Ayol deganda, har qanday erkak uch avlod timsolidagi eng yaqin insonlarini tasavvur qiladi: onasi, oilasi va qizi. Erkaklar, tarixan har doim onalari bilan hamdard-hamnafas bo‘lishgan, xotinlarini nazorat qilishga intilishgan, va qizlarining taqdirini o‘ylashgan.
Shuning uchun ham, xotin-qizlarning haq-huquqlari, erki va qadr-qimmati – bu eng avvalo, onalar va qizlarning haq-huquqlari va qadr-qimmati masalasidir.
Bugungi O‘zbekiston zamonaviy jamiyat, huquqiy demokratik davlat sari bormoqda. Bundan keyin raqobatdoshlik sari yurishga mahkum bo‘lgan jamiyatimizda ayollarimiz nafaqat iffatli, iboli, balki ilm-ma’rifatli va yuqori malakali bo‘lishlari ham zarur.
8 mart sanasi bu – xotin-qizlarni tabriklash asnosida, ularning oiladagi, jamiyatni va davlatdagi mavqei borasida qayg‘urish uchun ham bir fursatdir. Oqila ayollarimiz, go‘zal qizlarimizga yasharish fasli, go‘zallik bayrami, bugungi sana muborak bo‘lsin!
Kamoliddin Rabbimov
Siyosatchi