“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida dastlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 20 iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining mazmun-mohiyati muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, bugun mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim bosqichida oliy ta’lim tizimi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Biroq jamiyatimizda oliy ta’lim bilan bog‘liq noto‘g‘ri qarashlar, fikrlar hamon davom etyapti va bu iqtisodiy taraqqiyotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.
Yig‘ilishda yurtimizda birgina texnika yo‘nalishidagi 36 ta davlat oliygohini yiliga 67 ming bola bitirib chiqayotgani, ammo ulardagi dastur va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talabiga mos emasligi tanqid qilindi. Oqibatda muhandislarning 60 foizi o‘zi o‘qigan yo‘nalishda ishlamayapti.
Oliy ta’lim muassasalari fundamental tadqiqotlar o‘tkazish bilan cheklangan, iqtisodiyot uchun amaliy ishlanmalar esa juda kam. Yuqori malakali muhandislar hali yetarli emas. Oliy o‘quv yurtlari bilan sanoat o‘rtasida uzilish bor. Garchi oxirgi yetti yilda oliy ta’lim qamrovi 5 barobarga oshgan bo‘lsa-da, yoshlarning muhandislik-texnikaga qiziqishlari pastligicha qolmoqda. Shu bois, muhandislik yo‘nalishida yuzlab startap va innovasion loyihalar “qog‘oz”da qolib ketayapti.
Ta’kidlash lozim, oliy ta’lim faqat diplom uchun o‘qiydigan joy emas. Oliy ma’lumot olgan har qanday yigit-qiz O‘zbekistonni rivojlantirish, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan yangiliklarni yaratish mas’uliyatini zimmasiga olishi kerak.
– Afsuski, bugun nafaqat oliy ta’lim, aksariyat tizimlar ham bu vazifani to‘la bajara olmayapti, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.
Videoselektor yig‘ilishi bo‘yicha boshqa deputatlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shundan keyin deputatlar chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo, milliy, diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, xalqimizning sha’ni, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistonga kiritilmaydi. Agar ular O‘zbekistonda bo‘lsa, deportatsiya qilinadi va unga nisbatan bir qator taqiqlar qo‘llaniladi. Xusasan, bunday fuqarolarning 5 yil muddatga O‘zbekistonda bank hisobvaraqlarini ochishi, ko‘chmas mulkni sotib olishi, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi.
Yig‘ilishda “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham birinchi o‘qishda muhokama qilinib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Qayd etish joiz, ushbu qonun loyihasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari, vazifa va turlari, huquq va majburiyatlari, bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalari belgilanyapti. Shuningdek, aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi professional uyushmalar faoliyatining huquqiy asoslari ham yaratilmoqda.
Fraksiya a’zosi Zumrad Bekatovaning ta’kidlashicha, qonun loyihasi bilan psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik ham belgilanmoqda. Shuningdek, psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi taklif etilyapti.
Qayd etilganidek, taklif etilayotgan qonun loyihasi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy poydevori yaratilishi, fuqarolarning psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mamlakatimizda xususiy amaliyot olib borayotgan psixologlarning qonuniy faoliyat olib borishi ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Fraksiya a’zolari bola huquqlarini yanada mustahkamlash bilan bog‘liq qonun loyihasini ham batafsil muhokama qildilar.
Ta’kidlanganidek, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda fuqarolar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki prfessional ta’lim olganidan keyingina, soddaroq aytganda, maktab va liseyni tugatganidan keyin diniy ta’lim muassalarida o‘qishi mumkinligi belgilangan. Shuningdek, qonunda xususiy tartibda diniy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Shundan kelib chiqib, qonunchilikda javobgarlik belgilangan.
Ammo keyingi paytlarda ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qonunchilikda belgilangan normalarga amal qilmay, o‘z farzandlarini hujra yoki ta’lim berish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga biriktirib qo‘yayotganlari bilan bog‘liq holatlar ko‘paymoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-2024 yillarda noqonuniy diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog‘liq 2943 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan. Ularning 57 foizi hujra sharoitida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilarning 66 foizini voyaga yetmaganlar tashkil qilgan. Natijada dunyoviy bilim va din tarixini bilamagan bunday bolalar ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikka aralashib qolib, vayronkor g‘oyalar qurboniga ham aylanishyapti. Jumladan, 2021-2024 yillarda 151 nafar voyaga yetmagan bola ana shunday jinoyatlar bilan javobgarlikka tortilgan.
Ushbu qonun loyihasi bilan bunday holatlarning oldini olish maqsadida ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolalarni qonunga xilof ravishda diniy ta’limga jalb etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanyapti.
Fraksiya a’zosi Umid Jabborov ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlab, uning juda ham muhim ekanini ta’kidladi.
– Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlardan yerni qaytarib olish bilan muammoni hal qilish mumkin, lekin farzandlarimizning ongi, mafkurasi buzilsa, uni joyiga qo‘yish juda mushkul, – dedi deputat.
Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ham ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlab, qushbu qonun bilan farzandlarimizga diniy ta’lim berish ta’qiqlanmayotganini ta’kidladi. Aksincha, bolalalarimizga dinni noto‘g‘ri o‘rgatayotganlar faoliyati cheklanyapti. Dinni o‘rganish uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit yaratilgan. Masalan, farzandlarimiz diniy idora ruxsati bilan chop etilgan kitoblarni bemalol o‘qishlari mumkin. Yoki bo‘lmasa, ota-onalar yosh farzandlariga bugun Qur’oni karim oyatlarini yod oldiryapti. Kattalarni hurmat qilish, halol va harom nima ekanini ham o‘rgatishyapti. Aslida bu tushunchalar ham din bilan uzviy bog‘liq va bunday harakatlar taqiqlanmagan.
– Davlatning o‘zi maktablarda diniy bilimlarni o‘qitish bilan shug‘ullanishi lozim. Agar bu masalani davlatning o‘zi maktabda nazorat qilmasa, ko‘rib turganimizdek, boshqalar bolalarimizga hujralarda o‘rgatyapti. Shundan kelib chiqib, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi qadriyatlar himoyachisi sifatida yangi Saylovoldi dasturida ota-onalarning tanlovi asosida maktablarda shunday ehtiyojni davlatning o‘zi qondirish masalasini kiritmoqchi. Chunki hech bir din odamlarga yomonlikni ravo ko‘rmaydi, – dedi Alisher Qodirov.
Qizg‘in muhokamalardan so‘ng ushbu qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Yig‘ilishida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlarga nisbatan jazo choralarini yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, yerlarni noqonuniy egallab olishning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash hamda sohada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish zaruriyati yuzaga kelyapti.
Bunday jinoyatlar uchun jazo choralari yengil bo‘lgani bois yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va u yerda noqonuniy qurilishlar qilish holatlari yildan yilga ko‘paymoqda. Joriy yilning o‘zida 14 mingdan ortiq shunday holat aniqlangan. Ayniqsa, sug‘oriladigan yer uchastkalarini egallash holatlari ko‘paymoqda va bu unumdor yerlarning qishloq xo‘jaligi obarotidan chiqib ketishiga sabab bo‘lyapti.
Ushbu qonun loyihasi bunday jinoyatlarga chek qo‘yish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yerdan foydalanishga oid qonunchilikni buzganlarga nisbatan javobgarlikni yanada kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Noqonuniy egallangan yerlarni qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash ishlarini qisqa muddatlarda tashkil etish bo‘yicha yangi normalar belgilanyapti.
Ma’lumki, yaqinda Senat tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” qonun loyihasi qabul qilingan edi. Unda 2018 yil 1 may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlar e’tirof etishi belgilangan. Ya’ni, bu qonun 3,8 milliondan ortiq fuqaroning 493 ming gektarga teng yer uchastkalari taqdirini belgilab berilgan edi. Ammo shunday qaramay, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari davom etmoqda.
Endi 2018 yil 1 may kunidan keyin yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 400 baravari (136 mln. so‘m)gacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish BHMning 600 baravari (204 mln. so‘m)gacha miqdorda jarima yoki 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fraksiya a’zolari ushbu qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullab, shunday jinoyatlarni sodir etishda ishtirok etgan mansabdorlarga nisabatan ham jazo choralarini keskinlashtirish lozimligi ta’kidladilar.
Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda haydaladigan yer AQSHda kishi boshiga 0,60 gektar, Gʻarbiy Yevropada 0,25 gektar, Osiyoda 0,13 gektar, Janubiy Amerikada 0,35 gektar, Afrikada esa 0,22 gektarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa kishi boshiga 0,06 gektardan ekin yeri to‘g‘ri keladi, xolos.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kuni kecha bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ham ushbu qonun loyihalari muhokma qilinib, deputatlar tomonidan birinchi va ikkinchi o‘qishda ma’qullandi.