Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida davomatni yaxshilash bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rilmoqda. O‘quvchilar muntazam dars qoldiradigan bo‘lsa, ota-onalar uchun jarimalar ham qo‘llanilyapti. Bundan ko‘zlangan maqsad esa o‘quv dargohlarida davomat va ta’lim sifatini yaxshilashdir.
Yaqinda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari aynan shu masalalar bilan bog‘liq holatni o‘rgandi.
Unga ko‘ra, 2022-yilda maktablardagi o‘rtacha davomat 83,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib 82,5 foizga tushgan.
– Ekspertlarimizning tahliliga asosan hududlar bo‘yicha davomatning eng past ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (57,8 foiz), Jizzax (76,9 foiz), Toshkent (75,8 foiz) va Farg‘ona (79,8 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar esa Buxoro (89,1 foiz), Surxondaryo (88,3 foiz) va Qashqadaryo (88,2 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Fanlar kesimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida eng past davomat ko‘rsatkichlari o‘zbek tili va matematika fanlarida, o‘rta sinf o‘quvchilari orasida o‘zbek tili, informatika, adabiyot va ingliz tili fanlari, yuqori sinf o‘quvchilari orasida ham o‘zbek tili, informatika, algebra va ingliz tili fanlarida davomatning eng past ko‘rsatkichlarni ko‘rish mumkin.
Ota-onalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, betob bo‘lib qolishi, ota-onasiga ishlarda yordam berishi, xususiy o‘qituvchi-repetitor bilan o‘qishi, maktabga borishi uchun qo‘shimcha xarajatlarga mablag‘ yetishmasligi kabilar o‘quvchilarning dars qoldirishidagi asosiy sabablardir, – dedi mazkur ilmiy muassasa loyiha rahbari Muhabbat Ahmedova.
PISA Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda darslarni ketma-ket uch oy qoldirgan o‘quvchilar ulushi 18,5 foizni tashkil etgan. PISAda ishtirok etgan mamlakatlar orasidagi o‘rtacha ko‘rsatkich 10,3 foizdir.
manba