Keyingi paytlarda asr vabosi deb atalayotgan giyohvandlik va ichkilikbozlikka tenglashtirilayotgan nomofobiya kasalligi ham keng tarqalmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyo bo‘yicha 7,2 milliarddan ortiq odam o‘z mobil telefoniga ega. Smartfonlardan foydalanish shu darajada ommalashdiki, hatto kichik yoshdagi bolalar ham ota-onasining telefonidan bemalol foydalanishmoqda.
Dunyo mamlakatlarini xavotirga solayotgan bunday holat mamlakatimiz uchun ham begona emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda respublikamizda har 100 ta xonadonga o‘rtacha 308 ta mobil telefon to‘g‘ri kelgan.
Bugungi kunda ayniqsa, bolalarning telefonga qaramligi dolzarb muammoga aylandi. Ammo, ota-onalar bu holatning yaqin kelajakda katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligiga e’tibor qaratishmayapti.
Vaholanki, mobil telefondan uzoq vaqt, betartib foydalanish insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, telefon o‘zidan inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar chiqaradi. Bunday to‘lqinlardan nurlanishning zarari kichik yoshdagi bolalar uchun yanada kuchliroq bo‘lib, ularda immunitetning pasayishiga, asab tizimida buzilishlarga sabab bo‘ladi.
Inson gazeta o‘qiganda uni 40 sm masofada ushlaydi, kompyuterda ishlaganda ekrandan 60-70 sm masofa saqlanadi. Telefondan foydalanganda, bu masofa 20-30 santimetrga tushadi, yosh bolalarda undan ham kam bo‘ladi va bu yaqinlik xavfli tus oladi. Shu bilan birga, bolalar telefondan foydalanganida mijja qoqishni unutishi esa ko‘zning zo‘riqishini kuchaytiradi. Natijada foydalanuvchida ko‘zning turli kasalliklari paydo bo‘la boshlaydi.
Bundan tashqari, telefondan uzoq vaqt foydalanish bolada idrokni o‘zgartiradi, unda ruhiy o‘zgarishlar yuz beradi, umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq turli xastaliklar rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy moslashishida ham muammolar kelib chiqadi. Bunday bolalarda darsni o‘zlashtirishdan orqada qolish, o‘rtoqlari bilan chiqisha olmaslik, dunyodan uzilish tufayli boshqalar bilan muloqot qilishi qiyin kecha boshlaydi.
Nomofobiya kasalligi insonning kundalik hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, insonda o‘ziga ishonch va o‘z hayotidan qoniqish hissi sezilarli darajada pasayadi. Odam telefon orqali xabar yubora olmasa yoki javob ololmasa o‘zini yolg‘iz his qila boshlaydi. Qo‘rquv va doimiy tashvish real hayotda yashashiga xalaqit qiladi.
Xo‘sh, ushbu kasallikning oldini olish mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?
Fikrimcha, ota-onalar o‘z farzandlarini fobiyadan saqlashlari uchun unga kun tartibini belgilash va telefondan samarali foydalanishga yordam berishlari lozim. Masalan, ishdan keyin birgalikda uy ishlarini qilish va dars tayyorlash orqali farzandiga shaxsiy namuna ko‘rsatishi mumkin.
Shu bilan birga, ota-onalar zarur bo‘lmagan paytda va uxlashdan oldin telefonni uzoqroqqa qo‘yishi, kamida oyiga bir dam olish kunini “telefonsiz kun” deb belgilab, to‘liq vaqtini farzandlar bilan o‘tkazsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ushbu kasallikning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar samarasi yanada oshadi.