Nihoyat, energetika tizimida monopoliyaga barham beriladigan bo‘ldi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolarining fikricha, endi shu paytgacha oshig‘i olchi bo‘lgan “O‘zbekenergo”ga bir emas, bir necha raqobatchilar paydo bo‘ladi va sohada sog‘lom raqobat yuzaga keladi.
Eng asosiysi, iste’molchida tanlash imkoniyati paydo bo‘lib, kim arzon, sifatli elektr energiya yetkazib bersa, o‘sha kompaniyaning bozoriga baraka kiradi. Bu narxlar oshirilishiga barham beriladi va iste’molchi huquqlari ustuvor bo‘ladi deganidir.
Ya’ni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kuni kecha bo‘lib o‘tgan yalpi yig‘ilishida qabul qilingan va Senatga yuborishga qaror qilingan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi iste’molchiga tanlash huquqini beryapti.
Qonun tashabbuskorlarining ta’kidlashlaricha, aslida elektr energetika tizimidagi islohotlar 2019 yilda boshlangan. “Qayta tiklanuvchi energiya man’balari to‘g‘risida”, “Davlat xususiy sheriklik to‘g‘risida”, “Investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi hamda Energetika vazirligining tashkil etilishi asosida sohaga xususiy ishlab chiqaruvchilar kirib keldi. Birlashgan Arab Amirligining “Masdar”, Xitoyning “China Energy” hamda Yevropaning bir necha kompaniyalari shular jumlasidandir.
Biroq o‘rganishlar olib borilganda 2009 yilda qabul qilingan qonun sohada islohotlarni davom ettirish imkoniyatini bermayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu boisdan ham deputatlar ushbu qonun loyihasini ishlab chiqdilar.
Energetika sohasini isloh qilish yo‘lidagi eng muhim qadam sifatida baholanayotgan mazkur qonun loyihasi bilan energetika xavfsizligini mustahkamlash, sohada investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, sohaga xususiy sektorni jalb etish orqali esa shaffof va raqobatbardosh elektr energiyasi bozorini rivojlantirish hamda eng asosiysi, ta’minot barqarorligini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, qonunda energetika bozori ishtirokchilarining maqomi, huquqlari, majburiyat va javobgarligi qat’iy nazarda tutilyapti.
Masalan, har bir elektr stansiyasi uchun alohida lisenziya olinib, u o‘zi ishlab chiqargan elektr energiyasini bozor ishtirokchilariga sotish huquqiga ega bo‘ladi. Ya’ni endi har qanday yuridik va jismoniy shaxs elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi.
Bundan tashqari, qonunda elektr energiyasi bozorini tashkil etishga oid qoidalar aniq-tiniq belgilab qo‘yilyapti. Jumladan, bozor va uning ishtirokchilari faoliyati, narxlash mexanizmlari, tariflarni qo‘llash va elektr energiyasi bozoridagi o‘zgarishlar dinamikasini o‘z ichiga olgan yillik hisobot Energetika bozori regulyatori tomonidan e’lon qilib boriladi.
Eng asosiysi, qonunda ijtimoiy himoyaga muhtoj iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid normalar aks ettirilmoqda. Bunday iste’molchilar uchun qulay to‘lov shartlarini joriy qilish, oldindan to‘lov hisoblagichlarini o‘rnatish, ta’minotni vaqtincha to‘xtatib turishdan ozod qilish va boshqa ko‘rsatiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy yoki moddiy yordam ko‘rsatish kabi choralar belgilanishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi sanoatni rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi farovonligini yuksaltirish, eng muhimi, ishonchli, xavfsiz hamda barqaror elektr ta’minoti tizimini yaratishga xizmat qiladi.
Partiya fraksiyasining bir kun oldin bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ham ushbu qonun loyihasi deputatlarimiz tomonidan qizg‘in muhokama qilingan edi.
Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasiga munosabat bildirib, haqiqatan ham O‘zbekiston qonunchiligi bugungacha elektr energiya sohasiga xususiy sektorni jalb etib, raqobat muhitini yaratish imkonini bermaganini ta’kidladi.
– Endi ushbu qonun bilan sohada ochiq va erkin bozor munosabatlari shakllanadi. Shuningdek, qonundan so‘nggi yillarda xalqimiz noroziligiga sabab bo‘layotgan moddalar chiqarib tashlanyapti va zamonaviy normalar kiritilmoqda, – dedi Alisher Qodirov.
Yalpi majlisda “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi yangi norma o‘z aksini topgan. Shu bilan birga, yangi konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari ajratilayotganligi amaldagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlar chiqilgan ushbu qonun loyihasi bilan 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi va boshqa qonun hujjatlariga Konstitutsiya talablari hamda huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqib, bir qator qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Jumladan, mahalliy kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, xalq deputatlari Kengashi raisi o‘z vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi, kengashlar yig‘ilishlarida hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganida nomzod mahalliy Kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi belgilanyapti. Shuningdek, mahalliy Kengash va hokim qabul qiladigan hujjatlar Yagona elektron tizimda (e-qaror.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tizimga joylashtirilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlarning haqiqiy emas deb hisoblanishi nazarda tutilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish, mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, hokimlarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish, joylarda esa hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish va hududiy boshqaruvni «aholi manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Qonun loyihasidagi hokim va mahalliy Kengash raisi vazifalarining ajratilishi bilan bog‘liq qoidalar viloyatlar va Toshkent shahrida
2024 yilgi saylovlar yakuni bo‘yicha, tuman va shaharlarda esa, 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
Majlisda “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti to‘g‘risidagi 155-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981 yil 22 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ham birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
75 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan mazkur Konvensiya iqtisodiy faoliyat sohalarini o‘z ichiga olib, davlat xizmatida va yollanib ishlovchilarga, shuningdek, bevosita yoki bilvosita ish beruvchining nazorati ostida bo‘lgan ishchi va xodimlarga tatbiq etiladi.
Konvensiyada mehnat faoliyati jaryoni va ishlab chiqarish muhitida mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Jumladan, ish joyi yoki ish vaqtida ishchi-xizmatchilar sog‘lig‘iga zarar yetishi bilan bog‘liq turli baxtsiz hodisalar yoxud xavflarning oldini olishga qaratilgan talablarni yanada kuchaytirish belgilangan. Shu bilan birga mazkur hujjatda mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash, ishlab chiqarish muhitini yaxshilash bo‘yicha milliy darajadagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish masalalari aks ettirilgan.
Deputatlarning fikricha, mazkur Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Milliy mehnat qonunchiligiga ishlab chiqarish jarayonidagi turli baxtsiz hodisalar, kasb kasalliklari, ish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan xalqaro standartlarni samarali joriy etish imkonini ham beradi.
Shuningdek, O‘zbekistonni istiqbolda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib, preferensiyalarning umumiy tizimi doirasida Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro samarali hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.