Ta’kidlash lozim, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini kafolatlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga davlat boshqaruvi ishlarini, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashi belgilab qo‘yildi. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish Strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu sa’y-harakatlar, qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar o‘zbek ayolining ham oila, ham jamiyatdagi nufuzini yuksaltirishga xizmat qilayotir.
Barcha sohalarda ayollar ishtiroki sezilarli ravishda kengayishi natijasida so‘nggi yetti yilda ayollarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko‘tarildi. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senat a’zolarining 25 foizi ayollardan iborat.
Ishbilarmon ayollar safi ham ikki barobar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar soni 205 mingdan oshdi. Yuz minglab ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Salkam yarim million nafari ish bilan ta’minlandi. Hozirgi kunda oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarning yarmidan ziyodini qizlar tashkil etmoqda.
Albatta, mamlakatimizda bu borada olib borayotgan tizimli chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham munosib e’tirof etilmoqda. Jahon banki indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi. Ochiq gender ma’lumotlar indeksida esa eng yaxshi 20 ta davlat qatoridan joy oldi.
13-14 may kunlari Samarqand shahri mezbonligida o‘tkazilgan Osiyo xalqaro xotin-qizlar forumi esa Prezidentimiz tashabbusining amaldagi ro‘yobi bo‘lib, mintaqa mamlakatlari yetakchi ayollarining bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvi hamda iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirishda o‘zaro tajriba almashish, muhim mavzularda fikrlashish imkoniyatini taqdim etgani bilan nihoyatda ahamiyatli bo‘ldi.
Davlatimiz rahbarining Osiyo xotin-qizlar forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida qayd etilganidek, yurtimizda ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi faolligini yanada oshirish, o‘zaro tajriba almashish va do‘stona hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.
Forumda so‘zga chiqqan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, “BMT-ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus xonim avvalo, mamlakatingizda xotinqizlarning huquq va imkoniyatlarini targ‘ib qilishga sodiqligi, ushbu forumni o‘tkazish tashabbusi uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Bu xalqaro forum ayni vaqtida tashkil etilgani bilan ahamiyatli ekani, tadbirni o‘tkazish uchun Samarqand shahri bejiz tanlanmagani, tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan bu go‘zal va maftunkor zamin, xuddi tarixda bo‘lganidek, bugungi kunda ham barchani birdamlik va do‘stlikka undayotganini ta’kidladi.
Ikki kunlik forumda xotin-qizlarning fan, ta’lim va innovasion faoliyatdagi ishtiroki hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishi, hozirgi global iqtisodiyotda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish orqali kambag‘allikni kamaytirish, tadbirkorlik, yetakchilik va innovatsiyalarga jalb etish masalalarini muhokama qilindi.
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin-qizlarning ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi. Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, biznes va jamiyatda ularning ishtirokini rag‘batlantirishda parlamentlarning o‘rni, genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish, moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishda gender tafovutni bartaraf etish, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Yashil” iqtisodiyotni targ‘ib qilish, iqlim o‘zgarishining mintaqadagi gender muammolarga ta’siri masalasida hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ilg‘or tajribasi va innovasion yondashuvlari ham ko‘rib chiqildi.
E’tiborlisi, olima va siyosatshunos ayollar tomonidan xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash, bu boradagi to‘siqlarga barham berishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Ishonchim komilki, Samarqand forumida bildirilayotgan fikr-mulohazar va tavsiyalar qit’amiz xotin-qizlari uchun har tomonlama foydali va manfaatli bo‘ladi. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish nafaqat tinchlik, balki o‘sha davlatning iqtisodiy o‘sishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng asosiysi, oilada ayol kishining iqtisodiy daromadga ega bo‘lishi bolalarning ta’limi va salomatligiga ham ko‘proq nazoratni olib keladi.