– Sizningcha, bo‘lajak saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining qanchasi yana qayta saylanishi mumkin?
Muqimjon Qirg‘izboyev, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zJOKU “Siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, professor.
- Menimcha, Parlament quyi palatasi deputatlarining 20-30 foizi qayta saylanish imkoniga ega. Ya’ni, saylovchi hurmati va ishonchini qozonganlar. Qay bir deputat o‘z saylov okrugidagi aholi bilan aloqalarini uzmagan bo‘lsa, parlamentda faollik ko‘rsatgan bo‘lsa, shubhasiz saylovchi yana unga ishonch bildiradi.
Kamoliddin Rabbimov, xalqaro siyosatshunos:
- Bu yerda bir nechta omil bor. Agar huquqiy demokratik davlatlar yoki parlamentarizmi ancha mustahkam davlatlarni tahlil qilsak, ularda saylovlarning raqobat va kuchli siyosiy kurashga asoslanganini ko‘ramiz. Eng asosiysi, deputat va senatorlarning bir yoki ikki muddatdan keyin siyosiy maydondan chiqib ketish holatlari kamligini ko‘ramiz. Masalan, Amerika prezidenti Baydenni olaylik. U qariyb 40 yildan beri senator. Ya’ni har safar o‘z okrugidan professional siyosatchi va huquqshunos sifatida saylanadi. Albatta, unga qarshi raqiblar ko‘p bo‘lgan. Lekin u har safar kuchli raqobat asosidagi saylovda g‘alaba qozongan. Aytmoqchimanki, haqiqatdan kuchli odamlar parlament yoki senatga saylanaveradi.
Qayd etish joizki, deputatlik bu uzoq muddatli va kuchli professionalizmni talab qiladi. Men xohlardimki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari kuchli raqobat muhitida saylanishsa. To‘g‘ri, bunda gohida bir, gohida ikkinchi partiyaning ulushi ortib, boshqasiniki aksincha, kamayishi mumkin. Lekin, oxir-oqibatda deputatlar 5-6 chaqiriq deputat bo‘lib, qonunchilik sohasida sochi oqarishi, xalq yaxshi taniydigan kuchli siyosatchilarga aylanishlari kerak. Endi savolingizga kelsak, xo‘sh, 150 nafardan yana nechtasi qayta saylanishi mumkin? Balki 20 yoki 30 kishidir, uzog‘i bilan 40 nafardir. Bilamizki, Parlament ya’ni Qonunchilik palatasi 37 millionlik O‘zbekiston aholisining turfa manfaatlarini siyosiy plyuralizm orqali ifoda qiladi. Shuning uchun ham Qonunchilik palatasi nihoyatda kuchli salohiyatga ega bo‘lishi kerak.
– Aytingchi, bo‘lajak saylovlarda qaysi partiyaning imkoniyatlari yuqori deb o‘ylaysiz?
Muqimjon Qirg‘izboyev:
- Hali O‘zbekiston tarixida biron-bir partiya saylovlarda mutlaq g‘olib bo‘lmagan. Gʻolib bo‘lish uchun siyosiy partiya jami saylovchilarning 50+1 foiz ovozini olishi lozim. Bizda saylovchilarning eng ko‘p ovozini olgan partiya g‘olib sanaladi. Bu nazarimda, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yoki UzLiDeP bo‘lishi mumkin.
Kamoliddin Rabbimov:
- Albatta, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi. Bugun mavjud 5 ta partiya o‘rtasida muvozanat mavjud. Bu safar ham ushbu muvozanat keskin o‘zgarmasa kerak. Bu parlament va mahalliy kengashlarga bo‘ladigan saylovlarga hokimiyat ta’siri bilan bog‘liq. Bundan tashqari, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobat ham yuqori emas. Bular sekin-asta o‘zgarishi kerak, albatta. Bilamizki, 2003 yildan beri hokimiyat partiyasi – Liberal demokratik partiyasining saylovlardagi ulushi yuqori, menimcha, bu safar ham mazkur partiya ko‘pchilik o‘rinni egallasa kerak.
– Qonunchilikdagi o‘zgarishlar tufayli endi hokimlarning bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lolmasligi belgilab qo‘yildi. Sizningcha, endi hokimning alohida, kengashning alohida bo‘lishi qanday natija beradi?
Muqimjon Qirg‘izboyev:
–Bu o‘zgarish shubhasiz, mamlakat siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi. Birinchidan, mahalliy hokimiyat darajasida siyosiy hokimiyatning uchga bo‘linish prinsipi amalga oshadi. Ikkinchidan, hokimlarning mahalliy hokimiyat organini mutlaq boshqarishiga barham beriladi. Uchinchidan, uchga bo‘lingan har bir mahalliy hokimiyat organi bir-birini nazorat qilish, bir-biriga nisbatan mas’ul bo‘lish prinsiplarini amalga oshiradi. To‘rtinchidan, har bir mahalliy hokimiyat organi – ijroiya, vakillik va sud hokimiyatlari bir-biridan mustaqil bo‘ladi. Muhimi, hokimiyatlarning uchga bo‘linishi natijasida turli ijtimoiy qatlamlar manfaatini amalga oshirish jarayonida vakillik organlari tomonidan nazorat qilish amaliyoti o‘rnatiladi, mahalliy ijroiya hokimiyat organlarini o‘z vakolatlarini amalga oshirishiga, jamiyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga aralashishlari amaliyotiga chek qo‘yiladi. Eng asosiysi, jamiyat institutlarining mustaqil faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu holat inson huquq va erkinliklari, iqtisodiy erkinlik kabi demokratik qadriyatlarni ta’minlashga shart-sharoitlar yaratib, iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy rivojlanish uchun impulslar beradi. Jamiyat esa farovonlasha boshlaydi.
Kamoliddin Rabbimov:
- Bu juda yaxshi qadam, lekin yetarli qadam emas. Avvalambor, hokimlarning o‘zi saylanishiga erishish kerak. Ma’lum bir muddatga, aytaylik 10 yilga tuman hokimlari saylansa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ammo bu davrda viloyat hokimlarini tayinlash jarayoni davom etishi kerak. Lekin ularni kuchli tiyib turuvchi mexanizm sifatida xalq deputatlari viloyat kengashi kuchayishi lozim. Ya’ni hokimni faqat Vazirlar Mahkamasi yoki Prezident emas, xalq deputatlari viloyat kengashi ham nazorat qilishi lozim. Bugun esa tumanda ham, viloyatda ham kengash hokim qarorini tasdiqlab beruvchi tashkilot bo‘lib qolmoqda. To‘g‘ri, viloyat hokimi bilan tuman hokimi va Xalq deputatlari kengashi o‘rtasida yuqori saviyadagi siyosiy madaniyat mavjud. Bir tomondan moʻtadil raqobat, bir-birini tiyib turish, bir-birini nazorat qilish ayni paytda hamkorlik madaniyatining mavjudligi yaxshi. Ko‘plab davlatlarda bu tamoyil bor, ya’ni hokimga dolzarb savollar berib, javob talab qiladigan kuchli kengashlar bo‘lmas ekan, mavjud muammolar va ularni olib chiqish Prezident zimmasiga yuklanaveradi. Bilamizki, rivojlanishning muhim shartlaridan biri vazifalarni taqsimlash, ularni muttasil amalga oshirishdir. Busiz korrupsiyaga, monopoliyaga yo‘l ochilib, taraqqiyot sekinlashadi.