Shubhasiz, oila har qanday jamiyatning asosi. Ayniqsa, o‘zbek xalqi uchun oila muqaddas qadriyatga aylangan. Chunki oila mustahkam va tinch bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta va farovon bo‘ladi. Barkamol avlodni shakllantirish, hayotga tayyorlash, ezgulikka yo‘naltirish ham oilaning muqaddas vazifasi hisoblanadi. Shu bois, keyingi yillarda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va albatta, gender tenglikka erishish ustuvor masalaga aylangan.
Biroq ana shunday o‘zgarishlarga qaramay, oilalarda maishiy zo‘ravonliklar soni oshib boryapti: 2023 yili 14620 nafar shaxs zo‘ravon sifatida ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, joriy yilning 6 oyida bu ko‘rsatkich 16594 tani tashkil qildi. O‘tgan yili esa jinoyatlar soni 809 taga yetdi. Shundan 439 tasi, ya’ni 54 foizi tomonlarning o‘zaro yarashgani munosabati bilan tugatilgan.
Ammo bunday jinoyatlarning qariyb yarmidan ko‘pi surishtiruv va dastlabki tergov davomida yarashtirilsa-da, ayrim shaxslar tegishli xulosa chiqarmasdan, o‘z qilmishlarini yana davom ettirmoqdalar.
Eng yomoni, so‘nggi yillarda oilaviy zo‘ravonlikka nafaqat kattalar, balki bolalar ham duchor bo‘layotir. Ya’ni, mavjud huquqiy mexanizmlar bolalarning jabrlanishi oldini olish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ojizlik qilyapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, keyingi uch yilda 2072 nafar shaxs sudlar tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan. Bunday zo‘ravonlik oqibatida bolalarga nisbatan 2021-2023 yillarda 737 holatda turli darajada tan jarohati yetkazilgan bo‘lsa, joriy yilning besh oyida bu ko‘rsatkich 105 tani tashkil qildi.
To‘g‘ri, amaldagi normada er-xotin yoki oilada birga yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Ammo bu harakatlarni bolaga nisbatan sodir etganda javobgarlik nazarda tutilmagan. Bu esa bolalarga nisbatan sodir etilgan qilmishlarning mantiqan noto‘g‘ri malakalanishiga sabab bo‘lyapti.
“Oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi aynan ushbu masalalarga yechim sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, loyiha partiya fraksiya yig‘ilishida qizg‘in muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 592-moddasi va Jinoyat kodeksining 1261-moddasini bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirish hamda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilinmoqda. Ya’ni, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bo‘yicha jinoyat ishlari yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza faqat ishni sudda ko‘rish jarayonida, sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonaga kirishidan oldin berilishi belgilanmoqda.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilishiga, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulqiga ko‘rsatiladigan ijobiy ta’sirning kuchi yanada ortishiga, bolalar va xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashini oldini olish choralari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni, xotin-qizlar huquqlariga oid xalqaro indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga ham yordam beradi.
Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasi o‘ta dolzarbligini, amaldagi normalar esa oilaviy zo‘ravonliklarni hal qilishga ojizlik qilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, bundan begunoh bolalar aziyat chekayotganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.
To‘g‘ri, tahqirlangan ayrim ayollarimiz yana oilasiga qaytishga majbur bo‘lmoqda. Ular orasida yaxshi yashab ketayotganlari ham ko‘p. Lekin muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan bolalar taqdiri nima bo‘ladi? Axir oilada tahqirlangan bola o‘zini himoya qilolmaydi-ku, ariza bilan tegishli idoraga murojaat qilishga ham ojiz. Qachonki yaralanib, qandaydir voqea yuz berganidan keyingina bundan xabardor bo‘lyapmiz. Ungacha bolalarning bo‘lari bo‘ladi-ku.
Eng yomoni, ayrim oilalarning qiyin sharoitga tushib qolishida bolalar balogordon qilinyapti. Oilasida kichikligidan muntazam tahqirlangan bola ertaga jinoyat ko‘chasiga kirmasligiga kim kafolat beradi. Bugun qotillik va vahshiyliklarni sodir etayotgan 17-18 yoshli bolalar ana shunday oilalarda tarbiya topganlar emasmi?
Alisher Qodirov ushbu fikrlarni qayd etarkan, ana shunday notinch oilalardan bolalarni ma’lum muddatga davlat qaramog‘iga olib qo‘yishni taklif etdi.
Deputatlar muammoning o‘ta dolzarb ekanidan kelib chiqib, qonun loyihasini birinchi o‘qishda bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar.
Bo‘stonliqda bir tabib bemorlarni og‘ziga tupurib davolayotgan emish. Farg‘onada esa boshqa bir tabib odamlarni “jinlar bilan gaplashtirib” davolashni boshlabdi. Yana bir manbada Navoiyda bepusht ayollar suyuqlik ichib dardiga shifo topayotgani xabar qilinyapti. Andijonda ham noyob qobiliyatini bir tabib bemorlarga xandon pista orqali shifo ulashayotgan emish...
Tan olaylik: keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarni quturtirayotgan bunday xabarlardan ajablanmay ham qo‘ydik. Bugun o‘zini tabib deb e’lon qilib, har qanday dardni davolashini iddao qilayotgan “tabib”lar shunchalar ko‘payib ketdiki, ma’lum bir vaqt o‘tib ularning firibgarligi ham oshkor bo‘lib qolyapiti.
Ma’luki, zamonaviy tibbiyot ilmiy asoslangan va klinik amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan natijalarga, xalq tabobati esa uzoq yillik kuzatuv, sinov va tajribalarga tayanadi. Ammo soxta tabiblarning kechagi kunini surishtirsangiz biri cho‘pon, bir to‘ylarda otachi, yana birlari traktorchilik qilgani ma’lum bo‘ladi.
Yig‘ilishda ayrim fuqarolarimizning soddaligi, tibbiy bilimi yetarli darajada bo‘lmaganidan foydalanib, ularni chuv tushirayotgan soxta tabiblar payini qirqishga qaratilgan qonun loyihasi ham birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Ma’lumki, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, amaliyotda faqat qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘llanishga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qo‘yish va davolash usullari, tibbiyot texnologiyalar va dori vositalaridan foydalaniladi. Lekin yuqorida ta’kidlaganimizdek, ayrim shaxslar boylik orttirish maqsadida ruxsat etilmagan usullarni, shu jumladan xalq tabobatiga aloqador bo‘lmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash bilan shug‘ullanyapti. bu yo‘lda hatto insonlarning sog‘lig‘i va hayotiga xavf tug‘dirishyapti.
Afsuski, qonunchilikda bunday holatlarga javobgarlik belgilanmagani sabab soxta tabiblar soni ko‘payib boryapti. Ushbu qonun loyihasi bilan esa endi ruxsat etilmagan usullarni, shu jumladan, xalq tabobatiga aloqador bo‘lmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash, xizmatlarini targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori 30 baravarigacha oshadi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, bunday shaxslar o‘z xizmatlarini Internet, ijtimoiy tarmoqlar yoki ayrim OAV orqali hech qanday cheklovlarsiz reklama qilishyapti. Vaholanki, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq belgilangan tartibda tekshiruv sinovlaridan o‘tmagan profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash usullari va dori vositalarini targ‘ib qilish, bunda OAVdan foydalanish taqiqlangan.
Shu munosabat bilan tashabbuskorlari 2022 yil 7 iyunda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ham tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilishyapti. Ya’ni, qonun xalq tabobatiga aloqador bo‘lmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilishni taqiqlovchi norma bilan to‘ldirilmoqda.
Fraksiya rahbari Alisher Qodirov qonun loyihasiga munosabat bildirib, ushbu masala kun tartibida eng muhim masala sifatida bejiz belgilanmaganini, chunki xalq tabobatini qo‘llab-quvvatlash partiyamizning Saylovoldi dasturidagi eng muhim masala hisoblanishini ta’kidladi.
– Sog‘liqni saqlash vazirligi hujjatlarida xalq tabobati yo‘li bilan davolash usullari belgilab qo‘yilgan va ular haqiqatan ham foyda keltiryapti. Lekin og‘ziga tupurib davolash, jinlar bilan gaplashish kabi holatlar xalqimizning ming yillik boyligi hisoblangan xalq tabobati sha’niga dog‘ tushirishdan boshqa narsa emas, – dedi Alisher Qodirov.
Muhokamalar chog‘ida deputat Sherzod To‘xtashev tabiblarning noqonuniy davolash usullaridan foydalanganini aniqlash bilan qaysi idora shug‘ullanishi to‘g‘risidagi masalani ham ko‘tardi. Chunki shifokorlarning bemorni noto‘g‘ri davolab qo‘yganini aniqlash bo‘yicha sud tibbiy ekspertiza markazi xulosasi olinadi. Xo‘sh, tabiblarning noqonuniy harakati qanday aniqlanadi, ularga kim xulosa beradi?
Qonun tashabbuskorlarining fikricha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchi alohida vakolatli bo‘lim bo‘lib, usul to‘g‘ri qo‘llangan-qo‘llanilmagani bo‘yicha aynan shu idoraning xulosasi olinishi kerak.