Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030" strategiyasining 2023 yilda bajarilishi yuzasidan hukumatning hisobotini eshitdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat dasturida 2023 yil davomida bajarilishi lozim bo‘lgan jami 443 ta topshiriqdan 357 tasi to‘liq bajarildi.
42 tasining ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan tegishli hujjat loyihalari Prezident Administratsiyasida, 4 tasi Oliy Majlis Senatida hamda 7 tasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, 33 tasining ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan.
Fraksiya a’zolari Davlat dasturi ijrosiga partiya dasturiy vazifalaridan kelib chiqqan holda yondashdilar. Qayd etilganidek, Davlat dasturida inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan.
Xususan, maktabgacha ta’lim sohasida belgilangan vazifalar ijrosi natijasida qamrov darajasi 74 foizdan oshdi. Maktabga tayyorlov guruhlariga qamrov esa 93 foizga yetdi. 563 ta maktabda qurilish ishlari yakuniga yetkazilib, 118 ming 600 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratildi. Nodavlat ta’lim tashkilotlari soni esa 449 taga yetkazildi. Maktablarga 500 nafar xorijiy mutaxassislar jalb etildi. Shuningdek, 2023 yil davomida 18 ming 16 o‘rinli talabalar turar joylari qurilib, foydalanishga topshirildi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 milliondan oshirish hamda xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini oshirish maqsadida hududlarda 170 ta joylashtirish vositalari, 410 ta oilaviy mehmon uylari hamda 821 ta turistik korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada 69 ming ish o‘rni yaratildi.
Muhokamalar davomida fraksiya a’zolari qator yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlashtiruvchi savollarni o‘rtaga tashladi hamda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
manba