Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi tabiiy ofatlarning yangi turlarini keltirib chiqarish bilan birga kuchli ichki migratsiyaga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ya’ni, 2050 yilgacha dunyoning oltita mintaqasidan 216 million kishining boshqa hududlarga ko‘chish xavfi paydo bo‘lyapti. Bu mintaqalar orasida Markaziy Osiyo hamda unda yashayotgan 50 milliondan ortiq aholining borligi ushbu muammoning naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi.
Haqiqatdan ham mintaqamizda iqlim, atrof-muhit, suv, yer resurslari va boshqa ekologik masalalar allaqachon boshqarish qiyin bo‘lgan muammoga aylandi. Markaziy Osiyo markazida joylashgan O‘zbekistonda ham ekologiya davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani shundan. Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda so‘nggi yillarda iqlim bilan bog‘liq muammolarga yechim sifatida ko‘kalamzorlashtirishga katta e’tibor qaratilyapti.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29 mart kuni “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
– Avvalo odamlarga daraxt ekish nima uchun zarurligini, bu borada hisobot uchun, xo‘jako‘rsin uchun qilingan ishlar aslida o‘zimizni o‘zimiz aldash ekanini tushuntirishimiz zarur, – dedi partiya yetakchisi – Fraksiya rahbari Alisher Qodirov.
Ma’lumki, joriy yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish mo‘ljallangan. Biroq videoselektor yig‘ilishida aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylarning haligacha belgilanmagani, sug‘orish va ko‘chatga pul ajratilmagani qayd etildi. Shu bois, 28 nafar mansabdorga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi.
Deputatlar bunga daraxt ekishni ommalashtirish bo‘yicha tashabbus va targ‘ibot ishlarining sustligi sabab bo‘layotganini, bu borada nodavlat tashkilotlar ham birdek harakat qilishlari lozimligini ta’kidladilar.
Shundan so‘ng “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi samarali tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ma’lumki, ma’muriy islohotlarga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligi negizida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etilib, uning tarkibiga Maktabgacha ta’lim vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi kiritildi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi negizida esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilib, uning tarkibiga Innovasion rivojlanish agentligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi kiritildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tugatilib, ularning vazifa va funksiyalari tegishlicha ikki vazirlikka o‘tkazildi.
Ushbu o‘zgarishlardan kelib chiqib, muhokamaga kiritilgan qonun loyihasi bilan 3 ta kodeks va 23 ta qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Loyihada ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi mazkur kengashni tuzgan, ilmiy tashkilot va ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan olimlardan iborat bo‘lishi shartligi bekor qilinyapti. Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari vakolati yanada kengaytirilmoqda. Shu bilan birga “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunlarga davlat ta’lim standartining nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tomonidan majburiy bajarilishi belgilanyapti.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda AQSH, Germaniya, Fransiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Yaponiya va Buyuk Britaniya kabi rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganildi. Jumladan, Koreya ta’lim tashkilotlari Koreyaning Oliy ta’lim kengashi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Singapurda esa davlat akkreditatsiyasi Singapur Ta’lim vazirligi huzuridagi Akkreditatsiya agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Fransiyada ta’lim sohasidagi vakolatli organ Milliy ta’lim vazirligi hisoblanib, ushbu tashkilot nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, ular va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda muassasalar faoliyatini qonuniyligini nazorat qiladi. Nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qitish esa Ta’lim kodeksi bilan tartibga solinadi.
Deputatlar ikkinchi o‘qishda partiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, qonun loyihasini konseptual jihatdan ma’qulladilar.
Ma’lumotlarga qaraganda, bugun mamlakatimizda 45 602 ta ta’lim muassasasi bo‘lib, ularning 231 tasi oliy ta’lim, 715 tasi professional ta’lim, 93 tasi akademik lisey, 10 621 tasi maktab va 33 942 tasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi. Ularda 600 199 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Fraksiya yig‘ilishida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasida BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida qo‘llanilgan ayrim tushuncha, atamalar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning fuqarolik va siyosiy huquqlari milliy qonunchiligimizda aks ettirilmoqda.
Ta’kidlanganidek, bugun mamlakat bo‘yicha 942 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olingan. Bu jami aholining 2,6 foizini tashkil qiladi. Biroq bunday shaxslarning erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun ko‘plab infratuzilma ob’yektlarida yetarlicha sharoitlar yaratilmagan. Misol uchun, birgina Toshkent shahrida 167 ta yo‘nalishda qatnayotgan 1891 ta avtobusning 375 tasi, bino va ijtimoiy ob’yektlarning 85 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilmagan.
Fraksiya a’zosi Farhod Ashmatov loyihada nogironligi bo‘lgan shaxslarga odil sudlovdan foydalanish huquqi berilishi bilan bog‘liq normaga ham e’tiroz bildirib, amaldagi qonunchilikda bu borada hech qanday muammo yo‘qligini ta’kidlagan bo‘lsa, Jahongir Jabborov kiritilayotgan ayrim o‘zgarishlar xalqaro konvensiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirilganini ta’kidladi.
– Milliy qonunchiligimiz xalqaro konvensiyaga moslashtirilayotgani yaxshi, lekin uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib bo‘lmaydi. Ertaga sudlarda muammolar tug‘ilmasligi uchun mohiyatini to‘la ochib berish kerak, – dedi Jahongir Jabborov.
Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlarning e’tiroz va takliflari asosida ikkinchi o‘qishda yanada takomillashtirish sharti bilan ma’qullandi.
“Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, ushbu qonun loyihasi bilan davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzgan, undan samarali foydalanish choralarini ko‘rmagan, ijaraga olgan sub’yektlar huquqlarini buzgan mansabdorlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanyapti. Jumladan, belgilangan tartibni buzgan mansabdor BHMning 10 baravarigacha, bir yil davomida takror sodir etsa 15 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.