Ilm olish, izlanishlar qilib yangiliklar yaratish, bilimlarini esa yoshlarga o‘rgatishni niyat qilgan minglab jadidlar qatorida Bade’ Abdulla ham bor edi.
1909 yili Yangi Buxoro tumanining Rabot-qilich qishlog‘ida tug‘ilgan Bade’ Abdullaning otasi Buxoro amirining qorovulbegisi edi. Aslida Bade’ taxallusi bilan Abdullaning otasi Mahmud she’rlar yozgan, keyinchalik Abdulla ham otasining taxallusini qabul qilgandi.
1917 yilgi voqealar paytida Bade’ Mahmud qatl etiladi. Bade’ Abdulla esa amir tomonidan qatl etilgan «Yosh buxoroliklar» partiyasi a’zolari yoki qizil armiya bilan janglarda halok bo‘lganlarning farzandlari uchun ochilgan «Avlodi shuhado» maktab-internatiga o‘qishga olinadi.
1922 yilda iqtidori va intizomi bilan e’tibor qozongan 13 yoshli Bade’ «Avlodi shuhado»ning bir guruh o‘quvchilari qatori Germaniyaga o‘qishga yuboriladi. Ma’lumki, Buxorodan Germaniyaga yuborilgan yoshlarning aksariyati jadidlarning avlodlari yoki jadid maktablari o‘quvchilari edi. Ketish arafasida Buxoro Xalq Respublikasi (BXR) Maorif noziri Mahzar Burhonov yoshlarga qarata: «...Hukumatimiz sizni Germaniyaga o‘qishga yo‘llaydi. Biz yosh kadrlarga muhtojmiz. O‘z Vatanimizni mustaqil idora etmoq uchun bizga ilm va tajribali mutaxassislar zarur. Sizning ishingiz Germaniyada ilm olishdir. Millatingizga hech bir vaqt xiyonat etmang» deya ma’ruza qiladi.
O‘quvchilar Germaniyaga yetib borgach, Bade’ Abdulla sheriklari Usmon Omon, Ne’mat Nazrulla, Alovuddin Isomiddin, Muhammadjon va Rahmatjon Avazjonovlar singari 18 nafar o‘quvchilar qatorida Kyoslin (Köslin, bugungi Polsha tarkibidagi Koszalin) shahridagi xususiy maktab-internatga joylashadilar. Bade’ nihoyatda qisqa muddatda olmon tilini o‘rganib, 1924 yilda – 15 yoshida Kyosling gimnaziyasini muvaffaqiyatli tugatadi. Biroq, o‘zi tanlagan Berlin universitetiga kira olmagach, Berlin yaqinidagi Germsdorf qishlog‘ida joylashgan masjiddan qo‘nim topadi. 1926 yili yana Berlinga qaytadi. Ammo iqtisodiy yetishmovchilik va Sovet hukumatining tinimsiz ta’qibi sabab Vatanga qaytishga qaror qiladi.
1926 yilning 1 iyun kuni yo‘lga chiqib, o‘n kunda Toshkentga yetib keladi. 15 iyun kuni u Samarqandga borib, otasining do‘sti, O‘zbekiston Maorif xalq komissarligi vaqf bo‘limi boshlig‘i Abduvohid Burhonovning tavsiyasi bilan Samarqanddagi rus maktabiga o‘qishga kiradi.
1929 yilga kelib esa Samarqanddagi O‘zbekiston Davlat universiteti (O‘zDU)ning matematika fakultetiga o‘qishga kiradi. Talabalik yillarida Sulaymon Amirov, Obid Karimov, Salohiddin Ochilov, Muhammadjon Sobirov, (keyinchalik Mahmud Oyqorli nomi bilan tanilgan) Bahrom Ibragimov, aka-uka Hamid va Olim Qodirovlar bilan do‘stlashadi. Afsuski, ko‘p o‘tmay bu yoshlar ham qamoqqa olinadilar. Tergov paytida asosiy e’tibor Gʻulom Zafariy va yosh shoir Mirtemirlarga qaratilib, Bade’ Abdulla muntazam so‘roqlardan so‘ng qamoqdan qutilib qoladi.
U 1933 yili o‘qishni tugatib, Kuybeshev nomidagi O‘zbekiston Davlat qishloq xo‘jaligi institutida matematikadan dars bera boshlaydi. 1936 yil 8 sentyabr kuni dotsent vazifasini bajaruvchi unvonini olib, kafedra mudiri lavozimiga tayinlanadi.
Ammo 1937 yilda uni ijtimoiy kelib chiqishini yashirganlikda va endilikda nasistlar qo‘ligan o‘tgan Germaniyaning Targ‘ibot vaziri Yozef Gebbels nutqini tarjima qilganlikda ayblab, ishdan haydashadi. Ma’lum bo‘lishicha, Bade’ Abdulla hali qamoqqa olinmasidan avval uning talabalik yillaridagi do‘sti – O‘zDU assistenti Muhammadjon Sobirov IIXK (Ichki ishlar xalq komissarligi)ga: «Abdulla o‘zining aksilinqilobiy faoliyatini rad etsa, so‘roq vaqtida meni chaqiringlar. Men uni fosh etaman», deya ariza tashlagan ekan.
Noyabr oyiga kelib, Ichki ishlar xalq komissarligining Samarqand bo‘limi Bade’ Abdulla Mahmudovichni O‘zSSR JKning 66-moddasi 1-bandi, ya’ni aksilinqilobiy tashviqot qilganlikda ayblab qamoqqa oladi. Shu kunning o‘zida u yashagan Samarqand shahri, Nurobod ko‘chasi 26 uy, 4 xonadonda tintuv o‘tkazilib, Bade’ Abdullaning pasporti va uyidagi barcha xatlanib, olib ketiladi. Turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng Bade’ bilan qolgan 4 yoshlik qizchasi Erani esa bolalar uyiga topshirishadi.
1937 yil 27 dekabr kungi so‘roqda O‘zbekiston davlat universiteti dotsenti Aleksey Tekerev Abdullaga quyidagicha ta’rif beradi: «Bade’ Abdullani 1930 yili Pedakademiya talabasi bo‘lgan davridan bilaman. 1937 yilda Abdurashid Yusupovning to‘yida nemis tilida «Vinovnыmi mы rodilis» («Biz gunohkor bo‘lib tug‘ilganmiz») degan qo‘shiqni juda chuqur dard bilan kuylagandi. Ma’nosiga hech kim tushunmadi, ammo hamma juda g‘amgin holga tushib tinglagan edi.»
Tergovga chaqirilgan boshqa guvohlar ham Abdullaga ijobiy ta’rif beraverishgani uchun tergov xodimlari endi masalani o‘zlari, dahshatli azob berish yo‘li bilan hal etishga kirishadilar.
Oxir-oqibat 1938 yilning 2–10 yanvar kunlari o‘tkazilgan so‘roqlarda holdan toygan Bade’ Abdullaga bolaligidayoq josus bo‘lgani, Germaniya nasistlarining maxfiy xizmati bo‘lmish Gestapoga yollangani va Karl ismli kishiga xizmat qilgani haqidagi bayonnomaga qo‘l qo‘ydirishadi. Bayonnomada shuningdek, Germaniyadan Buxoroga qaytgach, avvaldan tanishtirilgan Kurt Villi ismli shaxs bilan aloqa o‘rnatib, unga Samarqanddagi ahvol haqida axborot yetkazib turgani, 1928 yildan esa Kurt Villining o‘rnini Germaniyada o‘qigan Hamro Abdulla egallab, xalqning sovetlardan noroziligi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar ham ilova qilinadi.
Qiynoqlar ta’sirida aqldan ozar darajaga yetgan Abdulla «Afzaldan 200 marka, Kurtdan 2000, Hamrodan 10000 so‘m miqdorida pul oldim, bu pullarga Olimbek Qodirov, aka-uka Abdurahim va Abdurashid Burhonovlarni, portlatgich moddalar kerak bo‘lgani uchun milisiyadan Nosir Umarov degan kishilarni yolladim, deb yozilgan soxta iqrornomaga imzo chekadi.
Bade’ Abdullaga imzolatilgan so‘roq bayonnomalaridan ilhomlangan O‘zSSR IIXK Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sergey Kalmыkov uni 1925 yildan «Ozod Turkiston» aksilinqilobiy tashkiloti a’zosi, 1926 yildan beri Germaniya foydasiga ishlagan josus, 1936 yildan Hamro Abdullayev orqali Gestapoga yollangan josus deya qaror chiqaradi. Biroq biroz o‘ziga kelgan Abdulla o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar bosim ostida imzolatilgani, barchasi bo‘hton ekanini aytadi, «Uchlik» sudiga olib chiqilsa, noqonuniy harakatlari fosh bo‘lishidan qo‘rqqan tergovchilar uni jazolashni ortga suradilar.
O‘sha davrda IIXKning noqonuniy hibslari va qiynoq usullaridan norozi bo‘lgan odamlar Moskvaga tinimsiz xatlar yozishardi. Shu jarayonda Markaziy hukumat ayrim tergovchilarning ustidan jinoiy ish ochishga ham majbur bo‘ladi.
...1939 yil 15 aprel kuni Bade’ Abdulla o‘z hamkasbi Mahmud Mansurov bilan yuzlashtiriladi. Bu vaqtga kelib allaqachon ruhi sindirilgan Mahmud tergovchining Bade’ haqidagi hech bir gapini inkor etmay tan oladi. Bade’ Abdulla bo‘lsa tergovchiga: «Xo‘p, radioda berilgan Gebbelsning nutqidan nimanidir tarjima qilib aytib beribman, to‘yda ham dunyoga mashhur bir nemischa qo‘shiqni kuylab berganman. Xo‘sh, shu jinoyatmi? Qani bu yerda jinoyat?!!» deya keskin savol beradi.
Vaziyat mushkullashayotganini sezgan tergovchilar endi boshqa yo‘ldan boradilar: bir paytlar «Abdullani qoralashga tayyorman» degan Muhammadjon Sobirovni guvohlikka chaqirishadi. U esa oldindan yodlab olgandek, Abdulla Bade’ning «jinoyatlari»ni sanab, uni ruslarni yoqtirmasligini «isbotlab» ko‘rsatma beradi.
Chorasiz qolgan Bade’ Abdulla 1939 yil 2 avgust kuni turmada qo‘liga tushgan varaqqa qalam bilan Samarqand viloyati prokuroriga boshidan o‘tkazganlarini bayon qilib: «Shuncha vaqtdan buyon turmada aybsiz o‘tiribman», deb shikoyat yozadi. Ammo javob xati unga yetib kelmaydi.
Umid uzmagan Abdulla 1940 yilda Samarqand turmasidan turib SSSR NKVD maxsus yig‘ilishi raisiga ikkinchi arizasini yozadi. Mana o‘sha xatdan parcha: «15 kun davomida uyqu bermay, meni tik oyoqda turg‘azib tahqirlashdi. Aqldan ozish darajasiga borganimda, bir qator qog‘ozlarni imzolatishdi. Men hech qachon josus bo‘lmaganman! Hamro o‘z ishi bilan, men o‘zimning ishim bilan edi, biz deyarli 12 yildirki uchrashganimiz yo‘q. Men o‘shanda unga tuxmatlar yozilgan qog‘ozlarni imzolaganman! Hozir yuzlashtirishlarini talab qilsam, ular rad etishmoqda.»
U yozgan arizalarida ham, tergovda ham begunohligini isbotlashga qancha urinmasin, 1940 yil 19 avgust kuni SSSR IIXK maxsus yig‘ilishi uni josuslik faoliyati uchun 8 yil Mehnat tuzatish lagerida jazo o‘tashga hukm qiladi. Afsuski, muddat oxiriga yetmay ya’ni 1942 yilda 33 yoshli Bade’ Abdullaning Magadan yaqinidagi og‘ir kon ishlariga ixtisoslashgan Tenlag (Tenki lageri)da jazoni o‘tash chog‘ida vafot etgani haqida ma’lumot xati keladi....
1977 yilda Bade’ Abdullaning qizi Era Abdullayevna Turkiston Harbiy okrugi prokuraturasiga ariza yozib, otasining ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘raydi. Shu asosda olib borilgan tergov jarayonida nihoyat haqiqatlar yuzaga chiqa boshlaydi.
Bu safargi tergovda kiprik qoqmay birga tahsil olgan do‘stiga tuhmat qilgan Muhammadjon Sobirovning ham, Mahmud Mansurovning ham ko‘rsatmasi avvalgisidan keskin farq qiladi. Bu paytga kelib Samarqand Davlat universiteti matematika fakulteti dotsenti bo‘lgan Muhammadjon Sobirov shunday deydi: «Men Abdulladan bir kurs katta edim. Biz bir xonada yashagan do‘stlar edik. Unda biror bir yomon jihatni ko‘rmaganman. U na millatchi, yo na josus emas, aksincha, juda bilimdon matematik edi. Men uni kimningdir nutqini tarjima qilgani uchun qamalgan deb eshitganman. Tergovchi 1939 yil 16 apreldagi yuzlashtirish bayonnomalarini tutqazganida, eslolmadim, balki o‘qimay qo‘l qo‘ygan bo‘lsam kerak...
Mazkur tergov jarayoniga jalb qilingan Abdurashid Yusupov ham 1939 yil 29 dekabr kungi ko‘rsatmasida qattiq tahqir va qo‘rqituvlar ostida bo‘lgani, bir nechta qog‘ozni o‘qishga imkon berishmasdan, majburan imzolatishganini aytadi.
Qayta taftish jarayonida IIXK xodimlari Kalmыkov, Rudenkov, Mirhamidov, Kazanov ismli mas’ullar tergovni tashkil etish jarayonida qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygani aniqlanadi. Asosiy ayblov motivi bo‘lgan «Kurt Villi» va Hamro Abdullayevlarning josusligi ham SSSR Davlat Xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) tomonidan inkor etilai. Bade’ Abdulla haqida tirik bo‘lgan guvohlar bu safar faqat yaxshi gaplar aytadilar...
1977 yil 21 iyul kuni Turkiston Harbiy okrugi harbiy tribunali Bade’ Abdulla ishini ko‘rib, 1940 yil 19 avgustdagi «Uchlik sudi» qarorini bekor qiladi. 1977 yil 22 iyul kunida Era Abdullayevnaga xat yo‘llab, otasining vafotidan so‘ng oqlanganligi hamda unga stalincha qatag‘on siyosati qurbonining qizi sifatida ikki oylik maosh miqdorida pul berilishini ma’lum qilishadi...
Kech bo‘lsa-da, haqiqat qaror topadi. Tortib olingan «ota mehri», kimsasizlikka mahkum qilingan bolalik, yo‘qotilgan yillarga javoban ikki oylik maoshga teng badal to‘lanadi. Surishtiruvlar davomida Ba’de Abdulla Samarqandda yashagan uy hozirda yo‘qligi aniqlangan. Otasini faqat to‘rt yoshigacha bilgan va uning oqlanishi uchun kurashgan, besabab «xalq dushmanining qizi» degan nomni olgan Era Abdullayevnaning keyingi taqdiri qanday kechgani ham noma’lum.