O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Shu va mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim yangiliklar hususida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Tolibjon Madumarov bilan suhbatlashdik.
Aytingchi ushbu farmon bilan deputatlarimizga qanday vakolatlar berilmoqda?
- Mamlakatimizda davlat hokimiyatini xalqqa yanada yaqinlashtirish, xalq hokimiyatchiligi asoslarini kuchaytirish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq hokimlar va mahalliy Kengashlarning vakolatlari bir-biridan ajratildi.
Aholining joylardagi dolzarb muammolarini hal etish uchun chinakam “xalq ovozi” bo‘lmish mahalliy Kengashlarga keng vakolatlar berildi, mahalliy Kengashlarga hokim emas, balki deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi belgilab qo‘yildi.
Farmon bilan O‘zbekiston mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marotaba mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi modeli – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar belgilab berildi.
Jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda ushbu hududda istiqomat qilayotgan aholining fikrini inobatga olish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharsozlik, transport va hududning infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 33 ta vakolat Kengashlar ixtiyoriga o‘tkazilmoqda.
Endilikda, hududdagi ehtiyojni har tomonlama o‘rgangan holda, qaysi hududda, mahallada yangi maktab yoki bog‘cha tashkil etish kerak, qaysi birini kengaytirish, qaysisini tugatish kerakligini aholi irodasining ko‘zgusi bo‘lmish xalq vakillari hal etadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham vakolatlar berilmoqda. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi yoki unga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi korxona va inshootlar quriladigan joylar, chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joylar xalq vakillari roziligi bilan belgilanadi.
Mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya zonalari, botanika va dendrologiya bog‘lari, tabiat bog‘lari ham faqatgina Kengash roziligi bilan tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Ya’ni, bu boradagi qarorlar tegishli hudud aholisi tomonidan saylangan deputatlar fikrini inobatga olgan holda, kollegial tartibda qabul qilinadi.
Mazkur islohot, shubhasiz, umummilliy boyligimiz bo‘lmish tabiiy resurslarni asrashga xizmat qiladi.
Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchi va bagaj tashish tariflari mahalliy Kengashlar tomonidan belgilanadi. Fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar Kengash qarori bilan joriy etiladi.
Shuningdek, shahar yo‘lovchi transportida yo‘nalishlarni tashkil etish, yangi yo‘nalishlar ochish, bekatlar, to‘xtab turish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerlari mahalliy Kengash bilan kelishilishi lozimligi belgilanmoqda.
Transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga, tabiiy obyektlarga nom berish hamda ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar bevosita mahalliy Kengashlar tomonidan kiritiladi.
Bundan tashqari, ayrim toifadagi shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik obyektlar sirasiga kiritish ham mahalliy Kengashlar qarori bilan amalga oshiriladi.
Aholi punktlarining hududiy zonalari toifalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib o‘zgartirish kiritish, ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash kabilar ham Kengashlar tomonidan amalga oshirilishi uzil-kesil hal etilmoqda.
Ta’kidlash joiz, bu kabi vakolatlarning egasi etib mahalliy Kengashlarning belgilanishi jamiyat hayoti uchun muhim bo‘lgan masalalarni aholi fikrini inobatga olgan holda xalq vakillari tomonidan hal qilish imkonini beradi.
Yillar davomida mahalliy Kengashlar zimmasiga yuklanib kelingan qator vakolat va funksiyalar tizimlashtirilmoqda. Xususan, mahalliy Kengashlarga mahalliy hokimliklar, hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hisobotlarini eshitishda mazmunan yaqin sohalarda o‘zaro takrorlanuvchi vazifalar yuklanganligi sababli ularni qayta ko‘rib chiqish, maqbullashtirish hamda tizimlashtirish zarurati mavjud edi.
Kengashlarning qonunchilikdagi vakolatlari tizimlashtirilmagani natijasida, mahalliy Kengashlar hokimliklar va qator davlat idoralarining u yoki bu sohaga oid hisobot va axborotlarini yiliga qariyb yuzdan ortiq marotaba eshitishi lozim edi. Bu esa, mahalliy Kengashlarning ish yuklamasini sun’iy ravishda oshirib, joylarda haddan tashqari tartibga solishga sabab bo‘lib, muhim vakolatlar nomigagina amalga oshirilishiga sabab bo‘layotgan edi.
Shu bilan birga ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari, ularning tarmoq bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek mahallalardagi profilaktika inspektorlari ham mahalliy Kengashlarga alohida-alohida hisobot berar edi.
Shu sababli, Farmon bilan Kengashlarning hisobot va axborot eshitishga oid ayrim vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, ular sohalar bo‘yicha tizimlashtirildi.
Farmon bilan Kengashlar oldida tegishli hududda faqatgina hokim, shuningdek, hududiy davlat organlarining birinchi rahbarlari hisobdorligi belgilanishi kelgusida ushbu rahbarlarning Kengash oldida ham siyosiy ham professional mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlaridagi 100 dan ortiq vakolatlarni mahalliy Kengash va ijroiya hokimiyati o‘rtasida aniq taqsimlash yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida 2024 yilgi saylov yakunlari bo‘yicha, dastlab viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida, so‘ngra 2026-yildan e’tiboran tuman (shahar) Kengashlarida Kengash raislari va hokimlar alohida-alohida faoliyat yuritishi belgilandi.
Manba va video