Suvsizlik va loqayd munosabat tufayli nobud bo‘lgan 6 milliondan ortiq novda haqidagi ma’lumotni esdan chiqarmagan holda yer kovladik, suv quydik va o‘g‘it soldik. Bilgancha duolar qildik. Eng muhimi har bir daraxt uchun mas’ul tayinlandi. Xurshid Do‘stmuhammad, Alisher Qodirov, Ilhom Abdullayev, Otabek Jiyanbayevlarning tavsiyasidan tashqari mutaxassislar o‘gitlariga ham qat’iy amal qilindi.
Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ hududidagi Adiblar xiyobonida partiya Markaziy kengashi hamda fraksiya tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir doirasida partiya faollari tomonidan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tavsiyalari asosida 100 ga yaqin manzarali ko‘chatlar ekildi.
Ta’kidlash lozim, shu kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasida joylardagi hududiy Kengashlar, barcha darajadagi deputatlar ham faol ishtirok etmoqda. Deputatlar tashabbusi bilan mahallalarda, bog‘cha va maktablarda hasharlar tashkil qilinib, mevali va manzarali daraxtlar o‘tqazilyapti.
Joylarda “Milliy tiklanish” bog‘lari tashkil qilish faqat daraxt ekish bilan yakuniga yetmasligi alohida takidlash, ularni yil davomida parvarishlab, nobud qilmay ko‘kartirib olish kerakligi qat’iy nazoratga olinmoqda.