidek, ushbu qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga yakka tartibda uy-joy qurganlarga ijara huquqi berish tartibi belgilanmoqda. Chunki hozirgi kunda huquqiy hujjatlari yo‘q yoki to‘liq bo‘lmagan, yer uchastkasidan uzoq yillardan buyon foydalanib kelayotgan yoki yerga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish masalasi yer egasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, oxiriga yetmagan 3,8 milliondan ortiq 493 ming gektar yerdagi uchastkalar bor.
Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikda ushbu yerlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish uchun huquqiy asos ham, vakolatli organ ham belgilanmagan. Shuning uchun ham bunday holatlar fuqarolar hayotida turli ijtimoiy va huquqiy muammolarni keltirib chiqaryapti.
Qayd etish joizki, keyinggi yillarda huquqlarni e’tirof etish masalasida jami besh marta aksiya e’lon qilindi. Ularda hammasi bo‘lib 1 million 338 mingta o‘zboshimcha qurilgan uylarga egalik huquqi berilgan bo‘lsa, birgina 2018 yilda Prezident farmoni bilan bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida 621 ming nafardan ortiq fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasida tegishli ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylariga nisbatan egalik huquqi berilib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilgan edi.
Ushbu loyiha bilan Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini ham yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha birlamchi ma’lumotlarni kiritadi. Vakolatli davlat organlari har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi ma’lumotlarni tizimga kiritadi. Ma’lumotlar esa tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarining e’lonlar burchagida, Kadastr agentligining veb-sayti hamda boshqa axborot manbalarida jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi 2028 yil 1 yanvarga qadar amalda bo‘ladi. Qonun tashabbuskorlarning ma’lum qilishicha, ikkinchi o‘qishgacha bo‘lgan jarayonda deputatlarning taklifi bilan 60 dan ortiq tahririy tuzatishlar kiritilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kecha bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ham ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan moddama-modda muhokama qilindi qabul qilindi.
Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk ob’yektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtilishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi
«Yer va yer osti boyliklarini asrab qolish va muhofaza qilishdagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasi bilan mamlakatimizda yer osti boyliklarini asrab qolish va muhofaza qilish, qimmatbaho metal va toshlarni noqonuniy qazib olinishiga chek qo‘yish maqsadida ushbu qilmish uchun javobgarlikni kuchaytirish choralari belgilanyapti. Ya’ni, amaldagi ma’muriy javobgarlik bunday harakatlarni cheklay olmayotgani uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif qilinyapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, 2021 yilda 805 ta, 2022 yilda esa 1233 ta shunday holat qay etilgan va ularga qarshi ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgan bo‘lsa-da, bunday holatlar qayta-qayta takrorlanyapti. Masalan, 2021 yilda 13, 2022 yilda esa 105 bor shunday holatlar takror sodir etilgan. Hatto ayrim shaxslar boylik orttirish maqsadida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, tan jarahoti, hatto o‘lim holatlari ham sodir bo‘lyapti.
Loyiha bilan mahallalardagi profilaktika inspektorlariga yer uchastkalariga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalar qurish, yer berish qoidalarni buzish kabi ma’muri huquqbuzarliklar bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berilmoqda. Chunki kadastr agentligi vakillari bunday harakatlargi to‘la nazorat qilishga imkoniyatiga ega emas.