O‘zbekiston o'zgardi, boshqalarni ham o'zgarishga da'vat qilyapti

O‘zbekiston o'zgardi, boshqalarni ham o'zgarishga da'vat qilyapti

Shu yil 2-3-may kunlari poytaxtimizda nufuzli tadbir — III Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtdi. Anjumanda yuzga yaqin davlatdan 2500 dan ortiq mehmon, jumladan, hukumat rahbarlari, BMT, YTTB, OPEK, SHHT kabi nufuzli tashkilotlardan vakillar ishtirok etgani ushbu forumning ahamiyatidan dalolat beradi, albatta. Forum ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilgʻor gʻoya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylangani esa uning ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Prezidentimizning investitsiya forumidagi nutqida qayd etilganidek, ushbu anjuman global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanish yoʻlida xavf va tahdidlar kuchayib borayotgan davrga toʻgʻri kelmoqda.

Bugungi global geosiyosiy va geoiqtisodiy murakkabliklar va transformatsiyalar davrida har bir davlat oʻz yoʻlini topishga harakat qilmoqda. Investorlar uchun ham mislsiz kurash ketyapti. Birorta davlat muammolarini yakka oʻzi hal qila olmasligi borgan sari isbot talab qilmaydigan haqiqatga  aylangan bir sharoitda eng zarur investitsiya oʻzaro ishonch ekani maʼlum boʻlyapti.

Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimizning nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayo tida ham muhim ahamiyat kasb etadigan bunday nufuzli anjumanning yurtimizda oʻtkazilganida ramziy maʼno bor. 

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston islohot-larining birinchi qadami Markaziy Osiyo davlatlari bilan qoʻshnichilik munosabatlarini tiklash, oʻzaro ishonchni mustahkamlash, bu orqali dunyoga yon qoʻshnilar bilan qanday hamkorlik qilish kerakligini koʻrsatish boʻldi va ushbu qisqa davrda kutilganidan ham yaxshi natija berdi. Bu bugun dunyoda hukm surayotgan inqiroz asosida, avvalo, ishonchsizlik yotgan bir sharoitda Oʻzbekis ton toʻgʻri poydevorga tayangan holda oʻz kelajagini yaratayotganiga yaqqol misoldir. 

Bugun transport yoʻlaklari har bir davlat taraqqiyoti uchun juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Afsuski, mamlakatimiz, xususan, mintaqamiz davlatlari jugʻrofiy joylashuvi tufayli dengizga toʻgʻridan toʻgʻri chiqa olmaydi. Bitta mamlakat hududi orqali dengiz yoʻllariga chiqish imkoniyatiga ega davlatlar soni 40 dan ziyod boʻlsa, ikkita mamlakat hududi orqali chiqadigan davlatlar bor-yoʻgʻi ikkita va ulardan biri Oʻzbekiston. Bu ham tabiiy ravishda Markaziy Osiyo integratsiyasiga, uning markazida joylashgan Oʻzbekiston taraqqiyotiga xalaqit bermoqda.

Lekin bugungi murakkabliklarga qaramay, yurtimiz mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida qoʻshni Afgʻonistonda tinchlikni taʼminlashga munosib hissa qoʻshish orqali strategik loyihalar, xususan, Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston yoʻnalishi orqali dengiz yoʻliga koridor ochishga harakat qil-moqda. Shuning dek, Oʻzbekiston — Qir-gʻiziston — Xitoy temir yoʻli nafaqat mamlakatimiz, qolaversa, Markaziy Osiyoni global tranzit markaziga aylantiradi. 

Davlatimiz rahbari forumdagi nutqida investorlar va xalqaro tashkilotlarni bu yirik mintaqaviy loyihalarda qatnashishga chaqirib, shu orqali Buyuk ipak yoʻlini zamonaviy asosda qayta tiklashni taklif qildi. Ushbu strategik loyihalar hayotiyligi butun dunyoga katta manfaat keltirishi shubhasiz.

Bugun ayrim mintaqalarda urush hara-katlari kuchaygan, davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarga darz ketgan, iqtisodiy tanglik avj olgan, xavf-xatarlar kuchayib, yirik iqtisodiyotlar, yirik davlatlar urush uchun qoʻllab-quvvatlov, hamkorlar, dastak izlayotgan bir davrda Oʻzbekiston Toshkent forumi orqali oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun investor va ishonchli doʻstlar qidirmoqda. Bu Oʻzbekistonning dunyodagi oʻziga xos oʻrnini koʻrsatadi. 

Forumda ishtirok etayotgan Turkiya Res-publikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz taʼkidlaganidek, butun dunyo oʻzgarishni, oʻzgartirishni xohlaydi va oʻzgarish uchun maslahatlar, tavsiyalar beradi. Lekin hech qachon oʻzi oʻzgarishi haqida oʻylamaydi. Oʻzbekiston noyob namuna sifatida avvalo oʻzini oʻzgartirdi, kamchiliklarini tahlil qildi va ularni bartaraf etib, oʻzgarib, bugun dunyoga hamkorlik taklif qilyapti. Bu tajribadan barcha davlatlar oʻrnak olsa arziydi.

Mutaraqqiy mamlakatlarda boʻladimi, en-di rivojlanayotgan mamlakatda boʻladimi, iqtisodiyotlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilmas ekan, xalqaro tinchlikka kafolat boʻlmayapti. Biz ana shunday kunlarda yashayapmiz. Qisqa muddatda yopiq mamlakatdan ochiq davlatga aylangan Oʻzbekiston ham bugun ana shu hamkorlikka va dunyodagi tinchlik jarayonlari mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshyapti. Buning isbotini jiddiy va global masalalar muhokama qilinayotgan Toshkent forumida bildirilgan fikr-mulohazalardan ham koʻrish mumkin. 

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, asosiy maqsadimiz Oʻzbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir.