Energetika barqarorligi – bugungi zamon talablari asosida jadal taraqqiyotga erishishni maqsad qilgan har qanday davlat uchun muhim mezon hisoblanadi. Binobarin, usiz yirik iqtisodiy loyihalar u yoqda tursin, bog‘liqligi nisbatan kamdek ko‘ringan sifatli ta’lim yoki tibbiyot, qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlik, qo‘yingki, minimal maqsadlarga ham erishish qiyin.
Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, bu ayniqsa, inson qadrini ulug‘lash, farovonligini oshirish yo‘lida iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish, aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazishdek katta maqsadlarni ko‘zlab yo‘lga chiqqan Yangi O‘zbekiston uchun g‘oyat muhimdir.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida esa tizimli va kompleks choralar ko‘rilayotgani tahsinga sazovor. Keling, shu yerda fikrimizni mulohazamiz boshlangan energetika barqarorligi mavzusida davom ettirsak. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, Prezidentimizning viloyatlarga tashriflari chog‘ida muhim ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar qatorida deyarli har safar energetika mavzusi muqim joy olmoqda. Jumladan, so‘nggi ikki manzil – Sirdaryo va Namangan viloyatlariga tashrifda ham bu masala kun tartibidan joy oldi.
Xo‘sh, nega? Bu savolga yuqorida yetarli darajada javob berdik nazarimda. Shu bois keyingi yillarda mamlakatimizda energetika sohasida, xususan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, samaradorlikni oshirish orqali energetika barqarorligini ta’minlash borasida salmoqli ishlar bajarildi. Buni Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda so‘nggi yillarda 1,6 gigavattli 9 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulangani, Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 183 megavattli 6 ta gidroelektrstansiya ishga tushirilgani misolida ham ko‘rish mumkin, albatta.
Shu o‘rinda davlatimiz rahbarining viloyatga tashrifi chog‘ida uchta yangi elektr stansiya qurilishini boshlab berganini alohida qayd etish lozim.
Marosimda Prezidentimiz ramziy tugmani bosib, mazkur yirik energetika loyihalari qurilishini boshlab berdi. “Odamlarimiz farovon yashashiga sharoit yaratish Yangi O‘zbekiston siyosatining asosiy poydevorlaridan biridir. Buning uchun katta-kichik loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, ularning barqaror faoliyati uchun uzluksiz energiya ta’minoti nihoyatda zarur. Shu ma’noda, bugungi marosim ham tarixiy voqea. Barchangizni shunday yangi loyiha va tashabbuslar bilan tabriklayman”, dedi.
Viloyatda qurilishi rejalashtirilgan gidroelektrstansiyalar kaskadi hamda ikkita quyosh elektr stansiyasining quvvati 1 ming 228 megavatt, jami qiymati 1,1 milliard dollarni tashkil etadi. Shuncha katta pullik loyihalarning iqtisodiy samaradorligiga keladigan bo‘lsak, birgina gidroelektrstansiyalar kaskadining ishga tushirilishi 310 million metr kub gazni iqtisod qilish, 430 ming xonadonga elektr uzatish imkonini beradi.
Ushbu quvvatlar ishga tushirilishi natijasida viloyatning generatsiya quvvati 2,3 barobarga ortib, 2 ming 141 megavattga yetadi. Bu esa viloyatning elektr energiyasiga bo‘lgan yillik 5,5 milliard kilovatt-soatlik talabini to‘liq qoplaydi. Ortgan 30 foiz elektr energiyasi qo‘shni viloyatlarga yo‘naltirilishi mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, mazkur elektrostansiyalarda 253 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.
Qisqasi, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarining elektr energiyasiga ehtiyojini ta’minlash bilan birga, mintaqa energetik barqarorligiga ham xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi davomida Namangan tumanidagi “Nam Motor Servis” korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi. To‘rt gektardan ortiq hududda joylashgan ushbu investitsion loyihaning dastlabki bosqichi 2021 yilda ishga tushirilgan. Xitoyning zamonaviy texnologiyalari o‘rnatilgan. Natijada yiliga o‘n ming dona elektr dvigatel, ikki ming dona suv nasosi ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Eng muhimi, yuz kishi ish bilan ta’minlandi.
Korxona mahsulotlari energiya tejamkorlik klassining “IE2” darajasida bo‘lib, xalqaro standartlarga javob beradi. Ular mamlakatimizdagi kon-metallurgiya kombinatlari, suv xo‘jaligi hamda Markaziy Osiyo davlatlariga yetkazib berilmoqda.
Quvonarli tomoni, elektr dvigatellar ishlab chiqarish 60, suv nasoslari 100 foiz mahalliylashtirilgan. Shu yerda korxonaning istiqboldagi rejalari, navbatdagi bosqichlar haqida ma’lumot berildi. Ushbu loyihaning ikkinchi bosqichi may oyida, yakuniy bosqichi esa yil oxirigacha ishga tushadi. Bu orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi ortib, hamkorlik geografiyasi kengayadi.
Aytish joizki, Prezidentimizning viloyatga tashrifi, xalq ichiga kirib, ular bilan dildan suhbatlashgani, aholiga yaratilgan sharoitlar bilan shaxsan tanishishi namanganliklarning ko‘nglida faxr-iftixor tuyg‘ularini kuchaytirdi. O‘z navbatida, bu sa’y-harakatlar bizga ham katta saboq bo‘ldi. Zero, doimo xalq dardu tashvishi bilan yashash, odamlarning hayotini farovonlashtirishga qaratilgan amaliy ishlarda faollik ko‘rsatish biz deputatlar zimmasidagi mas’uliyatli vazifadir.
Mazkur hududdan saylangan deputat sifatida aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirish, umuman, kelgusi deputatlik faoliyatimizni tashkil etishda e’tibor qaratishimiz zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldik.
Har oyning oxirgi haftasida xalq bilan muloqot qilish maqsadida viloyat mahallalarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazamiz. Bugun viloyatning qay bir go‘shasiga bormang, shahar va qishloqlarda yangilash, aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinayotganiga guvoh bo‘lasiz.
Tashrif doirasida odamlar turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildiki, bularning barchasi yaqin yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib, hududning beqiyos imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, yurtdoshlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, biz bu borada yanada faol bo‘lib, ushbu topshiriqlar ijrosi ustidan doimiy ravishda deputatlik nazoratini o‘rnatib boramiz.
Manba