Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqlaridan birida deputat hamisha xalq dardi bilan yashashi, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun fidoyilik ko‘rsatib, boshqalarga namuna ko‘rsatishi, agar deputatning qalbi, vijdoni uyg‘oq bo‘lsa, vazirlar ham, hukumat ham, parlament ham uyg‘oq bo‘lishini ta’kidlagan edilar. Shu ma’noda, bugun Yangi O‘zbekiston deputatlari oldiga har qachongidan ham katta mas’uliyat yuklatilib, talab kuchaytirilmoqda.
Ana shunday talablar asosida esa fuqarolarning siyosiy tafakkuri ham o‘zgaryapti. Saylovchi nihoyat o‘zi saylagan deputati oldiga muhim masalalar, talablar qo‘yishni, takliflar bildirishni o‘rgandi.
O‘z navbatida xalq vakillari orasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va saylovchilarini o‘ylantirayotgan hayotiy muammolarni hal qilish borasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan deputatlar soni ham ortib boryapti.
Buni deputatlarning saylovchilar oldida ko‘proq ko‘rinib, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirayotganlarida ham ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, endi Bosh Qomusimizga kiritilgan o‘zgartishlar tufayli Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarning 50 foizi majoritar, 50 foizi esa proporsional saylov tizimi asosida saylanadilar. Bu, shubhasiz, siyosiy partiyalar zimmasidagi mas’uliyatini o‘n chandon oshiradi.
Ayni paytda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi a’zolari ham zimmalaridagi mas’uliyatni chuqur anglagan holda faoliyat olib bormoqdalar. Bugun poytaxtda 64 nafar (10 nafar shahar va 54 nafar tuman) deputatimiz bo‘lib, 2023 yilda ular tomonidan shahar kengashi sessiyalariga 18 ta masala olib chiqildi. Doimiy komissiya yig‘ilishlariga 21 ta taklif kiritilib, qariyb 20 bor mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitildi.
Deputatlik nazorati yuzasidan 17 ta, fuqarolar murojaati asosida 112 ta deputatlik so‘rovi chiqarilgan bo‘lsa, ularning deyarli barchasiga ijobiy yechim topildi.
2023 yilda tuman Kengashi deputatlari ham samarali ish olib bordilar. Kengash sessiyalariga 98 ta masala, doimiy komissiya yig‘ilishlariga esa 111 ta taklif kiritildi. 103 nafar mansabdor shaxsning hisoboti eshitilib, deputatlik so‘rovlari soni 430 tadan oshirildi.
Bunday tashabbuskorlik, saylovchi murojaatiga o‘z vaqtida munosabat bildirish borasida Yakkasaroy, Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlari yetakchilik qilgan bo‘lsa, afsuski, Bektemir, Mirobod, Yangihayot tumanlaridagi deputatlar qoniqarsiz ish olib bordilar.
To‘g‘ri, xalq vakillari orasida deputatlik so‘rovisiz ham saylovchilar muammosini joyida hal qilayotganlari oz emas. Lekin deputatlar zimmasiga qonun va qarorlarning joylardagi ijrosi bo‘yicha nazorat o‘rnatish, o‘rganishlar asnosida tegishli idoralarga so‘rovlar chiqarishdek muhim vazifalar yuklatilganini esdan chiqarmaslik lozim.
Shu o‘rinda “Milliy tiklanish”ning ezgu g‘oya va tashabbuslari mohiyatini chuqur anglagan deputatlardan Vasila Fayziyeva, Dilfuza Yusupova, Laziz Hasanov, Feruza Karimova, Sanjarali Imamov, Ra’no Abduqodirova, Jamshid Karimov, Bahrom Sharipov, Jahongir Ziyayev, Nodira Tuykulova, Shaayyub Abdullayevlarni hech qanday mubolag‘asiz boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan deputatlar deb ko‘rsatish mumkin. Ular orasida Yoqutxon Majidova, Abdumannop Abduqayumov, Gulnora Yusufaliyeva, Abdurashid Abdushukurov, Saidmurod Ibragimov, Sodiqjon Alimov, Ravshan Alixo‘jayevlar aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etishda faollik ko‘rsatayotgan bo‘lsalar, Rahimqul Muhammadiyev, Gulbahor Qulmatova, Dilshod Isamitdinov, To‘lqin Eshbekov, Samuk Abidovlar partiyaning g‘oya va maqsadlari targ‘ibotiga katta hissa qo‘shishyapti.
Lekin tan olaylik, bugungi deputatlar qanchalik harakat qilmasinlar, ular faoliyatini Yangi O‘zbekiston islohotlari talabi darajasida deyish qiyin. Hatto Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasida haligacha o‘z saylovchilari bilan uchrashishga ulgurmaganlari qancha... Chunki saylovchi talabi tezkor davr talablariga monand ravishda kun, kunora o‘zgarib turibdi, doimo yangi, hatto kutilmagan qonunlar , qarorlar qabul qilinyaptiki, ularga amal qilish uchun ma’lum bir muddatlar talab etilmoqda.
Deputat va saylovchi munosabatlari haqida gap ketganda kengash qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya faoliyatiga alohida to‘xtalmoq lozim. Ayni paytda ushbu komissiya tomonidan deputatlarimiz faoliyati muntazam monitoring qilib borilyapti. Yaqinda komissiya tomonidan ikkita tuman kengashi faoliyati qoniqarsiz deb topilib, hatto guruh rahbarlari almashtirildi. Ma’lumki, qonunchilikda ayrim deputatlar o‘z faoliyatini bugungi kun talablari asosida tashkil qilmasa, vakolatini muddatidan oldin tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi belgilangan. O‘tgan yillar davomida shahar kengashidagi ikki nafar deputatning vakolati tugatilgani sababi ham shunda.
Shuningdek, komissiya tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Bektemir, Mirobod, Yangihayot tuman kengashi raislariga jiddiy e’tirozlar ham bildirildi. Targ‘ibot tadbirlari kuchaytirib, partiya xayrixohlarini a’zolikka qabul qilish, aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etish maqsadida “Uyma-uy”, “Deputat bilan yuzma-yuz”, “Sayyor qabul”larni nomigagina uyushtirib, hisobot uchun faoliyat yuritayotganlar ogohlantirildi.
Ammo Toshkentda partiyaning g‘oya va maqsadlari yo‘lida fidoiylik ko‘rsatayotgan deputatlarimiz ko‘p. Xususan, poytaxtlik deputatlar o‘tgan yili Shayxontohur tumanidagi Arzlarxon Eshon masjidi hamda Yunusobod tumanidagi Oqtepa arxeologik yodgorligi holatini o‘rganib, obidalarni ta’mirlashda jiddiy kamchiliklar borligini aniqladilar. Sifatsiz bajarilgan ishlar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari chiqarildi. Ayni paytda mavjud muammolarni hal qilish jarayoni ketyapti. Misol uchun, Oqtepa arxeologik yodgorligida obodonlashtirish ishlari olib borilib, turizmni rivojlantirish maqsadida soya-salqin joylarda supa hamda kichik choyxonalar qurilmoqda.
Deputatlarimiz doimiy komissiya yig‘ilishlarida shahar obodonlashtirish boshqarmasining 2023 yildagi hisobotini ham eshitdilar. Mavjud muammolarni o‘rganish uchun Uchtepa tumanidagi obodonlashtirish idorasi faoliyati obdon o‘rganilgach, boshqarma xodimlari uchun ajratilgan bino hamda texnikalarni saqlash holati talab darajasida emasligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu borada Uchtepa tumani hokimligiga uch yildan buyon murojaat qilinadi. Ammo hanuzgacha natija yo‘q.
Xalq vakillari bunday muammolarni poytaxtning boshqa tumanlarida ham aniqladilar. Ayni paytda ushbu masalalarni deputat so‘rovi orqali hal qilish choralari ko‘rilyapti.
Ko‘pchilikka yaxshi ma’lumki, 2022 yili daraxt ekish ishlari tizimli tashkil etilmagani, sug‘orish va parvarishlash uchun tegishli mas’ullar biriktirilmagani bois respublika bo‘yicha jami 6,2 million dona ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan, 3,4 million dona ko‘chat esa sug‘orish tizimi bo‘lmagan joylarga ekilgan. Achinarlisi, 2,4 million dona ko‘chat suvsizlik va yetarli parvarish qilinmagani sababli yozgacha ham yetib bormagan.
Borgan sari havosi ifloslanib borayotgan Toshkent shahri uchun ham bu muammo yangilik bo‘lmay qoldi. Xususan, yaqinda “Yashil makon” umummilliy loyihasining ijrosi doirasida o‘rganishlar olib borgan deputatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga nihollar ekilganini, oqibatda daraxtlar nobud bo‘lganini aniqladilar.
Shundan kelib chiqib, “Milliy tiklanish”chilar ertangi kunimiz – farzandlarimiz kelajagi uchun nihoyatda muhim sanalgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini qat’iy nazorat qila boshladilar.
Deputatlarimiz boshqa soha va tizimlarda ham faollik ko‘rsatishyapti. Masalan, Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Yoqutxon Madjidova “Tibbiy madaniyatni oshirish oyligi” doirasida Toshkentdagi eng malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tuman aholisi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etmoqda. Jahongir Ziyayev esa ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatlar asosida fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Nodir Ashrapov esa o‘z saylov hududida kutubxona tashkil etgan bo‘lsa, Sanjarali Imomov 270-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mikroelementlarga boyitilgan pechenye bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydi.
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati, o‘z saylovchilari uchun tunu-kun kuyinadigan, katta qalbli partiya a’zosi Vasila Fayziyevadan ham saylovchilar mamnun. Deputat aholi murojaatlarini deputatlik so‘rovlari orqali hal qilishda ham boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
– Deputatlarimizning amaliy ishlari, tashabbuslari haqida uzoq gapirish mumkin, – deydi partiya Toshkent shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev. – Asosiy vazifamiz eng avvalo bizga ishonch bildirgan saylovchilar ishonchini qozonishdir. Bu bilan tabiiyki, partiyamizning jamiyatdagi obro‘-e’tiborining oshishiga ham xizmat qilgan bo‘lamiz. Ya’ni, bugungi saylovchi o‘z deputatiga qarab uning nomzodini ko‘rsatgan siyosiy partiyaga baho beradi. Shu bois, har bir xalq vakili deputatlikka mansab emas, mas’uliyat nazari bilan qarshi lozim.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ayni paytda poytaxtlik deputatlar o‘z faoliyatlarini tanqidiy tahlil qilib, saylovchilarim ishonchini qay darajada oqlayapman, berilgan va’dalarni bajaryapmanmi, degan savollarga javob izlamoqdalar. Erishilgan yutuqlar, yuqori natijalar bilan havolanish davri allaqachon o‘tdi. Zero, bugun saylovchilarga – xalqqa vijdonan xizmat qilishdan kattaroq baxt yo‘q deputat uchun.