Azaldan oilani muqaddas deb bilgan, oilaviy munosabatlarni qadriyat darajasida qadrlagan xalqmiz. Lekin bugun ushbu tushunchalarga bo‘lgan qarashlar birmuncha o‘zgardi, ayrim yoshlarimizda oilaga nisbatan yuzaki, yelgil-yelpi munosabat shakllanyapti...
Yaqinda bir izdihomda beixtiyor ikki kursdosh dugonaning suhbati qulog‘imga chalinib qoldi.
-E-e, dugonajon, oliy ma’lumotli bo‘lib, uylanmagan yigit bilan turmush qurganlarning bittasi senmisan? Qaynona, qaynota, qayinbo‘ynilar xizmatidan ortmaysan. Ovsinlarning «dedi-dedi»larini-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Shunda ham hech kim minnatdor bo‘lmaydi... Kim yomon, hamisha kelin yomon... Mana men institutda o‘qimagan bo‘lsam ham... O‘zimdan 32 yosh katta odam bilan nikoh o‘qitib, tegib oldim. Ishonasanmi, xotinidan ancha yosh bo‘lganim uchunmi, u meni boshida ko‘taradi. Alohida hovli, mashina olib berdi. Yeganim oldimda, yemaganim ortimda. Nima so‘rasam, muhayyo qiladi. Asosiysi, hech kimning «qosh-qovog‘i»ga qaramayman. Onam ham xursand, «gap yoshda emas, muhimi, baxtlisan», deyaptilar. Erimning o‘z ayolidan ko‘ngli sovigan. Uyiga faqat bolalari uchun bir-bir borib turadi. Hademay o‘g‘limiz tug‘ilsa, u mening yonimdan umuman ketolmay qoladi...
Bugun xotin-qizlar masalasiga davlat siyosati darajasida qarayapmiz, ularning bilimli, kasb-hunarli bo‘lishlari, o‘z iqtidorlarini to‘la namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotir. Ammo afsuski, ular orasida «jannatiy hayot» ilinjida yurganlar qancha? Bu jamiyat fojeasi, millat tanazzuli emasmi?! Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino: «Hayosiz yuz jonsiz jasad kabidir», deb yozganida shundaylarni nazarda tutgan bo‘lsa, ne ajab?!
Bugun qadriyatlarimizga daxl qilayotgan bu kabi illatlar tufayli oilaviy ajralishlar soni kundan-kunga ortib borayotgani, to‘liqsiz oilada ulg‘ayayotgan bolalarning murg‘ak qalblari o‘ksib qolayotgani haqida gapirsak tilimiz, gapirmasak, dilimiz kuyadi...
Ijtimoiy tarmoqlardagi nikohsiz ishqiy munosabat o‘rnatish, farzandsizlik, bir jinslilarning oila qurishiga yoki umuman oila qurmaslikka da’vat etadigan targ‘ibotlari oilalarni yemirishga qaratilgani kundek ravshan.
Tan olishimiz kerak, g‘araz niyatli kimsalar ma’lum ma’noda o‘z maqsadiga erishyapti, ularning buzg‘unchi targ‘ibotlari kutilgan samarani beryapti. Ijtimoiy tarmoqlarda millatimiz, mentalitetimizga yot, qadriyatlarimizga zid bo‘lgan behayo suratlar, fahshni, ahloqsizlikni targ‘ib qiladigan videolar, bachkana xatti-harakatlar aks etgan tik-toklar ko‘payib boryapti. Achinarlisi, bunday hayosizlikni o‘zga yurtlardan kelgan begonalar emas, o‘zimiznikilar targ‘ib qilyapti.
Biz esa jimmiz, loqaydmiz. Ular menga begona, deya beparvolik bilan qo‘l siltaymiz. Noxush holatlarni ko‘rib, o‘zimizni ko‘rmaganlikka, eshitib, eshitmaganlikka olamiz, va, eng yomoni andisha qilib, gapirmaymiz.
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, milliy qadriyatlarimizdan sanalgan andisha so‘zining lug‘oviy ma’nosi qanday? Undan har doim ham o‘z o‘rnida, maqsadli foydalanyapmizmi? Bu atamaning ohori tobora to‘kilib borayotganiga qanday omillar sabab bo‘lyapti?.. Bunday javobsiz savollar ko‘p. Afsuski, ular atrofida fikrlashishga, mushohada yuritishga, muhokama qilishga vaqtimiz ham, xohishimiz ham yo‘q.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ayni paytda mamlakatimizda 9 milliondan ortiq oila bo‘lib, yiliga o‘rtacha 45-49 ming oilaviy ajrimlar kuzatilmoqda. Achinarlisi, nikohdan ajrashayotganlarning 4-5 foizini bir yilgacha, 40 foizini esa besh yilgacha bir oila bo‘lib yashaganlar tashkil etmoqda. Statistika agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekistonda jami 48 734 ta oila nikohdan rasman ajrashgangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021 yilda 39 227 tani tashkil qilgan. Ikki yillik raqamlar taqqoslanganda qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari 24 foizga oshgani ko‘rinadi. Bu 2022 yil uchun har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralish darajasi – 1,4 promilleni tashkil etadi.
Yaqinda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023 yilning 10 oyi mobaynida 41 583 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgani haqida ma’lumot berildi. Ajrimlar soni 2021 yilda 41 foizga, 2022 yilda 22 foizga ko‘paygan bo‘lsa, 2023 yilda o‘sish sur’ati keskin tushib, 2022 yilga nisbatan atigi 0.8 foizga ko‘paygan (o‘sish sur’ati 2022 yilga nisbatan 27 baravarga kamaygan).
«Biror mamlakatni ishg‘ol qilmoqchi bo‘lsang, uning ustiga saf-saf qo‘shin tortib borishing shart emas, shu yurtning ayollari ma’naviyatini izdan chiqarsang, kifoya», degan gap bor. Ayollarimiz kasb-korli, jamiyat hayotida ijtimoiy faol bo‘lishlari barobarida oilaparvar, sadoqatli, qo‘ying-chi, o‘zbek ayoliga xos bo‘lgan barcha fazilatlarga ega bo‘lsalar, hech qanday qabih niyat amalga oshmaydi. Zero, ayol farzand tarbiyalaydi, kelajakni, millatni ulg‘aytiradi. Uning bosgan har bir qadami dilbandlari taqdirida albatta, aks etadi, ularning kelajagiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi...
E’tibor berganmisiz, zinokor ayol va erkak haqida gap ketganda, aksariyat hollarda faqat ayollarni ayblaymiz. Vaholanki, xalqimizda, «Qars ikki qo‘ldan...» degan naql bor. Shunday ekan, zinokorlarning har ikkisi ham birdek aybdor! Ayrim erkaklarning risoladagidek oilasi, farzandlari, hattoki nabiralari bo‘la turib, hayvoniy xirsi yo‘lida ikkinchi, hattoki uchinchi bor shar’iy nikoh bilan o‘z qizi tengi ayollarga uylanib olayotgani hech birimiz uchun yangilik bo‘lmay qoldi.
Achinarlisi, bu tarzda qurilayotgan aksariyat oilaviy munosabatlar qisqa fursatda barham topyapti. Qarabsizki, «Og‘irning ustidan, yengilning ostidan» yurishni maqsad qilgan «ikkinchi» yoki «uchinchi» maqomidagi hech qanday haq-huquqqa ega bo‘lmagan ayollar farzandlari bilan ko‘chada qolyapti. Ularning hatto aliment olish huquqiga ham ega emasligi farzandlarini tang ahvolga solib qo‘yyapti. Alal oqibat aybni kattalar qilib, jabrini begunoh go‘daklar tortyapti.
Yodimda bor, avvallari u xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol, oilasiga hiyonat qilsa, uning bu xatti-harakati ahloqiy buzuqlik, deb baholanar, boshqalarga ham saboq bo‘lsin, degan maqsadda mehnat jamoalarida keng muhokama qilinar, unga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilardi. Hozir esa qo‘shxotinlik «urf»ga aylangandek, go‘yo. Yosh, bokira qizlarini kap-katta erkaklarga ikkinchi, hattoki uchinchi xotinlikka qo‘sh-qo‘llab uzatayotgan «onalar» soni ortib borayotgani ham hech kimga sir emas...
Biz esa odob bilan sukut saqlaymiz, bu mavzuda «pichirlab» gaplashamiz. Ijtimoiy tarmoqlarga behayo suratlar, videolar qo‘yayotgan qaysidir tanishimiz qizining, guldek oilasi bo‘la turib, begona erkak bilan «dosh olishib» yurgan ayolning yoki bo‘lmasa, nabirasi tengi qizga uylanib olgan qaysidir amaldorning g‘iybatini qilamiz. «Gʻiybat emas, ibrat ma’nosida», deya qilmishimizni haspo‘shlab ham qo‘yamiz.
Kun emas, soat sayin «urchib» borayotgan axloqsizliklarga befarq bo‘lar ekanmiz, oilaviy qadriyatlarimiz tanazzulga yuz tutishi muqarrar. Bunday noxush holatlarga barham berish uchun jamoatchilik nazoratini, qonuniy asoslarni kuchaytirish vaqti keldi.