Gulistonda chek so‘ragani uchun bolaga tarsaki tushirgan do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamalgani-yu, Sherzod Kudbiyevning gulistonlik “kun qahramoni”ga sovg‘a topshirgani yana ijtimoiy tarmoq faollarini ikkiga ajratdi.
Eng qizig‘i, izoh qoldirganlar tadbirkorlarning aksariyati so‘ramaguningcha mahsulot chekini bermasliklarini bildirishgan.
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi dorixonayu-do‘konlarda ham ana shunday holatning guvohi bo‘ldim. Ayrim tadbirkorlar so‘raganingdan keyingina chek bersa, aksariyati umuman chek bermaydi, talab qilsangiz kassa apparati buzilganini bahona qilishadi...
Ma’lumki, xaridorlarni hursand, tadbirkorlarning esa hafsalasini pir qilgan “Soliq” mobil ilovasi ro‘yxatdan o‘tgan cheklar uchun fuqarolarga xarid summasining bir foizini qaytarib beradi. Chek bermaganlik holatlari yuzasidan soliq idoralariga xabar bergan iste’molchiga esa mukofot puli berilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ayrimlarning fikricha, turli kelishmovchiliklarning ildizi bo‘lgan “chek”, oz bo‘lsa-da, soliq yukini oshib ketishiga xizmat qilyapti. Masalan, bir mlrd so‘mgacha aylanmadan soliq to‘layotgan tadbirkor, aylanmasi bir mlrddan oshganidan keyin QQS to‘lovchisiga o‘tib qoladi. Bu esa endi tadbirkor to‘laydigan soliq yuki 4-5 barobarga ko‘paydi, deganidir. Bu “yuk”ni chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan tadbirkor esa o‘z-o‘zidan chek bermaslikka harakat qiladi.