Senatning ellik birinchi yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2023 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, Ombudsman 2023 yilda yangi konstitutsiyaviy qoidalar asosida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish, sohaga oid milliy qonunchilikni hamda milliy preventiv mexanizmni takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda bir qator ishlarni amalga oshirgan.
Xususan, takroriy murojaatlarning oldini olish choralari ko‘rilishi tufayli ijobiy natijalarga, jumladan, fuqarolarning Ombudsmanga qilgan murojaatlari asosida ularning manfaatlariga qariyb 2 mlrd so‘mlik mablag‘larning undirilishiga erishilgan.
Muhokamalar jarayonida inson huquqlari va erkinliklari sohasida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha ta’sir choralari ko‘rilganligi, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot ishlari soni oshganligi qayd etilib, ayniqsa OAV va Internet jahon axborot tarmog‘ida e’lon qilingan qiynoq holatlari bilan bog‘liq xabarlarning o‘rganilishi va ularga tezkor munosabat bildirilishi ijobiy baholandi.
Shu bilan birga, senatorlar tomonidan Ombudsman faoliyati yuzasidan ayrim takliflar bildirildi.
Xususan, Qonunda belgilangan ta’sir choralaridan yanada samarali foydalanish, murojaatlarni eng ko‘p kelib tushgan hududlar kesimida o‘rganish, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda yaratilgan shart-sharoitlarni va u yerda saqlanayotgan shaxslarning muammolarini o‘rganish maqsadida monitoring tashriflari samaradorligini oshirish, mintaqaviy vakillarning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Manba