«Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da biz yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimiz, iste’dodimizni yuzaga chiqarish, muammolarimizni hal qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishimizga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, 2024-yil 1-martdan boshlab iste’dodli va iqtidorli yoshlar tegishli qaror bilan «Yoshlar balansi» asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro organlari, davlat korxona va tashkilotlari hamda oliy ta’lim rahbarlariga biriktiriladi. Eng asosiysi, mas’ullar har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashadigan bo‘ldi.
«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m miqdorida xorijiy tillar bo‘yicha tanlov, kibersport musobaqalari va «Zakovat» intellektual o‘yinlari tashkil qilinadi. Tanlov g‘oliblarini o‘z hududlarida jihozlangan ustaxonalar bilan «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’minlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.