Yangi, O‘zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash eng ustuvor masala hisoblanadi. Ekspertlarning fikricha, keyingi yillarda mamlakatimiz nafaqat milliy, balki qo‘shni davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda ham lokomotiv vazifasini o‘tay boshladi. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgani ham mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida strategik ahamiyatga ega mintaqaviy loyihalar, jumladan, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li va «Qambarota GES-1» qurilishini tez fursatda amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat rahbarlari yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ham ishtirok etib, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berdilar. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini Qirg‘izistonga yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Chuy viloyatida esa zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilib, «Kobalt,» «Oniks» va «Treker» rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yig‘ila boshlandi.
– Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan 16 ta hujjat imzolangani tashrif kutilganidan ham samarali bo‘lganini ko‘rsatadi, – dedi Alisher Qodirov.
Shundan keyin Fraksiya a’zolari o‘zlari tashabbus qilgan hujjat – «Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qilib, bir ovozdan ma’qulladilar.
Deputat Zumrad Bekatovaning ta’kidlashicha, ushbu qonun bilan aholiga psixologik yordam ko‘rsatish tartibi, vazifa va turlari, shakl hamda standartlari belgilanib, psixologik yordam ko‘rsatish sohasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalari aniqlashtirilyapti. Ushbu qonun bilan sohadagi professional uyushmalar faoliyatining huquqiy asoslari ham yaratilmoqda. Shuningdek, psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan psixologik yordam ko‘rsatganlik yoki psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilyapti.
Ta’lim tashkilotlari faoliyati tahlil qilinganda ularda asosan psixolog yoki qayta tayyorlov kursini tugatganlar ishlayotgani aniqlandi. Shundan kelib chiqib, ushbu qonun bilan ta’lim tashkilotlarida psixologiya bo‘yicha faqat oliy ma’lumotli, ya’ni bazaviy bilimga ega kadrlar ishlashi belgilab qo‘yilyapti. Biroq kadrlar yetishmasligi e’tiborga olinib, bu amaliyotni 2026 yil 1 sentyabrdan kuchga kiritish taklif qilindi. Chunki bugun 10400 dan ziyod talaba aynan pedagogika-psixologiya yo‘nalishida tahsil olyapti.
Shuni qayd etish joizki, ushbu qonunning qabul qilinishi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslarini yaratish, fuqarolarning malakali psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, xususiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi psixologlarning esa qonuniy faoliyat olib borishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Deputat Abdumalik Akramov qonun loyihasiga munosabatini bildirar ekan, «davlat ta’lim muassasalarida psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan va kursni tugatganligi to‘g‘risida tegishli hujjat olganidan keyin shug‘ulanishi mumkin» degan normaga e’tiroz bildirdi.
- Deylik uch-olti oylik qayta tayyorlov kursini tugatgan injenerning endi inson ruhiyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat berishimiz qanchalik to‘g‘ri? - dedi deputat.
- Axir u psixologiyaning mazmun-mohiyatini to‘liq bilmaydi-ku. Bunday harakat ertaga jamiyat uchun og‘ir oqibatlarga olib kelmasligiga kim kafolat beradi?
Qonun tashabbuskorlarining fikricha, bu norma har qanday kasb egasi qayta tayyorlovda o‘qishi mumkin degan tushunchani bermaydi, bu yerda psixologiyaga mos va turdosh bo‘lgan kasb egalari nazarda tutilgan. Lekin ular ta’lim tashkilotlarida ishlash huquqiga ega emaslar. Faqat aholiga trening va maslahat berish bilan shug‘ullanishlari mumkin, xolos.
Partiya fraksiyasi tomonidan qonunchilikni takomillashtirish hamda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan yana bir hujjat – «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham birinchi va ikkinchi o‘qishda ma’qullandi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda aholining turli qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida nosog‘lom ma’rifiy ishlar olib borilib, bunday tadbirlarda aholi va yoshlar ongiga begona bo‘lgan qarashlar, yot g‘oya va hissiyotlar singdirilmoqda.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan go‘yoki ma’rifiy deb baholanadigan yig‘inlar, uchrashuvlar, o‘quv va suhbatlar maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lmagan hamda asosiy maqsadi faqat pul topishga qaratilgan soxta trenerlar, lektorlar tomonidan amalga oshirilyapti. Hatto bunday tadbirlarda diniy qarashlar, ko‘pxotinlik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik va huquqbuzarliklar targ‘ib qilinib, tinglovchilar ongini manipulyasiya qilish holatlari ortyapti.
Ming afsuski, bunday faoliyatni quruq tavsiyalar, og‘zaki ogohlantirishlar bilan to‘xtatish yoki tartibga solishning imkoni bo‘lmayapti. Chunki amaldagi qonunchilikda ma’ruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, leksiya, marafon va davra suhbatlarini o‘tkazish huquqiy jihatdan tartibga solinmagan. Noqonuniy ma’rifiy faoliyatning odamlar ongi va madaniyatiga salbiy ta’siri kuchli bo‘lishiga qaramay, qonunchilikda bunday faoliyat bilan shug‘ullangan shaxslarga nisbatan javobgarlik ham belgilanmagan.
Ushbu qonun loyihasi aynan shu maqsadda ishlab chiqilgan bo‘lib, endi «Tez boyib ketish» va «Oson pul topish yo‘llarini o‘rgataman», «Muvaffaqiyatli biznes sirlari» kabi e’lonlar bilan turli vebinar, seminar-treninglar o‘tayotgan shaxslar faoliyati tartibga solinadi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda esa ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Ma’rifiy faoliyat insonni shaxsiy, intellektual va ma’naviy rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko‘nikma va malakani shakllantirishga qaratilgan hamda davlat ta’lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanishi belgilanmoqda.
O‘z o‘rnida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda ma’rifiy faoliyat tushunchasi ochib berilayotganini aytish joiz. Bu sohada faoliyatni amalga oshirish talablari ham ko‘rsatilmoqda. Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek, bunday faoliyatni olib borish taqiqlangan shaxslar toifasi ham aniq-tiniq belgilab qo‘yilmoqda.
Ushbu qonun loyhasining qabul qilinishi bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish sohasidagi huquqiy bo‘shliq to‘ldiriladi. Bu boradagi tartibsizliklarga barham beriladi. Noqonuniy ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullayotgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish imkoniyati yaratiladi.
Ammo ayrimlar ta’kidlayotganidek, qonun loyihasi bilan bunday faoliyat butunlay taqiqlanayotgani yo‘q. Faqat tartibga solinyapti, xolos.
Deputatlarning qayd etishlaricha, haqiqatdan ham so‘nggi yillarda to‘rt-besh nafar odamni yig‘ib olib, ularga o‘z dunyoqarashini singdirish urfga kirdi. Agar bunday harakatlar huquqiy jihatdan tartibga solinmasa, ertaga u jamoatchilik xavfiga aylanishi mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi yig‘ilishida ham ushbu qonun loyihalari muhokama qilinib, uchinchi o‘qishda ma’qullandi va Senatga yuborish haqida qaror qabul qilindi.