Bugunga kelib, shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyo siyosati va iqtisodiyoti tizginining bir uchi yetakchi ayollar qo‘lida, deyish mumkin. Global masalalarda, muammoli vaziyatlarda millionlab insonlar taqdirini hal qiluvchi qarorlarni chiqarishda ham «ojiza» siyosatchilar roli yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqning «Siyosatdagi ayollar» jahon reytingida 45 o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatimiz bu borada 130 dan ortiq davlatlar, jumladan, Germaniya, AQSH, Kanada, Avstraliyani ham ortda qoldirgan.
Bilamizki, shonli tariximiz zarvaraqlarida To‘maris va Bibixonim, Gulbadanbegim va Zebunniso, Nodirabegim va Anbar otin kabi zukko va oqila ayollarning muborak nomlari manguga muhrlangan. Mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» tazkirasining «Erkaklar martabasiga yetgan orif ayollar zikri» nomli faslida moziydan to o‘z davrigacha yashab o‘tgan yoki o‘ziga zamondosh bo‘lgan islom olamida mashhur 35 nafar orifa ayollarning ruhiyati, shariati, tariqati, ijodlari xususida lavhalar bitgani bejiz emas. Shu jihatdan, o‘zbek ayolining fitratida oqila momolarimiz qoldirgan ulkan tarbiya maktabi bor.
Ayni paytda butun dunyoda bo‘lganidek, mamlakatimizda ham faol gender siyosati doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeini mustahkamlash bo‘yicha jadal islohotlar olib borilyapti. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley ses¬siya¬sida qayd etganidek: «Biz uchun gender tenglik siyo¬sati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko‘¬pay¬di».
Haqiqatan ham, Oliy Majlisga bo‘¬lib o‘tgan oxirgi saylovlar natijasida birinchi marotaba O‘zbekiston parlamentida ayollar soni bo‘yicha BMT tav¬siya¬¬lari (kamida 30 foiz) to‘liq bajarildi. Qo¬nunchilik palatasiga 32 foiz, ya’ni 48 nafar ayolning deputatlikka saylangani, o‘z nav¬bati¬da, dunyo¬dagi 190 parlament orasida O‘zbekiston parlamentining 37-o‘ringa ko‘tarilishini ta’minlab berdi.
Shuni alohida qayd etish joizki, so‘nggi yetti yilda mamlakatimizda ilk bor «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘¬-risida»gi va «Xotin-qiz¬lar¬ni taz¬yiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. O‘zbekistonda xotin-qizlarning hukumat va ja¬miyat¬dagi rolini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va, albatta, muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar ham shular jumlasidandir.
Prezidentimiz rahbarining tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarning bilim olish imko¬niyat¬lari yanada kengaytirilib, oliy ta’lim muassasalariga 4 foizli davlat grantlari ajratildi. Mazkur tizim asosida 950 nafardan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar o‘qishga qabul qi¬lindi. Ayni paytda talabalarning 48 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani ham diqqatga sazovor. Barcha vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyati tashkil etilgan. Bugun 1400 ga yaqin ayollar respublika va viloyatlar, 43 mingdan ziyodi tuman va shaharlar darajasidagi rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqdalar. Chunki ayol bilimli bo‘lsa, tarbiya qilgan farzandlari zukko, salohiyatli bo‘ladi. Eng muhimi, ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi.
Tan olaylik: bugun zamonning o‘zi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi islohotlarning nafaqat ishtirokchisi, balki tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishni, boshqalarga namuna ko‘rsatishni talab etmoqda. Shu ma’noda, xotin-qizlarimizning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga oqila va yetuk ayollarning ko‘proq saylanishlariga e’tibor qaratilayotgani ijobiy holat, albatta.
Shaxsan o‘zim ham deputat sifatida yuzdan ortiq murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni tegishli tartibda hal etishga erishdim. Yordam so‘rab kelgan, huquqlarini yetarlicha anglolmayotgan xotin-qizlarga yo‘l ko‘rsatdim. Siyosat olamidagi ayol uchun sezgirlik, bilim, yumshoqlik bilan bir qatorda, qat’iyatlilik zarurligini ham angladim. Umuman, jamiyatda ayollarning qadrini ko‘tarsak, dadil odim otishdan qo‘rqmaydigan avlod shakllanadi. Bu esa mamlakatimiz ravnaqiga kuchli turtki berishi, shubhasiz.